Fanning o‘quv uslubiy majmuasi o‘quv, ishchi o‘quv rejaga muvofiq ishlab chiqildi


Innovatsion g‘oyalarni yaratishda fundamental fanlarning o‘rni


Download 312.46 Kb.
bet53/61
Sana11.05.2023
Hajmi312.46 Kb.
#1453897
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   61
Bog'liq
иннов икт маърузалар (3)

15.3 Innovatsion g‘oyalarni yaratishda fundamental fanlarning o‘rni.
Jahondagi tadqiqotlar strukturasining o‘zgarishi ilmiy siyosatning harbiy, muhandis-texnik sohalar (50-70-yillar) va sanoat texnologiyalaridan (70-80-yillar) ijtimoiy ahamiyatga ega ustuvorliklarga o‘tishi bilan bog‘liq. Bundan rivojlangan mamlakatlarning sog‘liqni saqlash, madaniyat, tarix, etnografiya, millatlararo unosabatlar kabi sohalarda tadqiqot va loyihalarga katta hissa qo‘shayotganligi dalolat beradi.
Fanning iqtisodiyot va jamiyat uchun ahamiyatini faqat aniq va muayyan yutuqlargina belgilab bermaydi. Ilmiy bilimlar chegara bilmaydi va zamonaviy dunyoda kuchli milliy fanlarga ega bo‘lmagan holda ham ko‘plab fan mevalaridan foydalanish mumkin. Biroq shunday bilimlar turlari borki, ularni na xorijiy adabiyotlardan va na xorijiy ekspertlardan olib bo‘ladi. Bu bilimlar fanning mamlakat rivojlanishidagi tizimni shakllantiruvchi funksiyalari bilan bog‘liq.
Fan ta’lim tizimi, san’at va ommaviy axborot vositalari orqali dunyo, jamiyat va tabiatga zamonaviy dunyoqarashga ega oqilona fikrlovchi shaxsni shakllantiradi.
Fan va ta’lim ilmiy va texnologik bilimlar «egasi» bo‘lgan kadrlarni yaratib, ularsiz iqtisodiyot ham, fan-texnika majmui ham rivojlana olmaydi. «Kadrlar» pozitsiyasini yo‘qotish jamiyatning intellektual tanazzulga yuz tutishiga olib keladi.
Kuzatuv va tadqiqotlar bilan butun mamlakat hududini qamrab oluvchi fan xo‘jalik va jamiyat hayoti munosib o‘rin oluvchi real tabiiy va texnogen muhit haqida ishonchli bilimlar beradi.
O‘zgarayotgan muhit bilan chambarchas aloqada odamlar ham, butun jamiyat ham o‘zgaradi. Inqiroz sharoitida kuchayuvchi ijtimoiy va boshqa jarayonlarni mamlakatning o‘z milliy fanisiz o‘rganib va tushuntirib bo‘lmaydi.
Iqtisodiyotning nodavlat sektori ilmiy-texnik loyihalar yaratishdan hali unchalik manfaatdor emas. Bundan tashqari, u fundamental tadqiqotlarning biron-bir jiddiy qismini moliyalashtirishni o‘z zimmasiga olmaydi. Davlat mablag‘larini ajratishning qaytuvchan modelini joriy qilish; innovatsion faoliyat marketingini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash; fan yutuqlarini sanoatga joriy qilish hamda fundamental tadqiqotlar o‘tkazishda sanoat va bank kapitali ishtirokini rag‘batlantiruvchi choralar ishlab chiqish; ilmiy shaharchalar, qo‘riqxonalar, madaniy-tarixiy yodgorliklarni qo‘llab-quvvatlash — mana shular fundamental tadqiqotlarni iqtisodiy ta’minlash bazasini kengaytirishda davlat tomonidan qo‘llanuvchi vositalarning to‘liq bo‘lmagan ro‘yxatidir.
SHu bilan birga fundamental fan salohiyati davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasdan muvaffaqiyatli rivojldana olmaydi. Bunday qo‘llab-quvvatlash kelajakdagi yutuqlar uchun zamin hozirlash, o‘ziga xos ilmiy maktablarni saqlab qolish, ilmiy natijalardan foydalanish bo‘yicha barqaror ijtimoiy motivatsiyalar yaratish, ilmiy mehnat nufuzini oshirish uchun zarur. CHeklangan resurslar sharoitlarida mamlakat fanining ilg‘or pozitsiyalarini saqlab qolish yo‘lida etakchi tashkilotlar, istiqbolli bo‘linmalar va ayrim tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlashga resurslarni qayta taqsimlash va markazlashtirish zarur. Kelajakda fundamental tadqiqotlarni davlat tomonidan ta’minlash yagona ilmiy-texnologik va innovatsion siyosat doirasida o‘tkazilishi lozim.

Download 312.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling