Fanning o‘quv uslubiy majmuasi o‘quv, ishchi o‘quv rejaga muvofiq ishlab chiqildi


Innovatsiyaon loyihalar boshqarishing maqsadli va dasturli usullari


Download 312.46 Kb.
bet23/61
Sana11.05.2023
Hajmi312.46 Kb.
#1453897
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   61
Bog'liq
иннов икт маърузалар (3)

7.3 Innovatsiyaon loyihalar boshqarishing maqsadli va dasturli usullari.
Innovatsion loyihalarni ishlab chiqishda zamonaviy innovatsion loyihalar, odatda, katta investitsiyalarni talab qilishini, ular esa doim ham bo‘lavermasligini hisobga olish zarur. SHuning uchun investitsiyalar haqidagi masala ancha qiyin hal etiladigan muammodir, chunki mazkur loyihaning zarurligini, foydaliligini va samaraliligini isbotlash kerak bo‘ladi. Bu holatda asosiysi moliyalashtirish manbaini tanlash, uning hajmini, vaqt bo‘yicha to‘lovlar darajasi va hokazodir. Bu holatda investor o‘ziga loyihaning mohiyatini tushuntirib berish, hamkorlik qanday afzallik berishini, va eng asosiysi, ular oladigan eng minimal va eng yuqori foyda miqdorini namoyish qilish talab etiladi. Ushbu ko‘rsatkichlarning hammasini investorlarni kapital ajratishga ishontirish uchun tegishli tarzda rasmiylashtirish kerak.
Innovatsion loyiha etarlicha batafsil tuzilishi kerak, chunki bo‘lajak investor loyiha bilan tanishganda mo‘ljallanayotgan dastur haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishi va uning maqsadlarini tushunishi lozim. Innovatsion loyihani qay darajada detallashtirish va uning tarkibi bo‘lajak dastur va u tegishli soha hajmlariga bog‘liq. Masalan, qandaydir mahsulotni ishlab chiqarish yoki innovatsion texnologiyani joriy etishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilayotgan bo‘lsa, juda batafsil reja ishlab chiqilishi lozim, uning qanchalik batafsilligi innovatsion dasturning yakuniy mahsuloti murakkabligiga va mazkur mahsulot bozorining murakkabligiga bog‘liq. Innovatsion loyihaning tarkibi, shuningdek, taxminlanayotgan sotuv bozori ko‘lamiga, raqobatchilarning bor-yo‘qligiga va dastur natijalaridan foydalanish istiqbollariga bog‘liq. Innovatsion loyihaning asosiy bo‘limlari quyidagilar (variant):
1. Umumiy obzor (taklif etilayotgan innovatsion loyihaning maqsadi va mohiyati, taklif etilayotgan innovatsiyaning turi, loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan haqiqiy foyda hamda loyihani amalga oshirishga sarflanadigan xarajatlar miqdori va turlari).

  1. Tovarlar yoki xizmatlar tavsifi (taklif etilayotgan tovarlar va xizmatlar bayoni, ulardan foydalanish sohasi, yangiligi va patent bilan himoyalanganligi, dizaynning o‘ziga xosligi, tovarlar va xizmatlarning asosiy texnik-iqtisodiy va iste’mol tavsiflari, ularning rasmdagi tasviri, tovarlar va xizmatlar afzalliklari, sertifikatlash va h.k.).

  2. Tovarlar va xizmatlarni sotish bozorlari (sotuv bozori turi, istiqbolli bozorlar, ularning joylashuvi va tavsifi, bu bozorlarda firmaning bashoratlanayotgan ulushlari, salohiyatli iste’molchilar tavsifi, yangi tovarlar va xizmatlarga talabni belgilovchi omillar, sotuvlarning salohiyatli hajmlari va hokazolar).

  3. Tovarlar va xizmatlar raqobatbardoshligi (raqobatchi firmalarning qisqacha tavsifi, yangi tovar yoki xizmatning raqobatchi firmadagi o‘xshash tovar yoki xizmatga nisbatan raqobat afzalliklari, firma tovarlar va xizmatlar raqobatbardoshligini himoya qilish uchun qo‘llaydigan raqobat strategiyalari va hokazolar).

  4. Marketing rejasi (amalga oshirilayotgan loyihaning marketing maqsadlari va strategiyasi, loyihani amalga oshirish natijasida firma taklif qiladigan tovarlar va xizmatlarni ilgari surish hamda sotish strategiyasi, tovar yoki xizmatni sotishni rag‘batlantirish usullari, mijozlarga sotishdan keyin xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish, taklif etiladigan tovarlar yoki xizmatlar haqida ijtimoiy fikrni shakllantirish, marketing byudjeti va h.k.).

  5. Ishlab chiqarish rejasi (yangi tovarlar ishlab chiqarishni bozorga, ta’minotchilarga, ishchi kuchiga, transport yo‘llari va h.k.larga nisbatan joylashuvi, ishlab chiqarish maydonlari, quvvatlari va ularni kengaytirish imkoniyatlari, moddiy-texnik, insoniy va boshqa resurslar manbalari va ularga ehtiyoj, ulardan foydalanish imkoni, ishlab chiqarishni kooperatsiyalash imkoniyatlari, ishlab chiqarish hajmlari va xarajatlari, qo‘llanilayotgan texnologiyalar, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va tovarni ishlab chiqarishni kengaytirish muddatlari, ishlab chiqarishning ekologikligi va h.k.).

  6. Tashkiliy reja (tashkiliy tuzilma, xodimlarga, mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj, ularni mehnatga jalb qilish shakllari, kasblar bo‘yicha ish haqining zaruriy darajasi, mehnatni rag‘batlantirish tizimi, xodimlarni kasbiy tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi, loyihani amalga oshirishga boshchilik qilayotgan ma’muriy-boshqaruv xodimlar haqidagi ma’lumotlar va h.k.).

  7. Loyihaning yuridik ta’minoti (firmaning tashkil qilingan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanasi, kim tomonidan va qaerda ro‘yxatga olingan, yuridik manzili, faoliyati turi va amalga oshirilayotgan operatsiyalar xarakteri, mulkchilik shakli, kapital mansubligi, firmaning nufuzli aksiyadorlari, paychilari, mazkur faoliyat turi uchun litsenziya, mazkur faoliyat turlari bo‘yicha boshqa tashkilotlar bilan shartnomalar va kelishuvlar).

9. Iqtisodiy tavakkalchilik. Sug‘urtalash (tavakkalliklar guruhlari
ro‘yxati, ular manbalari va vujudga kelishi ehtimoli yuqori bo‘lgan davrlar, loyihaning iqtisodiy qaltisligiga baho berish, tavakkalliklardan sug‘urtalash dasturi, sug‘urta polislari nusxalari va h.k.).
10. Moliyalashtirish strategiyasi (loyihani amalga oshirish uchun
moliyaviy mablag‘lar va ularning manbalari, kredit va aksiyadorlik kapitali ko‘rinishidagi mablag‘lar ulushi, kredit olish shartlari, moliyaviy
mablag‘larni kiritishning iqtisodiy rentabelligi, loyihaga kiritilgan
mablag‘larni qaytarish muddatlari, kutilmagan xarajatlarni qoplashga
mo‘ljallangan moliyaviy mablag‘lar zaxirasi va h.k.);
11. Moliyaviy reja (loyihani amalga oshirish natijasidagi tovarlar va xizmatlarni sotish hajmlari, loyihani amalga oshirish uchun yillar bo‘yicha kapital xarajatlari va ular qamraydigan xususiy mablag‘lari, uzoq muddatli va qisqa muddatli kreditlar, tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish hamda sotish bo‘yicha joriy daromadlar va xarajatlar balansi va h.k.).
Keyin ilovalar (dastlabki ma’lumotlar olingan hujjatlar, shartnomalar, litsenziyalar va h.k. nusxalari) keladi va xulosa beriladi.
Tuzib chiqilgan innovatsion loyiha firma uchun innovatsion faoliyatning istiqbolli yo‘nalishini aks ettirib va ko‘rsatibgina qolmasdan, balki ushbu loyihaga pul ajratish kerakmi-yo‘qmi? bu loyiha qanday daromad keltiradi, hamma xarajatlar va unga ketgan kuch o‘zini qachon oqlaydi? kabi savollarga ham javob berishi lozim.
SHunday qilib, innovatsion loyihani ishlab chiqish yo‘nalishini tanlash va uni asoslash firmaning muhim strategik vazifalaridan biri bo‘lib, u yoki bu yangilikni joriy etish qanday foyda keltirishini, shuningdek, firmaning samarali faoliyatining eng asosiy mezoni bo‘lib nima xizmat qilishini isbotlab berishi lozim.
Innovatsion loyihalarni puxta hamda har tomonlama tahlil qilish va tanlash portfel tarkibini maqbullashtirish imkonini beradi. Echimni ishlab chiqish uchun yagona algoritm yo‘q. Har bir alohida holda o‘zining mezonlar guruhi ustunlik qilishi mumkin. SHundan kelib chiqib, innovatsion loyihalarni tahlil qilish tizimi qo‘llanilayotgan usullarning ko‘pligi bilan ajralib turadi: bu moliyaviy, investitsion va texnik-iqtisodiy tahlil usullari, matematik-statistik modellari, ekspert baholari tizimi, ilmiy-texnik daraja va mahsulot sifati tahlili usuli.
Ta’kidlash joizki, innovatsion loyihalarni tahlil qilish va tanlash turli texnik echimlar hamda moliyaviy-iqtisodiy omillarni hisobga olib yangilik hayotiy siklining barcha bosqichlarida xarajatlarni bashoratlash imkonini beradigan usullar va uslublar jamlanmasi asosida olib boriladi. Har qanday loyiha (dastur) quyidagi holatlardan ko‘rilishi mumkin:
a) texnik, bunda texnik-texnologik alternativlar; dasturning miqdori (ko‘lami, hajmi); uni amalga oshirish muddatlari, moliyaviy, mehnat va moddiy-texnik manbalarning ochiqligi va etarliligi; dastur natijalarini amalga oshirish uchun bozor sig‘imi; kutilmagan omillarni hisobga olgan holda dasturga sarf-xarajatlar; dastur bo‘yicha ishlarni bajarish jadvali o‘rganiladi va tahlil qilinadi;
b) kommersiya, u marketingni, resurslar manbalari va ularni olish
shartlari, dastur bo‘yicha ishlarni bajarish shartlari va natijalarni amalga oshirishni tahlil qilishni ko‘zda tutadi;
v) ekologik, u loyihani tahil qilishda alohida o‘ringa ega, chunki inson faoliyati bilan atrof-muhit o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar etarlicha o‘rganilmagan.
Innovatsion loyihani ekologik tahlil qilish vazifasi - atrof-muhitga etkazilishi mumkin bo‘lgan zararni aniqlash va uni kamaytirish yoki oldini olish choralarini belgilash;
g) tashkiliy tahlil, uning maqsadi - loyihani amalga oshirish doirasida tashkiliy, huquqiy va ma’muriy vaziyatga baho berish hamda ushbu faoliyat sohasida zarur tavsiyalarni ishlab chiqish.



Download 312.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling