Fanning o’zlashtirish darajasini nazorati va baholash


Fan bo’yicha o’quvchilar bilimini baholash mezoni


Download 27.87 Kb.
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi27.87 Kb.
#1513834
1   2   3   4   5
Bog'liq
BAHOLASH MEZONLARI

Fan bo’yicha o’quvchilar bilimini baholash mezoni
Reyting tizimining maqsad va vazifalari

1. Reyting tizimining maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:


a) akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o'quvchilarida Davlat ta'lim
Standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko'nikma va malakalari saviyasini
shakllanganligi darajasini nazorat qilish;
b) o'quvchilar bilimi, ko'nikma va malakalarini baholashning asosiy
oyillari: Davlat ta'lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik,
ishonchlilik va qulay shaklda baholashni ta'minlash;
v) o'quvchilar bilimi, ko'nikma va malakalari darajalarini taqqoslash va ta'lim
jarayonida o'zaro musobaqa muhitini yaratish;
g) o'quvchilarning fanlar bo'yicha kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini
taminlash;
d) o'quvchilarning har bir fan va amaliyot turlari bo'yicha o'zlashtirish darajalarini aniqlash;
y) o'quvchilarda bilim, ko'nikma va malakalari saviyasini shakllanish sur'atini
muntazam ravishda tahlil qilib borish.


Reyting tizimining asosiy tamoyillari va nazorat turlari

2. O'quvchilarning bilim saviyasi va o'zlashtirish darajasining Davlat ta'lim


standartlariga muvofiqligini ta'minlash uchun quyidagi nazorat tartibotlarini o'tkazish nazarda tutiladi:


JORIY NAZORAT— so'rovlar, kollokviumlar, seminarlar, yozma ishlar (diktant, bayon, insho) va testlar tarzida bilimlar, malaka va ko'nikmalar tekshiriladi


ORALIQ NAZORAT — o'quv dasturining tegishli bo'limi tugallangandan keyin amalga oshiriladi. Uning asosida o'quvchi reytinggi aniqlanadi. Bilimlar, malaka va ko'nikmalarni baholash uchun oraliq nazorat imtihonlar, testlar, sinovlar, kurs va malaka ishlari shaklida o'tkaziladi;


YAKUNIY NAZORAT— semestr tamom bo'lganda, o`qish tugallangandan keyin davlat attestatsiyasi: imtihonlar, testlar, malaka ishlari, diplom loyihalarini himoya qilish shaklida amalga oshiriladi.
Fan tugallanishida yakuniy nazorat test usulida o'tkaziladi. Boshqa hollarda yakuniy nazoratning o'tkazilish tartibi, shakli ta'lim muassasasining ilmiy-pedagogik kengashi tomonidan belgilanadi.
Har bir kursda o'qish tugagandan keyin reyting nazorati natijalariga ko`ra o'quvchilarni keyingi kursga o'tkazish to'g'risida belgilangan tartibda qaror qilinadi.

3.Reyting tizimini joriy qilishda quyidagi asosiy tamoyillar bajarilishi zarur:



  1. har bir fan bo'yicha tegishli kafedralar tomonidan ma'qullangan variantlar asosida boshlang'ich nazorat o'tkaziladi. Boshlang'ich nazorat reyting monitoringi va tahlil guruhi tomonidan o'tkaziladi;

  2. o'quv dasturining mantiqan tugallangan bo'limi bo'yicha o'quvchi albatta baholanadi va natijasi o'tish balidan (3 ball) past bo'lganda qayta nazorat belgilanadi. Ushbu bo'limlarni tegishli kafedralar aniqlaydi;

v) yakuniy nazorat kafedralar tomonidan tuzilgan variantlar asosida reyting monitoringi va tahlili guruhi kuzatuvi ostida o'tkaziladi.

4. Semestr mobaynida o'quv yuklamasi 24 soatdan kam bo'lgan fanlarda


oraliq nazorat o'tkazilmaydi.



Download 27.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling