Fanning o‘quv uslubiy majmuasi o‘quv, ishchi o‘quv rejaga muvofiq ishlab chiqildi
Innovatsiyalar davri. Radikal innovatsiyalar
Download 312.46 Kb.
|
иннов икт маърузалар (3)
13.3. Innovatsiyalar davri. Radikal innovatsiyalar
Innovatsiya bu – har qanday faoliyat sohasida kiritiluvchi ilmiy yangiliklardir (ilmiy kashfiyotlar, nou-xau, ilmiy ixtirolar va hokazo), xususan: fan-texnika sohasida bu ilmiy-texnik innovatsiyalar – kompyuter, lazer, mikroto‘lqinli yarimo‘tkazgich texnologiyalari, elektron pochta, uyali aloqa va Internet global tarmoqlari ishini ta’minlovchi integratsiyalangan aloqa liniyalari va sun’iy yo‘ldosh aloqasi, robot texnikasi; energetika sohasida - atom energetikasi, sintetik yoqilg‘i va oziq-ovqat mahsulotlari olish; tibbiyot sohasida - gen muhandisligi (DNK). Mehnat, kapital, tabiiy resurslar va tadbirkorlik kabi sanoat ishlab chiqarishidagi muhim omillar qatorida yana bir omil - innovatsion resurs paydo bo‘lgan. Biroq bunda ilmiy-texnik loyihalarni tijoratlashtirish, ya’ni ulardan bozor raqobati sharoitlarida foyda olish maqsadida foydalanish borasida ayrim muammolar mavjud. Ko‘p sonli empirik ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, iqtisodiy o‘sishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi texnik taraqqiyot hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida kichik biznes va tadbirkorlik innovatsion jarayonda markaziy rol o‘ynaydi, innovatsiyalar esa texnik taraqqiyot sur’ati yuqori bo‘lgan tarmoqlarda asosiy raqobat quroli hisoblanadi. Bu kuzatuvlar yangi emas. Adam Smit o‘zining «Xalqlar boyliklari» asarida texnik taraqqiyot va iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlovchi institutlarga alohida e’tibor qaratgan. XX asrning birinchi yarmi iqtisodchilari orasida Yozef Aloiz SHumpeter (1883-1950) alohida o‘rin egallaydi. Uning zamonaviy iqtisodiy fikrlashga ko‘rsatgan ta’siri neoklassik maktab vakillari ta’siridan kam emas. Aynan shu olim innovatsiyalarni olg‘a suruvchi va unda normal darajadan katta bo‘lgan daromadning asosiy manbasi bo‘luvchi raqobat mexanizmini tavsiflab bergan. Innovatsiyalar yoki «yangi kombinatsiyalarni amalga oshirish» tushunchasiga SHumpeter tashkilot, mahsulot yoki ishlab chiqarish jarayonini doimiy takomillashtirish yo‘li bilan olinuvchi strategik afzallik va yutuqlarni kiritgan. U quyidagi besh holatni ko‘rsatib o‘tgan: 1) yangi ne’mat tayyorlash; 2) ishlab chiqarishning yangi usulini joriy qilish; 3) yangi sotuv bozorini o‘zlashtirish; 4) xomashyo yoki yarim tayyor mahsulotlar yangi manbasiga ega bo‘lish; Download 312.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling