Fanning o‘quv uslubiy majmuasi o‘quv, ishchi o‘quv rejaga muvofiq ishlab chiqildi
-Mavzu. Innovatsiyalar iqtisodiyotining axborot ta’minoti
Download 312.46 Kb.
|
иннов икт маърузалар (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.1 Innovatsiyalarni axborot ta’minoti tushunchasi.
- 8.2 Innovatsiyalarni boshqarishinng axborot ta’minoti.
8-Mavzu. Innovatsiyalar iqtisodiyotining axborot ta’minoti
8.1 Innovatsiyalarni axborot ta’minoti tushunchasi. 8.2 Innovatsiyalarni boshqarishinng axborot ta’minoti. 8.3 Innovatsiyalarni rivojlanshinida axborotlarning o‘rni. 8.4 Innovatsion loyihalarni axborot manbalari. 8.1 Innovatsiyalarni axborot ta’minoti tushunchasi. Korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini barqaror va samarador rivojlantirish uchun innovatsion-investitsion jarayonlarni tashkil etish va ularni tatbiq etish katta ahamiyatga ega. Innovatsiyalarni yuqori darajada jalb etish va ularning salohiyatini yuksaltirish uchun keng qamrovdagi axborot bazasini yaratish va mukammal boshqaruv tizimini tatbiq etish korxonaning iqtisodiy istiqbollarini belgilab beradi. Innovatsion faoliyatning samaradorligi ko‘p hollarda innovatsion infratuzilma orqali ifodalanadi. SHuning uchun innovatsion infratuzilma innovatsion iqtisodiyot va salohiyatning asosiy tashkil etuvchilaridan hisoblanadi. Innovatsion infratuzilma korxonaning iqtisodiy salohiyatini yuqori darajaga olib chiquvchi innovatsion yondashuvning asosiy vositasi va mexanizmi bo‘lib hisoblanadi. Demak, innovatsion infratuzilma bu innovatsion faoliyat va innovatsiyalarni samarador tatbiq etish uchun zarur bo‘lgan o‘zaro to‘ldiruvchi va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish-texnik tizimlar, firmalar va tashkiliy boshqaruv tizimlar to‘plamini ifodalaydi. Korxonaning innovatsion tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun innovatsion infratuzilma to‘liq mezonlarga ega bo‘lishi shart. Bu holat innovatsiyalarni korxona miqyosida yaratish va tatbiq etish bo‘yicha injiniring texnologiyalarini tatbiq etish uchun to‘liq imkoniyatlar mavjudligini ifodalaydi. 8.2 Innovatsiyalarni boshqarishinng axborot ta’minoti. Hozirgi davrda oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruvning axborot tizimlaridan erkin foydalana oladigan iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlash dolzarb masalalardan hisoblanadi. CHunki zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish faqatgina kasbiy professional faoliyat samaradorligini oshiribgina qolmay, balki bo‘lajak iqtisodchi mutaxassislarda dunyoqarashni va axborot madaniyatini shakllantirishga, turmush tarziga, ijtimoiy sohadagi faoliyatiga o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Bo‘lajak iqtisodchi mutaxassislarni axborot-kommunikatsion texnologiyalari bilan tanishtirishda quyidagilarga e’tibor qaratilishi zarur: – bo‘lajak iqtisodchi mutaxassislarni axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida ijtimoiy foydali mehnatga o‘rgatish va ularning aqliy-ijodiy faoliyatini rivojlantirish; – axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanib, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy qobiliyatlarini rivojlantirish; – bo‘lajak iqtisodchi mutaxassislarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish va zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida takomillashtirish; – zamonaviy yuksak malakali iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashda ta’limning innovatsion usullaridan foydalanish va h.k. Bo‘lajak iqtisodchi mutaxassislarni kasbiy tayyorlashning asosiy vazifalaridan biri ularni aqliy-ijodiy va amaliy faoliyatga o‘rgatishdan iborat. Buning uchun axborot-kommunikatsion texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanib, talabalarning, ya’ni bo‘lajak iqtisodchi mutaxassislarning axloqiy sifatlari va kasbiy layoqatini rivojlantirish zarur. Download 312.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling