Fanning o‘quv uslubiy majmuasi o‘quv, ishchi o‘quv rejaga muvofiq ishlab chiqildi
Download 312.46 Kb.
|
иннов икт маърузалар (3)
11.2. Iqtisodiy baholash
Texnologik innovatsiyalar asta-sekinlik bilan xususiy sektordagi kompaniyalar rivojlanish strategiyasining bir qismiga aylanib bormoqda. Qishloq xo‘jalik yoki sanoat korxonalarida yangiliklar kiritish mehnat mahsuldorligini oshirish, moliyaviy, mehnat va moddiy resurslarni tejash hamda chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlar sifatini oshirishga ko‘maklashishiga bir qancha misollar keltirish mumkin. Biroq xususiy sektor kutilayotgan raqobatbardoshlik darajasini ta’minlovchi to‘laqonli va barqaror innovatsiyalar mexanizmini faqat o‘z kuchlari bilangina yarata olmaydi. Bunda hukumatning maqsadli yo‘naltirilgan va kompleksli innovatsion strategiyasining o‘rni juda ham katta. Tan olish kerakki, bunday kompleksli strategiyani amalga oshirish — uzoq muddatli xarakterga ega masaladir. Zamonaviy innovatsion muhit holati ayrim ob’ektiv sabablarga ko‘ra qisqa muddat ichida mahalliy biznesning innovatsion darajasi yuqori bo‘lishiga imkon bera olmaydi va shu sababdan uning rivojlanishi davlatning ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha kuch sarflashini talab qiladi. Masalan, quyidagi muammolarga e’tibor qaratish zarur: biznesning ilmiy-texnik axborotlarga ega bo‘lishi uchun transaksiya xarajatlari juda katta; yangi texnologiyalarning qiymat va bozor risklari korxonalar, ayniqsa, kichik korxonalar uchun juda katta; innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun o‘z resurslarini taklif etuvchi moliyaviy va investitsion institutlarning keng qamrovli va diversifikatsiyalangan bozori mavjud emas; xususiy sektordagi ko‘plab korxonalarda innovatsion boshqaruv qarorlari tizimi shakllantirilmagan; fanni ishlab chiqarish bilan bog‘lab turishi mumkin bo‘lgan innovatsion vositachilar instituti rivojlangan tarmog‘i yaratilmagan; raqobatli muhit mahalliy korxonalarni innovatsiyalarni jalb qilishga etarli darajada rag‘batlantirmaydi; iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida biznes texnologiyalarining asosiy massasida biznesni tashkil qilishning mablag‘larni namunaviy tovarlar ishlab chiqarish yoki ular bilan savdo qilishga kiritishni nazarda tutuvchi an’anaviy yondushuvlar ustunlik qiladi. YUqorida sanab o‘tilgan muammolarning barchasi shuni ko‘rsatadiki, innovatsion muhit ma’lum ma’noda iqtisodiy va institutsional islohotlarning turli yo‘nalishlaridagi taraqqiyotga bog‘liq bo‘ladi. Lekin bu aslo innovatsiyalarni «yorug‘ kunlar kelguncha» esdan chiqarish lozimligini anglatmaydi. Iqtisodiyotda innovatsion mexanizmlarni ishga tushirish strategik ahamiyatga ega vazifa bo‘lib, uni kichik narsalardan boshlash maqsadga muvofiq. Download 312.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling