Fanning predmeti, vazifalari va ilmiy asoslari
Darsni nazoratlash va tahlil qilish metodikasi
Download 0.63 Mb.
|
Maxsus fan 43 javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tahlil qilish metodikasi.
- 19.Maxsus fanlarni o`qitishni sifatini nazoratlash metodlari.
18.Darsni nazoratlash va tahlil qilish metodikasi
Nazoratning asosiy didaktik funksiyasi o ‘qituvchi va o'quvchi, talaba o'rtasida qaytuvchan aloqani o‘rnatish, o'quvchi, talabalar tomonidan o'quv materialini o'zlashtirish darajasi to'g'risida xolisona axborotga ega bo'lish va ular bilimi, ko'nikmalaridagi kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf qilish uchun chora-tadbirlar ko'rishdir. Tahlil qilish metodikasi. Talabalami faollashtirish, bilimini oshirish maqsadida qo‘llaniladigan metodlardan yana biri dars jarayonida foydalaniladigan jadvallar va grafiklarni semantik manosini ifodalovchi tahlil qilish metodidir. Tahlil qilish. Bu — voqyea-hodisalarni bo'laklarga bo'lish, ular o'rtasida m antiqiy aloqalarni aniqlashni talab etadi. Tahlil qilish (analiz) iqtisodiy voqyelik, jarayonlarni, u yoki bu shaklda induksiya yoki deduksiya uslubini qo'llashga tayanadi. Metodik tahlil - O’qituvchining dars jarayonida qo’llagan metodlarining maqsadga muvofiq ekanligi ta’limning turiga va uning o’ziga xos hususiyatlariga qarab belgilanadi. Dars metodlarini tahlil qilishda quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir: 1. Dars jarayonida o„qituvchining foydalangan metodlari - hikoya metodi; - og`zaki bayon metodi; - suhbat metodi; - aqliy hujum; - kichik guruhlarda ishlash; - munozara; - rolli oyinlar; - muommali vaziyat; - klaster metodi va boshqalar. 19.Maxsus fanlarni o`qitishni sifatini nazoratlash metodlari. O‘qitish sifatini nazorat qilish — talaba bilim saviyasini rejalashtirish va uning o ‘quv dasturini o‘zlashtirish darajasini aniqlash Nazoratning asosiy didaktik funksiyasi o ‘qituvchi va o'quvchi, talaba o'rtasida qaytuvchan aloqani o‘rnatish, o'quvchi, talabalar tomonidan o'quv materialini o'zlashtirish darajasi to'g'risida xolisona axborotga ega bo'lish va ular bilimi, ko'nikmalaridagi kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf qilish uchun chora-tadbirlar ko'rishdir. Nazorat ta’lim-tarbiya jarayonining ajralmas qismi bo'lib, qator funksiyalarni bajaradi: 1. Tashhislovchi funksiyasi. O'quvchi, talabalaming xislat, fazilatlari, o'quv va ijtimoiy faoliyatining turli jihatlari aniqlanadi. Ilmiy asoslangan axborot olinadi. Tashhislashdan maqsad kadrlar tayyolash sifatini boshqarishdir. 2. O'qituvchi-o'rgatuvchi funksiyasi. Talabalaming o'zlashtirishiga ta’sir ko'rsatadi, ulaming faolligini oshiradi. O'quv faoliyatini maqsadga muvofiq tashkil qilish, o'qishga ijodiy m unosabatda bo'lish, ijobiy fazilatlarini namoyon qilish va uni rivojlantirishga undaydi. 3. Tarbiyalovchi funksiyasi. O'quvchi, talabalaming salbiy tomonlarini minimallashtirish uchun muhit yaratiladi. 4. Rivojlantimvchi funksiyasi. O'quvchi, talabalaming ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ko'nikma, malakalarini tashhislash orqali o'zgartirishlar kiritish, dunyoqarashining kengayishi, ijtimoiy tajribasini ortishida o'z aksini topadi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling