Fanning o‘quv uslubiy majmuasi o‘quv, ishchi o‘quv rejaga muvofiq ishlab chiqildi
Innovatsiyaon mahsulotlarning raqobatbardoshlik ustunligi
Download 312.46 Kb.
|
иннов икт маърузалар (3)
12.2 Innovatsiyaon mahsulotlarning raqobatbardoshlik ustunligi.
Keng miqyosdagi loyiha va dasturlar haqida gapirishdan avval tadbirkorlarga mahalliy va xorijiy olimlar va laboratoriyalarning texnologik loyihalaridan foydalanishning yutuqlarini ko‘rsatish, ularni sinov va tajribalar yo‘li bilan yangi texnologiya va mahsulotlarni rivojlantirish, o‘z biznesining sifati va raqobatbardoshligini oshirishga o‘rgatish zarur. Bu ishda davlat, assotsiatsiyalar va ilmiy-ishlab chiqarish tarmoqlari tomonidan kadrlar, axborot va maslahat ko‘magi ko‘rsatish, ommavish joriy qilish uchun moliyaviy resurslar izlab topishga yordamlashish katta foyda bergan bo‘lar edi. SHuningdek, moliya-kredit va soliq imtiyozlaridan foydalanish ham katta samara beradi. SHunday qilib, biznes asta-sekinlik bilan o‘z innovatsion fikrlashini rivojlantirib boradi. Innovatsiyalarga moliyaviy yordam ko‘rsatish, agar tadbirkorlardan «Nima uchun yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishga shoshilmaysiz?» deb so‘ralsa, ulardan deyarli har biri «Agar soliqlar kamroq, kreditlar arzonroq bo‘lib, import bojlari unchalik bo‘g‘maganda edi, innovatsiyalarni joriy qilish haqida o‘ylab ko‘rish va hatto buni amalga oshirishga kirishish ham mumkin bo‘lar edi» deb javob berar edi. Quloqqa qanchalik erish tuyulmasin, lekin bu bor haqiqat. Tadbirkor kerakli axborot va intellektual resurslarga ega bo‘lgan va qaysi innovatsiyani ishlab chiqish yokm ishlab chiqarishga tatbiq etish lozimligini bilgan taqdirda ham u moliyalashtirish muammosiga duch keladi. Bu muammoni uchta tarkibiy qismga ajratish mumkin: korxonaning o‘z mablag‘lari etishmasligi, banklarning kredit resurslariga ega bo‘lishning qiyinligi hamda innovatsion jarayonlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining mukamma emasligi. Mamlakat bozorining xorijiy tovarlar uchun ochiqligi sharoitlarida mamlakat iqtisodiyotining muvaffaqiyatlarini raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish holati belgilab beradi. Mamlakatimz boy bo‘lgan neft va boshqa tabiiy resurslarga hali uzoq vaqt davomida talab katta bo‘ladi. Xalqaro mehnat taqsimotida mamlakat xomashyo sub’ekti o‘rnini egallab, tabiiy resurslarni ekspluatatsiya qilish mahsulini jahon bozoridagi iste’mol va investitsion tovarlarga aylmashtirish mumkin edtii. Biroq bunday holat bir qator sabablarga ko‘ra mamlakatni qoniqtirmaydi. Avvalo, shuni e’tiborga olish kerakki, mamlakat mehnatga layoqatli aholisining katta qismi qayta ishlash sanoatida mehnat qiladi. Xomashyo va qayta ishlash sanoati markazlari geografiyasi esa shunday joylashganki, bu aholi bandligini ko‘ngildagi darajada ta’minlashga imkon bermaydi. SHu sababdan asosan iqtisodiyotning xomashyo sektorini rivojlantirishga o‘nalish mamlakatni nafaqat siyosiy-iqtisodiy jihatdan, balki ijtimoiy va psixologik jihatdan ham qoniqtirmaydi. Download 312.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling