Fanning o‘quv uslubiy majmuasi o‘quv, ishchi o‘quv rejaga muvofiq ishlab chiqildi


rasm. Ishlab chiqarish texnologiyalari boshqarish ob’ekti sifatida


Download 312.46 Kb.
bet61/61
Sana11.05.2023
Hajmi312.46 Kb.
#1453897
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Bog'liq
иннов икт маърузалар (3)

1 rasm. Ishlab chiqarish texnologiyalari boshqarish ob’ekti sifatida.

Qurib o‘tilgan prinsip bo‘yicha xamma turdagi ishlab chiqarish texnologiyalarini ko‘rib chiqish yagona uslubiy yondashish asosida amalga oshirilishi mumkin. Bu esa menejerlar xarakatini o‘z kasbiy faoliyatining keng predmetli viloyatida universallashtrishni ta’minlaydi.


Ma’lum bir faoliyat viloyatida mutaxassisning mehnat predmetini tashkil etuvchi ko‘plab elementlarning to‘plami, predmetli viloyat deyiladi. Ma’lum mutaxassisliklar (muxandislar, iqtisodchilar, xukushunoslar va boshqalar) bo‘yicha kadrlarni o‘qitishning mazmuni va tartibi predmetli viloyatning tug‘ri aniqlanganligidan bog‘liq.
Ishlab chiqarish texnologiyalari ularni ifodalash vositalari mavjud bo‘lsa, ilmiy asoslanishi mumkin - jamiyatda qo‘llaniladigan xodisalarni ifodalashning turli tillari. Ularga quyidagi tillar kiradi:

  • xarfli - ma’noli;

  • matematik formula;

  • mantik;

  • grafik simvollar;

  • algoritmlar;

  • metatillari ;

  • maketlash tili;

  • analog tili.

Texnologiyani ifodalash tili - bu tahlil uchun, saqlash va muallifning mulkiy asheligini ko‘rsatish uchun texnologiyaning intellektual mohiyatini aks ettiruvchi vositalardan biridir.



2 rasm. Ishlab chiqarishni boshqarish sistemasining strukturasi.
bu erda:
1 – Ma’lumotlarni yigish va xatolarni aniqlash;
2 – Qo‘llash okibatlarini tahlil qilish;
3 – Strategiya variantlarini tanlash;
4 – Boshqaruvchilik ta’sirini rejalashtirish;
X – Ishlab chiqarish tug‘risida axborot;
U – Moddiy rag‘batlantirishning ijtimoiy okibatlari;
OU – Boshqarish ob’ekti.


17.4 Jahon sivilizatsiyasi kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlari.

Bugungi kunda mamlakat YAIMda nodavlat sektorining ulushi qariyb 76%ni tashkil qiladi. Qishloq xo‘jaligi va chakana tovar aylanmasi deyarli to‘liq aynan shu sektorga to‘g‘ri keladi. Nodavlat sektorida bugungi kunda iqtisodiyotda band bo‘lgan odamlarning 77%i mehnat qiladi. Xususiylashtirish, xususiy mulkni mustahkamlash, kichik korxona, mikrofirma, dehqon va fermer xo‘jaliklari yaratishni rag‘batlantirish hisobiga mamlakatda demkoratik jamiyatning asosi sifatida o‘rta sinf real shakllanmoqda. Nizom jamg‘armasida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik sub’ektlari soni 2001 yilga nisbatan 3 baravar qisqardi.


Korxonalarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish maqsadida mamlakat iqtisodiyotida xususiy sektorni yanada kengaytirish uchun mamlakatimiz Prezidenti tomonidan «2006-2008 yillarda xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish Dasturi» tasdiqlangan.
2006-2008 yillarda xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish Dasturining o‘ziga xos xususiyati shundaki, uning tarkibiga strategik ahamiyatga ega, joylashtirilmagan davlat (jumladan, ilgari xo‘jalik birlashmalari nizom jamg‘armalariga berilgan) aktivlari 2008 yilgacha investitsion majburiyatlarni qabul qilgan holda sotilishi lozim bo‘lgan korxonalar ro‘yxati kiritilgan. Bu ro‘yxatda 231 ta korxona va davlat mulki ob’ektlari mavjud. Bundan tashqari, joylashtirilmagan davlat aktivlari 2006 yilda nol qiymatida investorlarning investitsion majburiyatlarni qabul qilgan holda sotilishi lozim bo‘lgan korxona va ob’ektlar ro‘yxatiga 105 ta ob’ekt kiritilgan.
Mustaqillik yillari davomida respublikamizda o‘z mablag‘larini bizning korxonalarga kiritishga tayyor turgan potensial investorlar bilan ishlash bo‘yicha etarlicha tajriba to‘plandi. Gap bu erda xususiylashtirilgan korxona va ob’ektlarni qayta ta’mirlash va texnik qayta dihozlash, yangi texnologiyalarni joriy qilish, demak, chiqarilayotgan mahsulot sifati va hajmini oshirishga yo‘naltirilayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari haqida bormoqda. Investitsiyalar oqimi o‘zgarib va o‘sib bormoqda: /arbiy Evropa mamlakataridan - 44,8% (Buyuk Britaniya, Germa­niya, SHveysariya, Tursiya va b.), Ameri­kadan - 12,2%, Osiyo mintaqasi va YAqin SHarq mamlakatlaridan 19,1% (Xi­toy, Koreya, BAA, Isroil va b.), MDH mamlakatlari orasida esa Rossiya etakchilik qiladi - 23,9%.
2006 yilning 6 oyi davomida chet ellik hamkorlar tomonidan 35 ta xususiylashtirilgan korxonalar bo‘yicha jami 23350,22 ming A+SH dollari miqdorida investitsiyalar kiritildi. Investitsion dasturga kiritilgan loyihalar bo‘yicha ishlab chiqarish moderngizatsiyalangan va yangi liniyalar texnologik rejimga kiritilgandan so‘ng ularning quvvatini kamida uch baravar ko‘paytirish ko‘zda tutilgan. Import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar chiqarish 20%dan ko‘p o‘sadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida mulkchilikning yangicha shakli, investitsiyalar oqimi va ilg‘or texnologiyalarning joriy etilishi xususiylashtirilgan korxonalarning rivojlanishi uchun katta turtki bo‘lmoqda. Qoidaga ko‘ra, investorlar tomonidan kiritilgan mablag‘lar korxonaga ikkinchi hayot bag‘ishlovchi va uni yanada yuqori darajaga ko‘taruvchi mexanizm rolini o‘ynaydi.

1 Стаханов В.И.Экономика инфраструктуры общественного производства. Учеб.пос.Ростов н/Д,1999,8-б.

2 Стаханов В.И. Экономика инфраструктуры общественного производства.Учеб.пос.Ростов н\Д,2001, 6-б.

3Шарипов А.Ю. Управление отраслями инфраструктуры в системе региона.М.,2007, 5 с.

4 И.А.Каримов.Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози,Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари.Т.,”Ўзбекистон”,2009,24-25 б.



5 Ўлмасов А., Шарифхўжаев М. Иқтисодиёт назарияси. Т.,2000, 189-190 б.

6 муаллиф томонидан ишлаб чи=илган

7 Шумпетер И. Теория экономического развития (исследование пред­принимательской прибыли, капитала, кредита, процента и цикла конъ­юнктуры).-М.: Прогресс, 1982. - С. 159.

8 Шумпетер, 1934. - С. 122.

9 Шумпетер, 1934. - С. 125.

Download 312.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling