Fanning nomi: fizika
Download 306.5 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Laboratoriya ishi bo’yicha savollar
- 3–mashq. Sirt taranglik koeffitsientini KAPILL Y AR NAYLAR yordamida aniqlash Kerakli asbob va materiallar
- Ishning maqsadi
Jadval–12.2.2.
Laboratoriya ishi bo’yicha savollar 1. Sirt taranglik kuchlari nima? Sirt taranglik kuchlarining namoyon bo’lishiga misollar keltiring. Uni keltirib chiqaruvchi sabablarni tushuntiring 2. Sirt taranglik koeffitsienti deb nimaga aytiladi va uni birligini ayting. 3. Sirt taranglik koeffisienti deb qanday kattalikka aytiladi? Suyuqliklarning sirt taranglik koeffisientlari nimalarga bog’liq ? 4. Halqaning suyuqlik yuzasiga tegib turgan sirtiga qanday kuchlar ta‘sir etadi? 5. Kapillyarlik hodisani tushuntiring. 6. Suvga botirilgan va diametri 12 sm bo’lgan doiraviy sim ramkaga qancha sirt taranglik kuchu ta’sir qiladi “Suyuqlikning sirt taranglik koeffisienti . 3–mashq. Sirt taranglik koeffitsientini KAPILLYAR NAYLAR yordamida aniqlash Kerakli asbob va materiallar: Suyuqliklar (suv, kerosin) bilan to’ldirilgan stakanlar, turli diametrli kapillyar naylar, chizg’ich, igna yoki to’g’nag’ich, shtangentsirkul. Ishning maqsadi: Sirt taranglik hamda kapillyar hodisalarni o’rganish, shuningdek, berilgan suyuqlikning sirt taranglik koeffitsiyentini kapillyar naylar yordamida aniqlash. Diametri juda kichik naychalar kapillyarlar deyiladi. Kapillyar naylarda quyilgan suyuqlik sathining keng naylardagi suyuqlik sathiga nisbatan ko’tarilish yoki pasayish hodisasi kapillyar hodisalar deyiladi. Ho’llovchi suyuqlik kapillyarda ko’tarilsa, ho’llamaydigan suyuqlikning sathi esa pasayadi. Ho’llash–suyuqlik molekulalari bilan qattiq jism molekulalarining o’zaro ta’siri natijasida paydo bo’ladigan va suyuqlik sirtining qattiq jism sirti yaqinida egrilanishiga sabab bo’ladigan hodisadir. Qattiq jism molekulalari bilan suyuqlik molekulalari orasidagi tortishish kuchlari suyuqlik molekulalari o’rtasidagi tortishish kuchdan katta bo’lsa, suyuqlik o’zi turgan qattiq jism devorlarini ho’llaydi. Suyuqlik molekulalarining o’zaro tortishish kuchlari suyuqlik molekulalari bilan qattiq jism molekulalari o’rtasidagi tortishish kuchlaridan katta bo’lsa, suyuqlik o’zi turgan qattiq jism devorlarini ho’llamaydi. Kapillyarga quyilgan to’liq ho’llaydigan yoki ho’llamaydigan suyuqlikning egilgan sirtini radiusli yarim sfera deb hisoblash mumkin. Sirt qatlamining aylana shaklidagi chegarasiga yuqoriga qarab yo’nalgan (12.3.1) sirt taranglik kuchi ta’sir qiladi. Bu kuch naychadagi suyuqlikning yuqoriga ko’tarilgan ustuni og’irligiga tenglashganda, suyuqlikning kapillyarga ko’tarilishi to’xtaydi: (12.3.2) bu erda kapillyarda ko’tarilgan yoki suyuqlikning hajmi. Bundan (12.3.3) ni topamiz, unda –suyuqlikning zichligi, r–kapillyarning radiusi, d–uning diametri. Bu ifodadan (12.3.4) ekanligi kelib chiqadi. Download 306.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling