Fanning o‘quv uslubiy majmuasi o‘quv, ishchi o‘quv rejaga muvofiq ishlab chiqildi


Tashkilotning innovatsion salohiyatini aniqlash


Download 312.46 Kb.
bet42/61
Sana11.05.2023
Hajmi312.46 Kb.
#1453897
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   61
Bog'liq
иннов икт маърузалар (3)

12.4. Tashkilotning innovatsion salohiyatini aniqlash.
Firma va korxonalar tashqi muxitning doimo o‘zgarib turishi innovatsion jarayonni amalga oshirish orqali tartibga solish zaruriyatini tug‘diradi.
Zamonaviy innovatsion jarayonlar o‘ta murakkabdir va ularning rivojlanish qonuniyatlarini tahlil qilishda mutaxassislar zarur. Innovatsion menedjerlar-yangiliklarning turli tashkiliy - iqtisodiy tomonlari bilan shugullanuvchi va o‘z faoliyati orqali korxonada innovatsion jarayonlarni tezlashtirish va kengaytirishdir. Innovatsion menejment va loyixalarni boshqarish taxlili fanini o‘qitishdan maqsad korxonalarning bozordagi mavqeini mustaxkamlash maqsadida innovatsion loyixalarni ishlab chiqish, taxlil qilish va joriy etish borasidagi talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini oshirishdir.
Innovatsion jarayonni tashkil etish so‘zning keng ma’nosida ilmiy - ishlab chiqarish siklini tashkil etishini, tashkilotlar ixtisoslashuvi va javobgarligini tashkil etishi, ularning hajmi, joylashuvi, ishlar bajarilishi izchilligi va tartibini o‘rnatilishi, personal mehnatini va boshqaruvni tashkil etishni o‘z ichiga oladi.
Mahsulotlarni, texnik jarayonlar, ular raqobatbardoshligini yangilash yuqori templari va samaradorligi innovatsion mexanizm tashkiliy-tarkibiy qismlari bilan ko‘p jihatdan aniqlanadi. Bunda innovatsiyalar yaratish va o‘zlashtirish bo‘yicha asosiy ishlar qaratilgan tashkilotlar tarmoq ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik institutlari, tajriba va maxsus konstruktorlik byurolari, konstruktorlik byurolari va korxona bo‘limlari, aksionerlik jamiyatlari alohida rol o‘ynaydi. Umumiy ko‘rinishda ilmiy va ilmiy-texnik tashkilotlarni quyidagi tarzada tasniflash mumkin:

  • Ilmiy-tadqiqot institutlari (ITI);

  • Konstruktorlik byurolari (KB);

  • Loyiha-texnologik institutlari (LTI);

  • Loyiha-konstruktorlik institutlari (LKI);

  • Davlat loyiha institutlari (DLI).

Bunda ilmiy (ilmiy-texnik) tashkilot ostida asosiy maqsadi ilmiy izlanishlar o‘tkazish bo‘lgan ixtisoslashtirilgan va alohida ajralgan xo‘jalik mustaqil muassasani tushunish kerak. Ilmiy tashkilotlarga bozorning innovatsiyalarga ehtiyojini va davlat manfaatlarini hisobga olgan holda tuzilgan ilmiy ishlar rejasi, izlanishlar o‘tkazishning moliya manbalariga ega, ushbu reja asosida ma’lum bilim va fan sohasida doimiy ilmiy izlanishlar olib boruvchi tashkilotlar kiradi.
YAngi ilmiy-texnik tashkilotlarni tuzish va faoliyat ko‘rsatayotganlarini tashkillashtirish bo‘yicha to‘g‘ri qarorlar qabul qilish uchun ularni tasniflash zarur. Ular quyidagi belgilar bo‘yicha tasniflanishi mumkin:

  • Ish mazmuni bo‘yicha - fundamental va amaliy tadqiqotlar uchun ITI;

  • Eksperimental - tadqiqot ishlariga ixtisoslashtirilgan LKI;

  • Ilmiy-texnik axborot institutlari;

  • Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqot institutlari;

  • Ish qo‘lamlari bo‘yicha - xalkaro, tarmoqaro, tarmoq, quyitarmoq. Respublika, regional (hududiy);

  • «Fan ishlab chiqarish» jarayoni kamrab olinish darajasi bo‘yicha - ilmiy, ilmiy-texnik, texnik, ilmiy-ishlab chiqarish;

  • Ixtisoslashtirish darajasi ixtisos bo‘yicha - ilmiy-tadqiqot institutlari, loyiha-konstruktorlik va texnologik tor va keng yo‘nalishli tashkilotlar;

  • YUridik va tezkor - xo‘jalik mustaqilligi djarajasi bo‘yicha - yuridik shaxs huquqiga ega va ega bo‘lmagan tashkilotlar;

  • Oxirgi mahsulot harakteri bo‘yicha - ilmiy bilimlarni kengaytiruvchi tashkilotlar. YAngi mahsulot turlarini yaratuvchi, texnologik jarayonlarni ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etish shakllari va uslublarini ishlab chiquvchi tashkilotlar.

Innovatsion faoliyat tashkiliy shakllari va ularning yoyilganligi ko‘p jihatdan tarmoq va regional xususiyatlarga bog‘liq. YUqorida keltirilgan tasnifda keltirilgan tarmoqdagi ilmiy-texnik ishlanmalarning tashkil etilish shakllarining turli-tumanligi to‘g‘risida mashina qurilishi misolida tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Mashina qurilishi sanoatning eng keng tarmoqli mamlakat ko‘lamida eng ilg‘or, fanga yaqin sohasi.
Mashina qurilishida ilmiy-texnik (innovatsion) ishlanmalar asosan 7 tashkilot shakllarda amalga oshiriladi.
Ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik institutlri (ITLKI)
Ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari (IIB);
Mustaqil-konstruktorlik byurolari (MKB);
Korxonalar birlashmalari qoshidagi konstruktorlik byurolari. Bunda KB nafaqat ishlab chiqarish bilan, balki ko‘p hollarda ular xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar bilan xududiy bog‘langan;
Tor va keng yo‘nalishli ilmiy-tadqiqot va loyiha-texnologik institutlari;
Ishlab-chiqarish, texnik-iqtisodiy izlanishlar va ma’lumotni tashkil etish (ITI);
Davlat loyiha institutlari (DLI).
Bu innovatsion ishlanmalar tashkiliy aqllari vazifasi, hal etiluvchi masalalar ko‘lami, alohida bajariluvchi ishlar turi va ularning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha farq qiladi. (3.1.-jadval).
Bunday taqsimot bir mahsulot turining MKBda, ikkinchisi ITI, uchinchisining KKB yaratilishini anglatmaydi.
Bunda shakllar ko‘pligi, ular o‘rtasida mehnatning keng taqsimoti mavjud. SHunday, masalan, aviayuritma qurilishda yuritmaning yangi konstruksiyasini MKB ishlab chiqiladi, u o‘z tajriba-eksperemental bazasiga ega bo‘lib, tajriba namunasini tayyorlab oxirigacha etkaza oladi, zavod BKB esa bu loyihalarni bevosita ishlab chiqarishga joriy etish va ularning qisman takomillashtirish ustida ish olib boradi.
Dastgohsozlik va elektrotexnika innovatsiyalar ITI, MKB, BKBlarida ishlab chiqiladi, ya’ni ilmiy-texnik ishlanmalarni tashkil etiilgan hamma asosiy shakllari ishlaydi.

Download 312.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling