Fanning o‘quv uslubiy majmuasi o‘quv, ishchi o‘quv rejaga muvofiq ishlab chiqildi
-Mavzu. O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiyalashda innovatsiyalarning o‘rni
Download 312.46 Kb.
|
иннов икт маърузалар (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16.1 O‘zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiyalash diversifikatsiyalash jarayonlari.
16-Mavzu. O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiyalashda innovatsiyalarning o‘rni
16.1 O‘zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiyalash diversifikatsiyalash jarayonlari. 16.2 O‘zbekistonda innovatsiyalarni rivojlantirishga yaratilgan sharoit va muhit. 16.3 O‘zbekistonning innovatsiyalarni rivojlantirish davlat dasturlari va ularni amalga oshirilishi. 16.4 O‘zbekistonda innovatsiyalarni samaradorligin oshirish dastak va vositalari. 16.1 O‘zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiyalash diversifikatsiyalash jarayonlari. Hozirgi sharoitlarda iqtisodiyotning eng muhim tavsifnomasi fan, ilg‘or texnologiyalar, texnologik bazalarning qanday holatda ekanligi bo‘lib, bu o‘z navbatida mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar raqobatbardoshlik darajasini belgilab beradi. Fan-texnika sohasining tanazzulga yuz tutish jarayoni mamlakatimiz uchun /arbning sanoati rivojlangan mamlakatlarida XXI asrning moddiy-texnik bazasi – poltinchi ukladli yuqori texnologiyalarga asoslanuvchi postindustrial jamiyat asoslari yaratilayotgan sharoitlarda ro‘y bermoqda. Bizda esato‘rtinchi texnologik uklad qo‘llanayotgan bo‘lib, faqat mudofaa majmuasi va bank ishidagina beshinchi uklad endi-endi tarqalmoqda. Rivojlangan davlatlarning texnologik yutuqlaridan foydalanish, bu sohada avvalo, MDH mamlakatlari bilan hamkorlik o‘rnatish, xalqaro mehnat taqsimoti va kooperatsiyadan imkon qadar keng foydalanishga intilish zarur. Bunday jarayonlar butun dunyoda ro‘y bermoqda. YUqorida qayd etib o‘tildiki, texnologik jihatdan ilg‘or mamlakatlar yagona texnologik makon tuzgan bo‘lib, mamlakatimiz unga teng huquqli hamkor bo‘lib kirishi, ayrim yo‘nalishlarda esa etakchilik uchun kurashishi lozim, buning uchun esa milliy texnologik darajada etarlicha yuqori bo‘lishi zarur. YUqorida aytilganlardan shunday xulosalar kelib chiqadi: 1.Hozirgi paytda amaldagi iqtisodiy taraqqiyot va muvaffaqiyatlar faqat yangi (fundamental va amaliy) bilimlar, yangi texnologiyalar va ularni ishlab chiqarishda jadal o‘zlashtirish usullari asoslanishi mumkin; bunda bilim va texnologiyalarning aksariyati ikkiyoqlama (harbiy va fuqarolik) yo‘nalishga ega bo‘ladi. 2.YAngi bilim olish va yangi texnologiyalar ishlab chiqish haqida g‘amxo‘rlik davlat va barcha mulkchilik shaklidagi korxonalarning umumiy ishi bo‘lishi lozim; bunda davlat ITTKIni umumiy muvofiqlashtirish, fundamental tadqiqotlar va riskli, lekin katta foyda keltirishi mumkin bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirishni o‘z zimmasiga oladi. 3.YUqori texnologiyali mahsulotlar bilan xalqaro bozorga chiqish tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa barcha turlariga nisbatan ancha samarali bo‘ladi; demak, mamlakatimizni rivojlangan davlatlar hamjamiyatiga teng huquqli a’zo bo‘lib kirishiga imkon beruvchi xalqaro hamkorlikning har xil turlari ishga tushirilishi lozim. 4.Aksariyat yuqori texnologiyalarning muhimligi va tijorat nuqtai nazaridan jozibadorligi yuqori texnologiyali faoliyat sohaslariga xorijiy davlatlar maxsus xizmatlari va jinoyatchi guruhlari e’tiborini jalb qiladi. SHuning uchun mamlakatning yuqori texnologiyali tarmoqlarini ayrim xodimlar, korxona va tashkilotlar hamda davlatimizga tajovuzlaridan saqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Download 312.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling