Fanning o‘quv uslubiy majmuasi o‘quv, ishchi o‘quv rejaga muvofiq ishlab chiqildi


Iqtisodiy va ijtimoiy rivjlanishda fanlarning uyg‘unligini ta’minlash va innovatsiyalarni yaratish


Download 312.46 Kb.
bet52/61
Sana11.05.2023
Hajmi312.46 Kb.
#1453897
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   61
Bog'liq
иннов икт маърузалар (3)

15.2 Iqtisodiy va ijtimoiy rivjlanishda fanlarning uyg‘unligini ta’minlash va innovatsiyalarni yaratish.
Mamlakatimizning XXI asrda qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi hozirdan ma’lum bo‘lmoqda. Mamlakat iqtisodiy inqirozlardan chiqib, o‘sish istiqbollari reallashmoqda. Biroq bu o‘sishning qanday bo‘lishi, mehnat sharoitlari va aholining turmush darajasi qanday bo‘lishi aynan bugungi kunlarda qabul qilinayotgan qarorlarga bog‘liqdir.
Bizning davlatimiz jamiyatda og‘riqli chuqur o‘zgarish jarayonlari orqali o‘tib, bu jarayonlarda boshqaruv tizimining noto‘g‘ri yuritilganligi kuztildi. Texnologik inqiroz yanada keskinroq namoyon bo‘ldi. Mamlakat qaysi tomon harakatlanishi va hukumat buning uchun nimalar qilishi lozim?
Etakchi mamlakatlarning urushdan keyingi davrda rivojlanish va ularning istiqbollari tahlili ilmiy-texnologik soha evolyusiyasining uch bosqichini ajratib ko‘rsatishga imkon beradi:
I bosqichda fan-texnika siyosati asosan mudofaa maqsadlariga yo‘naltirilgan (mudofaaga yo‘naltirilgan fan-texnika siyosati);
II bosqichda fan-texnika siyosati iqtisodiy o‘sishning yangi sifatiga erishishi va uni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan (tijoratga yo‘naltirilgan fan-texnika siyosati);
III bosqichda fan-texnika siyosati o‘z faoliyat sohasini kengaytirib, mehnatni asrovchi va ekologik xavfsiz texnologiyalarni rivojlantirish orqali kishilar hayotini yaxshilashni qamrab oldi; bundan tashqari u uzoq muddatli istiqbolga ega texnologiyalarga e’tiborni qaratdi (gumanitar yo‘nalishdagi fan-texnika siyosati).
Hozir mamlakat oldida ikkita yo‘l bor: mavjud xomashyo trendini XXI asrda ham saqlab qolish yoki rivojlanishda o‘zgarish yasash va texnologik etakchilar qatoriga chiqib olish. Umuman olganda ikkala yo‘l ham iqtisodiy o‘sishni ta’minlay oladi, lekin bunday o‘sish xarakteri, uning ijtimoiy va ekologik oqibatlari bir-biridan keskin farq qiladi. Bu muqobil yo‘llardan mamlakatimizning XXI asrga kirib borishida mamlakat an’analari, xalqning mentaliteti va intellektual resurslari, tabiiy-ekologik omillarni hisobga olgan holda ikkinchi yo‘l nafaqat ma’qul, balki ancha afzal va samarali ham ko‘rinadi. SHu sababdan quyida gap faqat shu yo‘l bo‘yicha rivojlanish usullari va imkoniyatlari haqida boradi.
Jahon tajribalari hamda mamlakatning resurslar bilan ta’minlanganligi va ijtimoiy-iqtisodiy holati tahlili ikkinchi yo‘lning maqsadga muvofiq ekanligin ko‘rsatishi sababli hukumat faoliyati aynan uni amalga oshirishga qaratilishi zarur.
Global muammolarni echishda boshqa davlatlar bilan hamkorlik va kooperatsiyani kengaytirish yo‘lidan borar ekan, mamlakat ilmiy-texnik rivojlanishni quyidagi strategik yo‘nalishlarda amalga oshirishi lozim.
1.Fan va texnologiyalar tobora ko‘proq ijtimoiy yo‘nalishga ega bo‘lib, butun jahonga, jumladan mamlaktimizga tahdid soluvchi texnogen xavflarning oldini olish uchun insonparvarlik yo‘nalishga qaratilishi lozim.
2.Fan va texnologiyalar kelajakda mamlakat xususiyatlarini hisobga olgan holda yangi texnologik uklad talablari va yangi boshqaruv usullariga javob berishi lozim.
3.Fan an’anaviy resurslar ulardan zamonaviy sur’atlar bilan foydalanish natijasida etarli bo‘lmay qolgan sharoitlarda barqaror rivojlanishni ta’minlovchi va yangi texnologik ukladga o‘tishga imkon beruvchi texnologiyalarni saqlab qolishi va rivojlantirishi zarur.
Biz taklif qilayotgan davlat fan-texnika siyosati yo‘nalishlarini amalga oshirish mamlakat uchun uning milliy xavfsizligini ta’minlash va iqtisodiy o‘sishning zarur shartiga aylanishi lozim.



Download 312.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling