Fanning o‘quv uslubiy majmuasi o‘quv, ishchi o‘quv rejaga muvofiq ishlab chiqildi


Innovatsiyalarni yaratish zaruriyati, sotish va iste’mol jaryonlari


Download 312.46 Kb.
bet39/61
Sana11.05.2023
Hajmi312.46 Kb.
#1453897
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   61
Bog'liq
иннов икт маърузалар (3)

12.1 Innovatsiyalarni yaratish zaruriyati, sotish va iste’mol jaryonlari.
Milliy innovatsion tizimni shakllantirish vazifalari ro‘yxati yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, innovatsion faoliyat ishtirokchilar doirasi kabi muhim ahamiyatga ega bo‘lsada, lekin to‘liq emas.
Milliy innovatsion tizimni (MIT) yaratish bosqichlari, tarkibi, maqsadi va mazmunini quyidagicha ifodalaymiz.
1. MIT yaratishdan maqsad – shu hujjatda e’lon qilingan fan va texnologiyalar sohasida davlat siyosati maqsadlarini amalga oshirish, ya’ni tanlab olingan ustuvorliklar asosida mamlakat rivojlanishining innovatsion yo‘lini ta’minlash hisoblanadi.
2. MIT mazmuni. Belgilangan maqsaddan kelib chiqqan holda yaratilayotgan tizim ko‘p darajali xarakterga ega bo‘lishi hamda innovatsion jarayon bosqichlari va boshqaruv darajalari bo‘yicha bir qator elementlarni qamrab olishi va ularni yakuniy natijalarga yo‘naltirishi lozim.
Innovatsion jarayon bosqichlari bo‘yicha MIT quyidagilarning optimal aloqada bo‘lishini ta’minlashi zarur:

  • tabiat, texnika va jamiyat rivojlanishining yangi qonuniyatlarini ochish va ulardan dolzarb global va milliy muammolarni hal qilish, noosferaning shakllanishi va barqaror rivojlanishda tabiiy muhit bilan o‘zaro aloqada foydalanishga yo‘naltirilgan fundamental va izlanuvchan tabiiy-ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar;

  • mahalliy tovar, xizmat va texnologiyalar raqobatbardoshligini ta’minlovchi ixtirolar va boshqa original fan-texnika echimlari;

  • istiqbolli fan-texnika g‘oyalari va ixtirolarni yangi mahsulot sinov namunalari va sinalgan ilg‘or texnologiyalar ko‘rinishiga keltiruvchi hamda ularni innovatsiyalarga amalga oshirishda mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi amaliy tadqiqotlar va konstruktorlik loyihalari;

  • bazis va yaxshilovchi innovatsiyalarni ishlab chiqarish va iste’mol sohasiga joriy qiluvchi, ularga «hayot yo‘llanmasi» beruvchi investitsiyalar;

  • yangi texnik g‘oya va ixtirolarning paydo bo‘lishi va asoslanishi, innovatsiyalar uchun malakali kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda ishtirok etuvchi OO‘YU;

  • innovatsion loyiha va dasturlarni, ayniqsa, kichik biznes uchun amalga oshirishga ko‘maklashuvchi innovatsion mfz tashkilotlari.




Download 312.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling