12.3 Strategik va tezkor innovatsion marketing.
Barqaror rivojlanishga erishishni ta’minlovchi muhim shartlardan biri marketinglik-innovatsion dasturlarni shakllantirishdir. Ular bozor vaziyatni tubdan o‘zgartiruvchi yangi texnologik jarayonlarga o‘tishga yo‘naltirilishi lozim. Innovatsion loyihalar tahlilining asosiy prinsiplari turli xil analitik usullar yoki metodlar yordamida amalga oshiriladi. Birinchidan, loyihani amalga oshirish bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lgan foyda va xarajatlar aniqlanib, ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bu «loyihali» va «loyixasiz» vaziyatlarni baxolash uchun kerak bo‘ladi. Ikkinchidan, loyixa tugridagi axborotlarni tuplab, ularni xisobga olish turli xil usullarda va turli sharoitlarda amalga oshirilishi mumkin. SHuning uchun qilinadigan xarajatlar va olinadigan foydani bir martadan ko‘p hisobga olmaslik kerak. Bu erda kapital qo‘yilmalar va asosiy fondlar amotizatsiyasi o‘zgarib turishiga e’tibor berish kerak. Uchinchidan, foyda va xarajatlarni tenglashtirishni yagona sistemada amalga oshirish kerak. Bu erda narxlar o‘zgarishini hisobga olib borish talab etiladi. Loyihaning amalga oshirilishini baholashning qiyinchilik joyi undagi loyiha bo‘yicha turli davrlarda turli xil «samara» olinishi mumkin, lekin bu loyihani amalga oshirilishining turli davrlariga to‘g‘ri kelishi mumkin. SHuning uchun loyihaviy tahlilni ob’ektiv bo‘lishini loyihaning turli bo‘limla-rida ta’minlash uchun loyihaviy tahlilning bir necha metodlari ishlab chiqilgan va ular quyidagilar:
Diskontirlashtirish,
Loyiha uchun qulay ko‘rsatkichlarni tanlash,
Loyihaning sof qiymatini aniqlash,
Daromadning ichki stavkasi (yoki rentabellik normasi),
Foyda va xarajatlarnisolishtirish,
Kapital qo‘yilmalarning qoplanish muddatini aniqlash,
Turli ko‘rsatikichlarni taqqoslanishi,
Kredit shartnomalarini izohlash,
Moliyaviy tahlilda inflyasiyani hisobga olish,
Loyihaning turli hayotiy sikllarni solishtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |