Fanning o‘quv uslubiy majmuasi o‘quv, ishchi o‘quv rejaga muvofiq ishlab chiqildi


O‘zbekistonning innovatsiyalarni rivojlantirish davlat dasturlari va ularni amalga oshirilishi


Download 312.46 Kb.
bet57/61
Sana11.05.2023
Hajmi312.46 Kb.
#1453897
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Bog'liq
иннов икт маърузалар (3)

16.3 O‘zbekistonning innovatsiyalarni rivojlantirish davlat dasturlari va ularni amalga oshirilishi.
O‘zbekistonning innovatsiyalarni rivojlantirish davlat dasturi “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012 y., 8-9-son, 78-modda bayon keltirilgan.
Ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar rivojlantirilishi hamda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash jarayonlariga tatbiq etishni rag‘batlantirish bo‘yicha amaliy mexanizmlar yaratish, fan va ishlab chiqarishning yanada mustahkam aloqasini ta’minlash maqsadida, shuningdek, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda real iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari o‘rtasida uzviy hamkorlik aloqalarini o‘rnatishda innovatsion g‘oyalar va loyihalar Respublika yarmarkasining ahamiyatini hisobga olgan holda:
1. SHunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi har yili o‘tkaziladi.
Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasining har yili o‘tkazilishini tashkil qilish Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi zimmalariga yuklansin.
2. O‘rta muddatli istiqbolda innovatsion mahsulotlar va texnologiyalarni rivojlantirish chora-tadbirlari kompleksi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
3. Tasdiqlangan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish hamda Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasini yuqori darajada o‘tkazish ishlarini muvofiqlashtirib borish uchun 2-ilovaga* muvofiq tarkibda Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi tuzilsin.
Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh (SH.M. Mirziyoev), O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, xo‘jalik birlashmalari mazkur qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar kompleksida nazarda tutilgan tadbirlarning belgilangan muddatlarda so‘zsiz bajarilishini ta’minlasin.
4. Amaliy ilmiy ishlanmalar va innovatsion texnologiyalar ishlab chiqarishga keng tatbiq etilishini ta’minlash uchun vazirliklar, idoralar, uyushmalar, kompaniyalar va boshqa xo‘jalik birlashmalari quyidagilarni:

  • xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning amortizatsion ajratmalari va sof foydasi, shuningdek buyurtmachilarning maqsadli tushumlari shakllantirish manbalaridan iborat bo‘lgan modernizatsiya va yangi texnologiyalar jamg‘armalarini;

  • tarmoq va korxonani innovatsion rivojlantirishga javobgar bo‘lgan tarkibiy bo‘linmalar, zarur hollarda esa — loyiha-konstruktorlik byurolarini tashkil etishda xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda korxonalarga ko‘maklashsin.

5. Quyidagilar tashkil etilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni innovatsion rivojlantirish tarkibiy bo‘linmalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:

  • zamonaviy uskunalar va texnologiyalarning xalqaro va mahalliy ishlanmalarini o‘rganish, shu asosda zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishning har yilgi va o‘rta muddatli dasturlarini shakllantirish;

  • mahalliy amaliy ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarga buyurtmalar jamlamasini shakllantirish, shuningdek ularni joylashtirish;

  • amaliy ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar natijalarini korxona faoliyati amaliyotiga tatbiq etish.

Mazkur tarkibiy tuzilmalar faoliyatiga tatbiq etilgan loyihalar va ishlanmalar soni, shuningdek ulardan olingan iqtisodiy samaraga qarab baho berilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Xo‘jalik boshqaruvi organlari va korxonalarning modernizatsiya va yangi texnologiyalar jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
[ОКОЗ:_1.'>ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.01.00 Юридик шахсларнинг даромади (фойдаси)га солинадиган солиқ / 07.10.01.05 Юридик шахсларнинг даромади (фойдаси)га солинадиган солиқ бўйича имтиёзлар;
2.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.03.00 Қўшимча қиймат солиғи / 07.10.03.02 Қўшимча қиймат солиғи бўйича имтиёзлар]
7. Belgilansinki, modernizatsiya va yangi texnologiyalar jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan mablag‘lar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan ilmiy amaliy tadqiqotlarni, innovatsion loyihalarni, tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini hamda ularni ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etishni moliyalashtirishda foydalaniladi.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.16.00.00 Мажбурий тўловлар, ажратмалар ва йиғимлар / 07.16.05.00 Республика йўл жамғармасига ажратмалар ва йиғимлар;
2.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.16.00.00 Мажбурий тўловлар, ажратмалар ва йиғимлар / 07.16.06.00 Бошқа бюджетдан ташқари жамғармасига ажратмалар ва йиғимлар]
8. 2014 yilning 1 yanvarigacha bo‘lgan davrda o‘quv va ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda tashkilotlari, loyiha-konstruktorlik tashkilotlari xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha amalga oshiriladigan amaliy ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarish qismida daromad solig‘i, yagona soliq to‘lovi, qo‘shilgan qiymat solig‘i va davlatning maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar (yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari) to‘lashdan ozod etilsin.
[ОКОЗ:
1.10.00.00.00 Ташқи иқтисодий фаолият. Божхона иши / 10.02.00.00 Божхона-тарифини тартибга солиш / 10.02.07.00 Тариф имтиёзлари ва префенциялар]
9. Ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarini qayta jihozlash va to‘liq jihozlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan ro‘yxatlar bo‘yicha modernizatsiya qilish doirasida olib kelinadigan uskunalar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2009—2012 yillar mobaynida davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari doirasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarining ilmiy, texnologik va laboratoriya uskunalarini modernizatsiya qilishga mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi 2009 yilning 1 yanvarigacha bo‘lgan muddatda ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarining ilmiy, texnologik va laboratoriya uskunalarini modernizatsiya qilishga xalqaro moliya institutlarining maqsadli grant mablag‘larini jalb etish masalalarini ishlab chiqsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Download 312.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling