Fanning o‘quv uslubiy majmuasi o‘quv, ishchi o‘quv rejaga muvofiq ishlab chiqildi
Funksional- qiymat tahlil va yangi maxsulot sifatini boshqarish
Download 312.46 Kb.
|
иннов икт маърузалар (3)
9.3. Funksional- qiymat tahlil va yangi maxsulot sifatini boshqarish.
Maxsulotning xayotiy sikli bir qancha bosqichlardan tashkil topadi: ishlab chiqarishdan oldingi boshqarish (maxsulotning shakllanishi, uning sifati ); ishlab chiqarish bosqichi; yakuniy (maxsulotni iste’mol qilish); Hayotiy siklning xamma bosqichlarida xar qanday ob’ektni takomillashtirishning bir uslubi funksional-qiymat tahlili (FKT) hisoblanadi. FKT- bu ob’ektning iste’molchi uchun axamiyatliligi va uni yaratish muammolari o‘rtasidagi optimal nisbatida, uning foydali funksiyalarini rivojlantirish maqsadida ob’ektni kompleks texnik iqtisodiy tadqiqot qilish. Bu uslub birinchi bo‘lib 1947 yilda AKSHda ishlab chiqilgan va "Djeneral Elektrik" kompaniyasida qo‘llanilgan. Xar bir tovar uchun bosh (A), ikkinchi darajali (V), ortiqcha (S) funksiyalarni ajratish lozim. S ga xarajatlarni kamaytirishga xarakat qilish kerak. Bu ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytiradi. FKT ob’ekti bo‘lib, butun maxsulotning iste’mol xususiyatlari xam, xamda uning ayrim qismlari xususiyatlari xam bo‘lishi mumkin. FKT ni o‘tkazishda turli mutaxassislar jalb kilinadi. Buning uchun mutaxasislarning taxliliy guruhlari biron-bir yukori raxbar boshchiligida shakllantiradi (5-8 kishi). FKTning maqsadi - ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, bajariladigan ishning sifatini oshirish yoki saqlab qolish bilan birgalikda ishni amalga oshirish va xizmat ko‘rsatish. FKT maqsadini quyidagicha yozish mumkin: PS max bu erda: PS - tahlil qilinayotgan ob’ektning iste’mol qiymati, Z - zarur iste’mol xususiyatlariga erishish uchun xarajatlar. FKT quyidagi boskichlardan iborat: 1. Tayyorlov - tahlilning ob’ektlari aniqlanadi. 2. Informatsion - o‘rganiladigan ob’ekt tug‘risida axborot to‘plash: vazifasi, texnikaviy imkoniyati, tannarxi va siafti. 3. Analitik - maxsulot funksiyalarini o‘rganish va ularni ta’minlash xarajatlarini aniqlash. A, V, S funksiyalar ajratiladi. S- olib tashlanadi. Maxsulotning iste’mol xususiyatlari to‘plamida alohida funksiyalarning salmog‘i muximlik yoki ahamiyatlilik koeffitsienti deb ataladi. Bu koeffitsientni aniqlashda iste’molchi uchun ko‘proq muxim ahamiyatga ega bo‘lgan parametrlar xisobga olinishi mumkin. Xar bir funksiyaning umumiy xarajatlardagi salmog‘i miqdorining ahamiyatlilikka bo‘lgan nisbati alohida funksiyalar bo‘yicha xarajatlar koeffitsienti deb ataladi. Agar xarajatlar koeffitsienti < 1 dan kichik bo‘lsa, nisbat kulay, > 1 dan katta bo‘lsa, unda parametrga ega bulish xarajatlarini kamaytirish lozim. Tadqiqot bosqichi - bunda echimlar variantlari baholanadi. Tavsiya beriladigan bosqich - bunda qaysi echim yaxshi bo‘lsa, usha tanlab olinadi. Joriy etish bosqichi - yakuniy bosqich. Texnikani takomillashtirish darajasini baholashda yangi texnika naqadar ilg‘or va u qanday samara beradi degan savolga javob berish muhim. YAngi texnika afzalliklari quyidagicha hisoblanadi: 1) Eski va yangi texnika o‘lchovlarini taqqoslash: R1 va R0 - yangi va eski mashina uzunligi, G1 va G0 - yangi va eski mashina kengligi, E1 va E0 - yangi va eski mashina balandligi. 2) quvvatlarni taqqoslash: V1 va V0 - yangi va eski texnika quvvati, W1 va W0 - yangi va eski texnika unumdorligi. 3) Xizmat ko‘rsatish mehnat sig‘imi taqqoslash: T1 va T0 - xizmat ko‘rsatish mexnat sig‘imi. Hisoblash quyidagi formula orqali olib boriladi. N q |N1| + |N2 |+ ... + |Nn| bu erda: N - takomillashganlik darajasining umumiy bahosi; N1 - o‘lchovlar bo‘yicha takomillashganlik darajasi; U quyidagi formula bilan aniqlanadi. N2 - unumdorlik bo‘yicha takomillashganlik darajasi: N3 - mehnat sig‘imi bo‘yicha takomillashganlik darajasi: Bu parametrlarni aniqlagandan keyin ekspertlar ularning ahamiyatliligini aniqlashadi. Agar ekspertlar fikri kelishuvchanligi yukori bo‘lsa, ekspert tahlil natijalari ishonchli hisoblanadi. Ekspertlar fikri kelishuvchanligi konkordatsiya koeffitsienti (W)orqali hisoblanadi: bunda: m - baholanadigan variant soni; N - ekspertlar soni; S - ranglar (tabakalar) yig‘indisi kvadrati yigindisi va qatorlar yig‘indisi o‘rtacha kvadrati o‘rtasidagi farq: S q O - S/CH bunda: O - yig‘indining umumiy kvadrati; S - qatorlar umumiy yig‘indisi; CH - qatorlar soni. Konkordatsiya koeffitsienti 0 < W < 1 oralig‘ida bo‘ladi. W < 0,3 bo‘lsa, ekspertlar fikri kelishuvchanligi qoniqarsiz; 0,3 < W < 0,7 o‘rtacha, W > 0,7 bo‘lsa, ekspertlar kelishuvchanligi yuqori hisoblanadi. Download 312.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling