16.4 O‘zbekistonda innovatsiyalarni samaradorligini oshirish dastak va vositalari
Iqtisodiyotni modernizatsiyalashning maqsadi – mamlakat iqtisodiyotining yangilash, fan sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan ustuvor sohalarni rivojlantirish asosida mamlakat iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirish yo‘liga o‘tkazish, mamlakat milliy iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish va aholining o‘sib, o‘zgarib borayotgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish hisoblanadi.
Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalashning jahon tajribasi tahlili ko‘rsatishicha, mamlakatni modernizatsiyalash uchun dastlab mamlakat iqtisodiyotini, shu jumladan, sanoatning hozirgi holatini chuqur va konkret baholash lozim.
Dunyo mamlakatlari iqtisodiyotining muvaffaqiyatli rivojlanishi innovatsion salohiyat va qulay shart-sharoitlarning mavjudligi bilan bevosita bog‘liqdir. Bunday holatni baholashda har qaysi mamlakatning innovatsiyalar bo‘yicha indeksi alohida o‘rin tutadi. Mazkur indeks esa quyida bayon etilayotgan ikki guruh ko‘rsatkichlar bo‘yicha yig‘ilgan umumiy baholar asosida hisoblanadi.
Birinchi guruh-innovatsiyalarni amalga oshirish uchun mavjud resurs va sharoitlar:
- institutlar;
- inson kapitali va tadqiqotlar;
- infratuzilma;
- ichki bozor va biznesning rivojlanishi;
Ikkinchi gurux-innovatsiyalarni amalga oshirishning amaliy natijalari:
- texnologiyalar va iqtisodiyot haqidagi bilimlarni rivojlantirish;
- kreativ faoliyat natijalari.
YAkuniy indeks xarajatlar va erishilgan samara o‘rtasidagi nisbatni namoyon etadi va bu o‘z navbatida tadqiqotda qamrab olingan har qaysi mamlakatdagi iinovatsiyalarni rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarni xolis baholash imkonini beradi.
“Inssad” xalqaro biznes maktabining 2016 yilgi “Innovatsiyalarning global indeksi” ma’ruzasida dunyoning 141 mamlakatidagi innovatsion rivojlanish kompleks tarzda tahlil qilingan. Tahlilning asosiy tarkibiy qismlaridan biri inson kapitalini rivojlantirish darajasi bo‘lib, mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha bizning mamlakatimiz 35-o‘rinni egallagan. Ta’lim tizimini rivojlantirish darajasi bo‘yicha esa O‘zbekiston dunyoning 141 mamlakati orasida ikkinchi o‘rinni band etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |