Fanning maqsadi va vazifalari va boshqa fanlar bilan aloqasi Fanning rivojlanish tarixi


Download 38.27 Kb.
bet2/6
Sana22.01.2023
Hajmi38.27 Kb.
#1110243
1   2   3   4   5   6
Nazorat savollari:

  1. Fanning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?

  2. Fanning rivojlanish tarixi va boshqa fanlar bilan aloqasi haqida ayting.

  3. Kanalar, nematodalar, kemiruvchilarga qisqacha ta`rif bering.

  4. Nematodalarni qishloq xo`jalik ekinlariga zarari haqida ayting.

  5. O`rgimchakkana qaysi ekinlarga jiddiy zarar yetkazadi?



  1. Mavzu: Kanalarning morfologiyasi, anatomiyasi va fiziologiyasi


Reja:

  1. Kanalarning morfologiyasi

  2. Kanalarning anatomiyasi va fiziologiyasi

  3. Kanalarning biologiyasi


Tayanch iboralar: gnatosoma, gistorosoma, xelitsera,stenogigrobion, tomoq usti, gangliya, qon aylanish tizimi, malpigi naychalari

Kanalarning tanasi (garchi keskin farq qilmasada) ikkita asosiy qismga: oldingi qismi – gnatosoma hamda eng yirik bo‘ladigan orqa qismi – gistorosomagabo‘linadi.


Og‘iz qismlari deyarli butun gnatosomani egallaydi va ikki juft o‘siqlardan: yuqorigi jag‘ yoki xelitseralardan hamda paypaslagichlar yoki pedipalpalardan iboratdir. Ulg‘aygan o‘simlikxo‘r kanalarda xelitseraning uzunligi 116,9-120,7 mkm (mkm – mikrometr, bir millimetrning mingdan bir bo‘lagi), katta yoshdagi lichinkalarda esa 102,6-105,4 mkm ni tashkil etadi. Bardoshli o‘simlik hujayralarining qalinligi hamda g‘ovak parenxima hujayralarining 150 mkm dan oshadigan qavatini kana xelitserasi zararlay olmaydi. Kanalarda gistorosoma juda xilma-xil: ko‘pincha ovalsimon, yumaloq yoki juda cho‘ziq bo‘ladi. Tanasining barcha qismlari yuzasida ko‘pincha turli qilchalar yoki tukchalar bo‘ladi, ularning miqdori, joylashishi, tuzilishi va uzunligi sistematika uchun ahamiyatlidir. Nafas olishi uchun traxeyali kanalarda ikkita nafas olish teshiklari bo‘lib, ular oxirgi juft oyoqlarining asosida joylashgan. Anal teshigi tanasining oxirgi qismida (ost tomonida) bo‘ladi.
Jinsiy teshik ham tana oxirining ost tomonida, ba’zan esa u ancha old tomonga surilgan va tananing uchki qismida bo‘ladi. Ko‘pchilik kana turlarining urg‘ochilarida kopulyativ – jinsiy teshik va tuxum qo‘yish yo‘lidan iborat ikkita kanal bo‘lib, ba’zan bu teshiklar bir-biridan uzoqroqda joylashadi. Jinsiy teshiklarga yondashgan har xil jinsiy ortiqlar kanalar sistematikasi uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ulg‘aygan kanalarning odatda to‘rt juft oyog‘i bo‘ladi. Faqat ba’zi oilalarining vakillaridagina ikki juft oyoq bo‘lishi mumkin. Masalan, pomidor zang kanasi – Aculops lucopersici yoki uzum kanasi – Eriophyes vitis. da ikki juft oyoq kuzatiladi. Boshqa o‘rgimchaksimonlardagi kabi kanalarda ham mo‘ylovlar bo‘lmaydi. Ayrim kanalarda ko‘z bo‘lmaydi, boshqalarida esa bir yoki ikki-uch juft ko‘z bo‘ladi. Tuzilishi jihatidan kanalarning ko‘zlari hasharotlardagi singari oddiy bo‘lib, ko‘pincha yelkasining oldingi qismida joylashadi.
Kanalarning teri qoplami, umuman olganda hasharotlarnikiga o‘xshaydi. Ularning sirtida organizm hayotida muayyan funksiyalarni bajaradigan hosilalar bo‘ladi. Kananing teri qoplamida gipodermal qavat bo‘lib, u turli vazifalar bajaradigan moddalar chiqaradi. Kanalarning mushaklari hasharotlardagi kabi ko‘ndalang yo‘lli tuzilishga ega, ammo u hasharotlardagi singari xilma-xil bo‘lmaydi, bu narsa kana tanasining yaxlit qismlardan tuzilganligiga bog‘liqdir. Ovqat hazm qilish tizimi og‘iz teshigidan boshlanadi, keyin tomoq, ovqat yo‘li (hasharotlarda o‘rta ichak vazifasini o‘tovchi), oshqozon va yo‘g‘on ichak keladi. Yo‘g‘on ichakning orqa bo‘limi to‘g‘ri ichak vazifasini bajaradi. Og‘iz bo‘shlig‘i, tomoq va ovqat yo‘liga (qizil o‘ngach) so‘lak bezlari ochiladi. Kana oshqozonida uning hajmini oshiradigan o‘simtalar bo‘ladi. Agar bu o‘simtalar ko‘p bo‘lib, ular bir-biri bilan zich joylashgan bo‘lsa, ular «jigar» deb ataladi. Bu a’zo oshqozonning asosiy bo‘shlig‘i bilan birga ovqat hazm qilishda ham, hazm bo‘lgan mahsulotlarning qonga so‘rilishida ham ishtirok etadi. Kanalarda malpigi naychalari ayiruv a’zolari vazifasini o‘taydi va o‘rta hamda orqa ichaklarning chegarasiga ochiladi. Kanalarning yashirin bezli a’zolari, hasharotlardagidek juda xilma-xil bo‘lib, yuqorida takidlab o‘tilgan «jigar»dan hamda so‘lak bezlari va oshqozon epiteliyasining bir hujayrali bezlaridan tashkil topadi. Kanalarning ayrim turlarida, jumladan g‘o‘zaning ashaddiy zararkunandasi - o‘rgimchakkanada ham o‘rgimchak bezlari bo‘ladi, ular kananing orqa qismida joylashadi. O‘rgimchak iplari shu bezning hosilasi bo‘lib, asosan tuxumi, lichinkalarini himoyalash uchun, ulg‘ayganlarini noqulay tashqi sharoitdan, shuningdek yirtqichlardan saqlash uchun xizmat qiladi. Atrofga tarqalganida o‘rgimchak ipi qisman «parashyut» vazifasini bajaradi. Ombor mahsulotlarida yashaydigan akaroid kanalarda to‘rtinchi juft oyoqlarining asosida xaltachasimon yog‘ bezlari bo‘ladi, bu bezlar chiqargan moddalar teri qoplamining tashqi yuzasini yog‘lab turish uchun xizmat
qiladi. Ushbu modda namlikni o‘tkazmaydi. Ba’zi kanalarda hid va zaharli moddalar ajratadigan bezlar mavjud. Ular teri qoplamining gipodermal qavatida bo‘ladi.
Hasharotlardagi kabi kanalarda ham qon aylanish tizimi yopiq emas: urib turgan yurakdan oqib chiqqan qon ichki a’zolardan tomirsiz o‘taveradi, so‘ngra esa klapanlari bo‘lgan ikki teshikka kirib yana yurakda to‘planadi. Ba’zi mayda turdagi kanalarda qon aylanish tizimi umuman bo‘lmaydi.

Download 38.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling