Fanning o‘quv uslubiy majmuasi o‘quv, ishchi o‘quv rejaga muvofiq ishlab chiqildi


-Mavzu. Innovatsiyalar samaradorligini tahlil qilish va baholash


Download 312.46 Kb.
bet31/61
Sana11.05.2023
Hajmi312.46 Kb.
#1453897
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   61
Bog'liq
иннов икт маърузалар (3)

10-Mavzu. Innovatsiyalar samaradorligini tahlil qilish va baholash

10.1 Innovatsiyalarni baholashning nazariy asoslari.


10.2. Innovatsion loyiha samaradorligining tahlili.
10.3 Innovatsion faoliyatda investitsion loyihalarni amalga oshirishning tamoyillari.
10.4 Innovatsion faoliyatning samaradorligini tahlil qilishda vaqt omilini hisobga olish.


10.1 Innovatsiyalarni baholashning nazariy asoslari.
Innovatsiyalarni boshqarishning asosida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida belgilash yotadi. Har qanday innovatsion loyiha samaradorligini baholash innovatsion faoliyatdagi investitsiyalar samaradorligini belgilashning yagona metodologik tamoyillari asosida quriladi.
Innovatsion loyha samaradorligini tahlil qilish uchun uni amalga oshirish davridagi quyidagi uchta bosqichni ajratish muhimdir:

  • investitsiya kiritishdan oldingi (bundan loyihadan oldingi tadqiqotlar, loyihani amalga oshirilishligini baholash o‘tkaziladi, uni texnik-iqtisodiy asoslanishi tayyorlanadi);

  • investitsiya kiritish;

  • foydalanish (loyihaga muvofiq innovatsion faoliyatni amalga oshirish).

Innovatsion loyihalarni boshqarishga tizimli yondoshish investitsiya kiritishdan oldingi bosqichda investitsion qarorlarning muqobil variantlarini ko‘rib chiqish va tahlil qilishni ko‘zda tutadi. Muqobillarning tahlil qilish investitsion qarorlardagi innovatsion loyihalardan foydalanish bosqichidayoq topiladigan xatolarning yuqori narxi tufayli g‘oyatda muhimdir. Bunday xatolardan qochish-demak loyihaning yuqori samaradorligini ta’minlashdir.


10.2. Innovatsion loyiha samaradorligining tahlili.
Innovatsion loyihalarni boshqarishga tizimli yondoshish ularning tijorat tahlilini samaradorlikni tahlil qilishning boshqa turlari bilan uzviy to‘ldirishni ko‘zda tutadi. SHubhasiz, innovatsion loyihaning yuqori samaradorligini ta’minlash uchun uning ilmiy-texnik tahlili hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi, uni borishida loyiha ilmiy yangiligi darajasi, u tomonidan taklif qilinayotgan ilmiy-texnik qarorlarni zamonaviy ilmiy istiqbolligi va texnik asoslanishi tadqiqot qilinadi.
Inovatsion loyihalarni boshqarishga tizimli yondoshish nuqtai nazaridan sotsial tahlil ularning samaradorligini tahlil qilishda markaziy o‘rinni egallaydi. Innovatsion loyiha samaradorligi sotsial tahlilning maqsadlari va vazifalarga o‘ar xil sotsial guruhlar manfaatlarini loyiha natijalariga mosligini ta’minlash bo‘yicha masalalarni tadqiqot qilish va choralarni ishlab chiqish bilan bog‘liqdir. Bunday moslik loyihaning etarlicha yuqori samaradorligiga erishish uchun zarurdir, chunki u loyihani aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydi. Loyiha maqsadlariga erishishni rag‘batlantiruvchi belgilangan sotsial guruhlarning ttasavvurlari va xulqiga ta’sir ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.
Agar loyihani ishlab chiqishda uning samaradorligining sotsial tahliliga etarlicha e’tibor berilmasa, loyiha etarlicha keng sotsial qatlamlarga emas, balki loyihani ishlab chiqaruvchilarning o‘zlarining sotsial qadriyatlariga mo‘ljallantirilishi mumkin. Loyiha natijalari bo‘lajak iste’molchilari guruhini boshidan bunday toraytirilishi odatda uning past samaradorligiga olib keladi.
Ko‘pgina hollarda turli - tuman sotsial omillar, manfaatlar va afzalliklarni hisobga olish loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishga qo‘shimcha xarajatlarni talab qilishi mumkin. Innovatsion mahsulotlar, xizmatlar, texnologiyalarni amalga oshirish uchun do‘stona sotsial muhitni yaratish bilan bog‘liq bu xarajatlarning zarurligini baholash muhimdir.
Loyiha samaradorligining moliyaviy –iqtisodiy tahlili odatda uni ishlab chiqishning namunaviy ekspertiza qilishning yakunlovchi bosqichida o‘tkaziladi, ammo amalda u innovatsion loyiha samaradorligini butun tizimli tahlilining markaziy elementi bo‘ladi.
Loyihaning investitsiyalar kirtishdan oldingi bosqichida uning moliyaviy samaradorligini tahlil qilish va investitsion qaror qabul qilishda loyihaning kiruvchi va chiquvchi pul oqimlarining bashoratli miqdorini baholash va tenglashtirish muhimdir.
Boshqacha qilib aytganda, bu bosqichida loyihani “qora quti” sifatida ko‘rib chiqish, ya’ni loyihaning tashqi tuzilishi va uni amalga oshirish mexanizmiga e’tibor bermasdan kiruvchi pul oqimlari ()ya’ni kerakli resurslar yoki loyihaning xarajatlari qiymati ni loyihani chiquvchi pul oqimlari (ya’ni, ishlab chiqarish mahsulotlar qiymati yoki loyihaning foydalari, daromadlari bilan) baholash va tenglashtirish maqsadga muvofiqdir.



Download 312.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling