Fanning o’zlashtirish darajasini nazorati va baholash
Download 27.87 Kb.
|
BAHOLASH MEZONLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Joriy baholash mezonlari A’lo bahoga
FANNING O’ZLASHTIRISH DARAJASINI NAZORATI VA BAHOLASH O’quvchining fan bo’yicha o’zlashtirishini baholash muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi. Joriy nazorat (JN) Oraliq nazorat (ON) Yakuniy nazorat (YaN) Joriy nazorat - o’quvchining fan mavzulari bo’yicha bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda, seminar, laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarda og’zaki so’rov, test o’tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollokvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o’tkazilishi mumkin Oraliq nazorat – semestr davomida o’quv dasturining tegishli (fanning bir necha mavzularini o’z ichiga olgan) bo’limi tugallangandan keyin o’quvchining bilim va amaliy ko’nikma darajasini anglash va baholash usuli. Oraliq nazoratning soni (bir semestrda ikki martadan ko’p o’tkazmasligi lozim) va shakli (yozma, og’zaki, test va h.k.) o’quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Oraliq nazoratni o’tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida davriy ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari bizilgan hollarda, oraliq nazorat natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda oraliq nazorat qayta o’tkaziladi. Yakuniy nazorat – semester yakunida muayyan fan bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni o’quvchilar tomonidan o’zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan test shaklida o’tkaziladi. Ta’lim yo’nalishi va mutaxassisliklari ayrim fanlarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda fakul’tet kengashi qarori asosida ko’pi bilan 40 % fanlardan yakuniy nazoratlar boshqa shakllarda (o’g’zaki, test va h.k.) o’tkazilishi mumkin. O’quvchilar bilimini baholash quyidagi na’munaviy mezonlar asosida amalgam oshiriladi. Joriy baholash mezonlari A’lo bahoga: bajargan ishining nazariy va amaliy ahamiyatini, maqsadi va vazifasini atroflicha tushungan bo’lsa; vazifani mustaqil ijodiy yondashib bajara olsa; voqea-hodisalar tafsilotlarini, chegaralarini buzmay to’g’ri tasvirlasa; voqea-hodisalarni o’zgarib borish, rivojlanish qonuniyatlarini ilmiy va mantiqiy to’g’ri talqin etsa; ishni belgilangan muddatda va puxta tayyorlab topshirsa. Download 27.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling