Fanning o‘quv uslubiy majmuasi o‘quv, ishchi o‘quv rejaga muvofiq ishlab chiqildi


-Mavzu. Innovatsion infratuzilma samaradorligini oshirishda ta’lim tizimi va uning vazifalari


Download 312.46 Kb.
bet51/61
Sana11.05.2023
Hajmi312.46 Kb.
#1453897
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   61
Bog'liq
иннов икт маърузалар (3)

15-Mavzu. Innovatsion infratuzilma samaradorligini oshirishda ta’lim tizimi va uning vazifalari

15.1 Ta’lim tizimi innovatsiyalarni yaratilishining fundamental asosi.


15.2 Iqtisodiy va ijtimoiy rivjlanishda fanlarning uyg‘unligini ta’minlash va innovatsiyalarni yaratish.
15.3 Innovatsion g‘oyalarni yaratishda fundamental fanlarning o‘rni.
15.4 Uzluksiz ta’limda modernizatsiya jarayonlarini jadallashtirish.


15.1 Ta’lim tizimi innovatsiyalarni yaratilishining fundamental asosi.
Barqaror rivojlanishga o‘tish yuqori malakali oliy va OO‘YUdan keyingi professional ta’limni talab qiladi. Iqtisodiyotning bu sohasida oliy va OO‘YUdan keyingi ta’lim olishda barcha uchun bir xil sharoitlar yaratilib, intellektual va ma’naviy salohiyatni rivojlantirish, ta’lim va fundamental fanlar integratsiyasi hamda jamiyat va bozor ehtiyojlarini hisobga olgan holda oliy ta’lim tizimini shakllantirish zarur.
Fan va oliy maktabning integratsiyalashuv jarayoni konkursli asosda amalga oshiriluvchi integratsiya dasturida ko‘zda tutilgan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tadi. Bu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalarni hal etish talab qilinadi:

  • Fanlar akademiyasi, oliy o‘quv yurtlari, davlat ilmiy markazlari hamda fan va yuqori texnologiyalar markazlari tomonidan amalga oshiriluvchi fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish;

  • akademik fanlarning oliy o‘quv yurtlaridagi ta’lim jarayoni bilan tashkiliy yaqinlashuvi va o‘zaro aloqalarini ta’minlash;

  • oliy o‘quv yurtlarida ta’lim jarayonini takomillashtirish maqsadida fundamental tadqiqotlar axborot bazasini shakllantirish;

  • oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy xodimlari, o‘qituvchilar, talabalar, aspirantlar birgalikda foydalanishi uchun tajriba-sinov va asbob-uskunalar bazasini rivojlantirish;

  • oliy o‘quv yurtlari talabalari, o‘qituvchilari va ilmiy xodimlarining akademik fan sektori olimlari bilan birgalikda o‘tkazuvchi sinov va dala tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlash;

  • oliy o‘quv yurtlarida fundamental tadqiqotlar o‘tkazishning nufuzini oshirish uchun sharoitlar yaratish.

Barqaror rivojlanishni ta’minlash maqsadida fan va oliy ta’limning integratsiyalashuvi oliy o‘quv yurtlarida islohot o‘tkazishni talab qiladi. Bir qator universitetlar va akademik yo‘nalishdagi bir qator etakchi ilmiy tashkilotlar asosida tashkil etiluvchi tadqiqotchilik universitetlarining vazifasi yangi bilimlar olish va fundamental fanlar uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash hisoblanadi. Eksperimental bazaga ega va qayta strukturalash lozim bo‘lgan tarmoqlarga tegishli va tarmoqlararo oliy o‘quv yurtlari hamda ilmiy-tadqiqot institutlari tadqiqotchilik texnik universitetlari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.



Download 312.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling