Fanning o’zlashtirish darajasini nazorati va baholash


Reyting monitoringi va tahlil guruhi


Download 27.87 Kb.
bet5/5
Sana16.06.2023
Hajmi27.87 Kb.
#1513834
1   2   3   4   5
Bog'liq
BAHOLASH MEZONLARI

Reyting monitoringi va tahlil guruhi
11. Ta'lim muassasalarida reyting tizimini to'laqonli joriy etish, o`qituvchiga uslubiy yordam ko'rsatish, reyting natijalarini doimiy ravishda tahlil qilib borish maqsadida uslubchi, elektron hisoblash mashinasi operatori, kafedra mudirlari, psixolog va boshqa tajribali o'qituvchilardan iborat reyting monitoringi va tahlil guruhi tuziladi. Unga direktorning o'quv ishlari bo'yicha o'rinbosari rahbarlik qiladi
12. Reyting monitoringi va tahlil guruhi o'z faoliyatini mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.

T/r

Baholash mezoni

Baho

1.

Olgan bilimlarini dars jarayonida va testlar ishlashda qo‘llay oladigan, ushbu fanni boshqa fanlar bilan bog‘lay oladigan, mustaqil ish va vazifalarni to‘liq bajargan va yangilik kiritishga intilgan, har jihatdan boshqa o‘quvchilarga o‘rnak bo‘ladigan.

5

2.

O’quv adabiyotlardan foydalana oladigan, olgan bilimlarini tushuntirib bera oladigan va amaliyotga qo’llay oladigan, mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega.

4

3.

Darslarda 95% gacha qatnashgan, o‘quv qurollari to‘liq bo‘lgan, adabiyotlardan foydalanishni bilgan

3

4.

Ta’lim standartlarida belgilangan bilim va ko‘nikmalarni 55% dan kam o‘zlashtirgan o’quvchilar

2



Izoh: o‘quv dasturining mantiqan tugallangan bo‘limi bo‘yicha o‘quvcha albatta baholanadi va natijasi o‘tish balidan (3 ball) past bo‘lganda qayta nazorat belgilanadi.
Download 27.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling