Fanning o‘quv uslubiy majmuasi o‘quv, ishchi o‘quv rejaga muvofiq ishlab chiqildi


Download 312.46 Kb.
bet34/61
Sana11.05.2023
Hajmi312.46 Kb.
#1453897
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   61
Bog'liq
иннов икт маърузалар (3)

1. O‘zini o‘zi qoplashi muddati.
O‘zini o‘zi qoplashi muddati (T’)- bu vaqt davrining davomiyligi bo‘lib, uning ichida loyiha bo‘yicha faoliyatdan tushumlar (ya’ni loyihaning foydali – V (t)) loyihani amalga oshirish xarajatlari S (t) ni qoplaydilar. YA’ni, o‘zini o‘zi qoplash muddati T’- bu Tning eng kichik miqdori, uning uchun yoki , uning uchun

Bu usulning soddaligi uning afzalligi bo‘ladi, bu resurslarni etishmasligi sharoitlarida loyhalarni tezroq baholashga imkon beradilar.
O‘zini o‘zi qoplash muddati ko‘rsatkichining asosiy kamchiligi shundan iboratki, u innovatsion loyhani amalga oshirilishining butun davrini hisobga olmaydi, demak, bu muddatdan tashqarida yotgan kiritmalardan barcha qaytarishlar unga ta’sir ko‘rsatmaydi. SHuning uchun ko‘pincha bu ko‘rsatkich loyihani tanlashning mezoni bo‘lib xizmat qilmaydi., balki cheklash sifatida foydalaniladi (o‘zini o‘zi qoplashi muddati belgilangan vaqtdan ko‘proq bo‘lmasligi kerak).
2. Summar foyda.
Bu oddiy (pullarning vaqtli qiymatini hisobga olmasdan) ko‘rsatkich loyihani amalga oshirishdan kelib chiqqan yig‘ma qiymatiy natijalar va xarajatlarning farqi sifatida aniqlanadi.

Bu erda - loyiha yashash davri vaqtli oraliqlarining soni.
3. Investitsilarning retabelligi (ROI-return on investment)
Bu, yana foydaning oddiy me’yori deb ataluvchi ko‘rsatkich yillik foydaning loyihaga kiritilgan investitsiyalarning nisbati sifatida aniqlanadi (odatda bu ko‘rsatkichni hisoblash uchun loyihani to‘liq ishlab chiqarish quvvatiga chiqqan yili tanlab olinadi).

bu erda T- loyihani to‘liq ishlab chiqarish quvvatiga chiqqan yili.
Ushbu usulda hisoblab chiqilgan miqdor investitsion xarajatlarning qanday qismi rejalashtirishning bir oralig‘i davomida foyda ko‘rinishida qoplanishini ko‘rsatadi.
Ko‘pincha bu miqdorni samoya daromadligining o‘rtacha darajasi bilan taqqoslanishi loyihani amalga oshirilishini maqsadga muvofiqligi haqidagi xulosaga olib keladi.
Iqtisodiy samaradorlikning diskontlantirilgan mezonlari:
Diskontlashtirilgan mezonlar pullarning vaqtdagi har xil qiymatini hisobga oladi. Umumiy ko‘rinishda diskont stavkasi (r) quyidagicha taqdim etilishi mumkin:
, bu erda IR (inflation rate) –iflyasiya sur’ati,
MRR- (minimal roleof return) –foydaning eng kichik haqiqiy me’yori, ya’ni pul mablag‘laridan muqobil foydalanishda olinadigan foydaning eng kam me’yori.
IR (risk of investments) - investitsion xatar darajasini hisobga oluvchi koeffitsient.
Ammo aniq investitsion loyihalarni ishlab chiqishda diskont stavkasini hisoblash muammosi ko‘rib chiqilmaydi. Odatda u ekzogenli miqdor (ya’ni tashqaridan berilgan) sifatida beriladi va qoidaga ko‘ra, teng kreditli foiz (sarmoyaning muqobil qiymati)ga tegishli bo‘ladi.
Ko‘pgina firmalar diskont stavkasini uzoq muddatli bank kreditlari bo‘yicha o‘rtalashtirilgan foizli stavkalardan kelib chiqqan holda belgilaydilar.
Bir necha muqobil loyihalardan tanlab olishda daromadlikning ichki me’yori yagona ziddiyatli bo‘lmagan ko‘rsatkich bo‘ladi. U ko‘rib chiqilayotgan loyihalarni investitsiyalardan foydani ko‘paytirish maqsadida ishonchli ranjirovkasini amalga oshirishga imkon beradi.
SHunday qilib, innovatsion faoliyat samaradorligining tahlili innovatsiyalar menejmentining dolzarb vazifasi bo‘ladi, u innovatsion loyihalarni boshqarishga tizimli yondoshishni qo‘llash asosida hal qilinishi mumkin.

Download 312.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling