Respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari, xududiy muammolar va ilm-fan, texnika va texnologiya yutuqlari
Oziq-ovqat xavfsizligi juda keng tushuncha bo‘lib, birinchi navbatda mustaqil davlatning boshqa davlatlarga aynan oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan bog‘liq, ya’ni tobe emasligini bildiradi. Shuningdek, aholi ehtiyojini fiziologik me’yorlarga mos ravishda iste’mol tovarlari bilan etarli darajada ta’minlashni nazarda tutadi.
Hozirgi vaqtda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar oziq-ovqat yetishtirish borasida olib borayotgan samarali faoliyatga qaramasdan, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o‘sishi aholi soni o‘sishidan orqada qolmoqda, bu esa qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun yetarli sharoit mavjud bo‘lmagan mamlakatlarda muammo tobora chuqurlashib borayotganini ko‘rsatmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti” (FAO) tomonidan qabul qilingan tushuncha quyidagicha: “Barcha odamlar o‘z oziqlanish ehtiyojlari va shaxsiy xohishlariga binoan hamda faol va sog‘lom hayotni ta’minlash uchun etarli me’yorda xavfsiz va to‘yimli oziq-ovqat mahsulotlariga ega bo‘lish uchun jismonan, iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlarga egaligi – oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlandi, demakdir”
Mahsulot sifati darajasini oshirish
Mahsulot sifatini me’yorlash darajasi ko‘p vaqt o‘zgarishsiz qolishi mumkin emas. Fan va texnika rivojlanishi bilan ishlab chiqarish o‘sadi, yangi texnologiyalar joriy qilinadi. Mahsulotni kerakli hususiyatlarini ishlatish kengayadi. Uning sifatiga yangi talablar qo‘yiladi.
Halq xo‘jaligida mahsulot sifatini oshishi, aholining shu mahsulotga bo‘lgan talabini qondiradigan yuqori darajali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdan iboratligi bilan aniqlanadi.
Oziq – ovqat mahsuloti sifatini oshishi - bu sotsial - iqdisodiy masalalarni echish orqali aholi ehtiyojini qondirishni yo‘lga qo‘yish demakdir. Bunda mehnatkashlarning bo‘sh vaqtlari ko‘payishi ro‘y beradi. Mehnatkashlarni vaqtini tejalishida asosiy rolni mahsulotni qadoqlangan holda ishlab chiqarilishi, tez tayyorlanadigan tayyor mahsulot holda chiqarilishi va aholi uchun qulay qilib qadoqlanishi va boshqalar o‘ynaydi. Bunday mahsulotga talab mehnatkashlarning salomatligini saqlash, ish unumini oshirish, vaqtini tejash imkonini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |