8.3 Innovatsiyalarni rivojlanshinida axborotlarning o‘rni.
Ma’lumki, hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida turli kompyuterli o‘yinlar tashkil etilgan bo‘lib, bu ko‘p hollarda talaba-yoshlarning ta’lim va tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bunday hollarning oldini olish maqsadida oliy ta’lim muassasalarida turli fan to‘garaklari, texnik ijodkorlik markazlari, Internet klublari tashkil etilishi va ular zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalari va texnik vositalar hamda kompyuterlar bilan jihozlanishi kerak. Zero, talabalarning bilim saviyasi va axborot-kommunikatsion madaniyati qanchalik yuqori bo‘lsa, ularda kasbiy malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish shunchalik oson kechadi.
SHunday qilib, axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida talabalarning, ya’ni bo‘lajak iqtisodchi mutaxassislarning fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, kasbiy malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha hamda iqtisodiy ta’lim samaradorligini ta’minlovchi quyidagi uslubiy tavsiyalarni amaliyotga joriy etish maqsadga muvofiqdir:
– talabalarning axborot madaniyatini shakllantirishda axborot-kommunikatsion texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish;
– turli fan va kompyuter to‘garaklari, Internet klublarida bo‘lajak iqtisodchi mutaxassislarda kasbiy sifatlarni shakllantirishga alohida e’tibor berish;
– talabalarning axborot-kommunikatsion texnologiyalari bo‘yicha mustaqil ishlarini tashkil etishlaridan unumli foydalanish;
– tegishli o‘quv fanlarini o‘rganishda predmetlararo bog‘liqlik va aloqadorlikni ta’minlash;
– talabalarning kasbiy amaliy faoliyatini takomillashtirish;
– zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish, innovatsion ta’limni yo‘lga qo‘yish va h.k.
8.4 Innovatsion loyihalarni axborot manbalari.
Insoniyat ishlab chiqarish jarayonida tartibsiz mexanik operatsiyalardan tartibli boshqaruv operatsiyalari tomon jadal xarakatlanmoqda. Elektron ofislar har xil axborotlashtirish vositalari bilan ta’minlangan. Insonning ish joyi o‘zgarmoqda.
Ma’lumotlarning elektron shakli xayotning barcha jabxalarida inson faoliyati xarakterini o‘zgartirmoqda.
Axborot texnologiyasi va uning apparat dasturiy ta’minotining rivojlanishi, ofisda ish urinlarining evolyusion va informatsion tuyinishiga sharoit yaratadi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda axborot infratuzilmasi jadalllik bilan o‘sib borayapti. Hozirda axborot koomunikatsiyalarida mutlaq telefon, uyali aloqa, internet, shu sohada faoliyat yurituvchi kompaniyalar faoliyati takomillashib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |