Fanning maqsadi va vazifalari
Ishlab chiqarish texnologik laboratoriyani(ICHTL) tashkil qilish va uni
Download 25.4 Kb.
|
yakuniy s
- Bu sahifa navigatsiya:
- Laboratoriya shtati va uning burchlari.
Ishlab chiqarish texnologik laboratoriyani(ICHTL) tashkil qilish va uni
vazifalari. Korxonada texno-kimyoviy nazorat bo‘limining tuzilishi va xodimlar o‘rni uning sig‘imi va ishlab chiqarish faoliyatiga bog‘liq holda tashkil qilinadi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalari sanoatining korxona texno-kimyoviy nazorat laboratoriyasi mustaqil bo‘linmalardan tuzilgan bo‘ladi. Ular standartga, texnik talablarga va ko‘rsatmalarga qat’iy rioya qilgan holatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sifati va ularni sifatini aniqlashni ta’minlab beradi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalarida markaziy laboratoriya bilan bir qatorda alohida korxonalarda va sexlarda ham laboratoriyalar bor. Har bir laboratoriyani ICHTL boshlig‘ining o‘rinbosari, laboratoriya mudiri yoki katta laborant ish hajmiga bog‘liq holda boshqarishi mumkin. Unchalik katta bo‘lmagan korxonalarda TKN bo‘limining o‘rniga faqat laboratoriya tashkil qilinadi. Laboratoriya xonalari yorug‘ va quruq qilinadi. Xonaning shifti va devopHing yuqori qismi suvoq qilinadi va oqlanadi, pastki qismi esa -poldan 2 metr balandlik atrofida och rangli moy bo‘yoq bilan bo‘yaladi. Xona pollari taxtadan qilinadi, moy bo‘yoq bilan bo‘yaladi yoki linoleum bilan yopiladi. Laboratoriya isitish, vodoprovod, elektr quvvati va so‘rib tortuvchi ventilyasiya bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Laboratoriya xonalari qishda 18-20 °S xaroratda, yozda esa - 20-22 °S da bo‘lishi kerak. Tabiiy yorug‘lik, deraza maydoni pol maydoniga nisbati 1:5 dan 1:3 gacha bo‘lgan mikdorda bo‘lishi kerak. Laboratoriya shtati va uning burchlari. ICHTL va uning alohida laboratoriyalarining shtatlari, ular bajaradigan ishlarning hajmiga qarab aniqlanadi. Kichik don qabul qiluvchi korxonalarda shtat 5-7 kishilardan tashkil topishi mumkin va katta don qabul qiluvchi korxonalarda ularniig soni 50 dan 60 kishigacha etishi mumkin. ICHTL shtati tarkibiga: texno-kimyoviy nazorat bo‘limining boshlig‘i, uning o‘rinbosari, katta laborantlar, laborant na laborant-vizirlovchilar kiradi. Unchalik katta bo‘lmagan korxonalarda ICHTL boshlig‘i lavozimi o`rniga laboratoriya mudiri lavozimi bo‘ladi. Agar don mahsulotlari kombinati tarkibiga bir necha katta korxonalar kirsa, har qaysi ulardagi laboratoriyani laboratoriya mudiri boshqaradi. Texno-kimyoviy nazorat bo‘limining boshlig‘i bo‘limining barcha ishlarini boshqaradi. Ishlab chiqarishda uning faoliyati ko‘p qirrali va (javobgarli) mas’uliyatli. U quyidagi majburiyatlarni bajaradi; namuna olish joyi, namuna olish usuli, taxlillar ko‘rsatkichi va usullarini ko‘rsatgan holda korxonada texno-kimyoviy nazorat jarayonlarining tizimi va jadvalin ishlab chiqadi; texno-kimyoviy nazorat bo‘limining ish rejasini tuzadi, bu erda korxonaning qabul ilish, joylashtirish, saqlash, qayta ishlash va jo‘natish ishlari asosida ish hajmi hisoblab chiqiladi, shuningdek bir oyga va bir chorrakka tahlillar hisoblab chiqadi; - texnologik uskunalar nazoratining jadvalini tuzadi, shtatlar jadvaliga muvofiq laboratoriya shtatlarini xodimlar bilan to‘ldiradi, ular orasida xizmat majburiyatlarini taqsimlaydi va ishga chiqish jadvalini tuzadi; - har kuni laboratoriyada barcha lavozimli kishilarning bajarayotgan tahlillari va mahsulot sifati haqidagi xujjatlarni to‘ldirish ishlarini nazorat qiladi. Download 25.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling