Yangi mavzuning bayoni
3-ilova
Tayanch iboralar: Microsoft Office dasturlar paketi, matn muharririlari, Word matn muharriri,
menyu satri, instrumentlar katori, standart instrumentlar katori, formatlash instrumentlar katori,
jadval va uning chegaralari paneli, aktiv klavishlar
Microsoft Word matn muharriri WINDOWS operatsion tizimida ishlashga mo’ljallangan amaliy
dasturlardan biri. Uni ishga tushirish uchun biz Pusk menyusiga kirib Programm bo’limni
tanlaymiz va shu bo’limda Microsoft Word dasturni tanlaymiz, yoki S: diskdagi Programm
Files ichidagi Microsoft Office papka ichidagi winword.exe faylni ishga tushiramiz. Natijada
dastur ishga tushadi. Dastur ishga tushgach siz ekranda uning oynasini ko’rasiz. Oynaning asosiy
qismlari bu nom satri, menyu satri, yordamchi tugmalar satri, ish sohasi va malumotlar satri.
Nom satrida aktiv bo’lgan dokumentning nomi yoziladi, agar aktiv dokument yangi yaratilgan
bo’lsa u holda uning nomi DOKUMYeNT 1 ko’rinishida bo’ladi.
Nom satri pastida menyu satri joylashgan. U yordamida biz dasturning hamma buyruklari bilan
ishlashimiz mumkin. Shu buyruklar quyidagi guruhlarga ma‘nosi yoki ishlash holati bo’yicha
saralab bulingan: ФАЙЛ, ПРАВКА, ВИД, ВСТАВКА, ФОРМАТ, СЕРВИС, ТАБЛИЦА,
ОКНО, СПРАВКА. Menyu bilan biz keyigi mavzuda yaqinroq tanishimiz.
Menyu satri pastida yordamchi tugmalar satri joylashgan bo’lib, u yordamida biz menyudagi bir
xil amallarni bajarishimiz mumkin. Buning uchun biz kerakli tugmaga sichqoncha bilan
ko’rsatib, sichqonchaning ung tugmasini bosamiz. Yordamchi tugmalar bajariladigan amallari
bo’yicha guruhlarga bulinadi: СТАНДАРТНАЯ, ФОРМАТИРОВАНИЕ, РИСОВАНИЕ,
ТАБЛИЦИ И ЗАЛИВКА, WORDART, НАСТРОЙКА ИЗОБРАЖЕНИЯ, ФОРМЫ,
ЭЛЕМЕНТЫ УПРАВЛЕНИЯ va boshqa.
Do'stlaringiz bilan baham: |