Fanning o‘quv uslubiy majmuasi o‘quv, ishchi o‘quv rejaga muvofiq ishlab chiqildi
-Mavzu. Intellektual mulk va uning tijoratlashuvi
Download 312.46 Kb.
|
иннов икт маърузалар (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.1. Intellektual mulk
11-Mavzu. Intellektual mulk va uning tijoratlashuvi
11.1. Intellektual mulk 11.2. Iqtisodiy baholash 11.3. Ishlab chiqarish texnologiyasi tug‘risida tushuncha. 11.4. Tadbirkorlik qobiliyatlarini innovatsilarni rivojlantirishdagi o‘rni. 11.1. Intellektual mulk Intellektual mulk ob’ektlariga egalik huquqini xarid qilish va berishda eng katta faollik xorijiy kompaniyalarga tegishli (bozorning 60%i). SHu munosabat bilan mamlakatdagi fan va ta’lim bilan bir tomondan va ishlab chiqarish bilan ikkinchi tomondan o‘rtadagi farq katta tashvish uyg‘otadi. Xususan, bizning akademik va ta’lim strukturalarimiz amalda bunday bitimlarda ishtirok etmaydi. Boshqa yana bir tashvishli holat bu intellektual mulk ob’ektlari bo‘yicha shartnomalarning 70%dan ko‘pi tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilariga to‘g‘ri keladi. Bunday yondashuvga amal qiladigan bo‘lsak, kutilayotgan texnostrukturaga erishishni hali ko‘p kutishga to‘g‘ri keladi. Institutsionalizmning ko‘zga ko‘rinarli vakili bo‘lgan Dj.K. Gelbreytning so‘zlariga ko‘ra «olimlar, muhandislar va texniklar, reklama va savdo operatsiyalari bo‘yicha mutaxassislar, jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha ekpertlar, lobbistlar, advokatlar hamda byurokratiya apparatai va uning faoliyati xususiyatlari bilan yaxshi tanish kishilar, shuningdek, vositachilar, boshqaruvchilar va ma’muriyat xodimlari yig‘indisidir». Afsuski, ko‘plam ilmiy-tadqiqot institutlarida innovatsiyalar birinchi navbatda o‘z tadqiqotlarini moliyalashtirish uchun manbani izlab topish vositasi sifatida ko‘rib chiqiladi. Kabinetlar, laboratoriyalar va dissertatsiya zallaridagi ilmiy muhokamalar ko‘pincha olingan g‘oyalarning yangilik darajasi bilan bog‘liq bo‘ladi. 2000 yildan 2012 yilgacha bo‘lgan davrda mahalliy arizachilardan patent olish uchun murojaat qilingan arizalar soni 3476 tani tashkil qilgan bir paytda kashfiyotlar bo‘yicha shartnomalar umumiy soni 252 ta ki 7,2%ga teng bo‘ldi. Ilmiy yangiliklarning kelgusi harakatlanishi, sinov tariqasida tekshirib ko‘rilishi, olingan natijalarning bozorda tatbiq etilishi endi ularni yaratuvchilarning vazifasi emas. Bu bilan endi innovatsion vositachi shug‘ullanishi lozim! Bu vositachilarni qaeran topamiz? Hali-hanuz bozor munosabatlariga to‘liq moslashib ulgurmagan universitetlar yangi bilimlar olish manbasiga, ayniqsa, fan va ishlab chiqarish o‘rtasida vositachiga tobora kam o‘xshamoqda. Balki OO‘YUda fanni faqat ta’lim vazifalari bilan cheklamagan holda rivojlantiirsh kerakdir? Ehtimol, ixtisoslashgan ITIga e’tibor qaratib, ularga loyihalar xaridorlarini topish vazifasini topshirish ma’quldir? Doimgidek, haqiqatni bularning ikkalasi o‘rtasidan topish mumkin. Ba’zida sobiq itifoqdan meros qolgan muassasalarni o‘zgartirgandan ko‘ra yangi, bozor munosabatlariga javob beruvchi institutlarni yaratish maqsadga muvofiq. Download 312.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling