Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Download 3.78 Mb.
bet117/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

Arterial qon oqishi yarador va kasal uchun og'ir kechadi Burrda qirmizi- qizil qon damba-dam qattiq otihb chiqadi. Arterial qon oqishi, odatda, kuchh bo'ladi va ko‘p qon yo‘qotiladi. Yirik arteriyalar, aorta shikastlanganda bir necha daqiqa ichida hayotga tahdid soladigan darajada ko‘p qon yo qothib, yarador o‘ladi.
Venoz qon oqishi venalar shikastlanganda paydo bo'ladi. Venalarda bosim arteriyalardagiga qaraganda ancha past, shuning uchun qon sekinroq, bir maromda, to'xtovsiz oqadi. Bunda qon to‘q olcha rangida bo'ladi. Kamdan kam hollarda hayot uchun xavfli bo ladi. Bo'yin va ko'krak qafasi venalari yaralanganda o iim xavfi vujudga keladi. Bo'yin va ko‘krak qafasi venalarida nafas olish vaqtida manfiy bosim paydo bo'ladi. Venalar yaralanganda, chuqur nafas olish paytida ichiga havo kirishi mumkin. Havo pufakchalari qon oqimi bilan yurakka kirib, yurak yoki qon tomirlarini bekitib qo yishi havo emboliyasi yuz berishi va tezda o'limga olib kelishi mumkin.
Kapillar qon oqishi ko'pincha aralash bo'lib, mayda arteriya va vena tomirlari shikastlanganda ro‘y berishi mumkin. Bunday qon oqishi terining yuza qismiga tig‘ tekkanda, shilinishda kuzatiladi. Qon ivishi normal bo‘lganda kapillar qon oqishi to'xtaydi.
Parenximatoz qon oqishi parenximatoz a’zolar, jigar, taloq, buyrak, o'pka shikastlanganda kuzatiladi. Tomirlar organlar to qimasi ichida boTganidan va puchaymasligidan qon oqishi deyarfi hech qachon o'zicha to'xtamaydi.
Qonning shikastlangan tomirdan qayerga oqishiga qarab, ichki va tashqi qon oqishi farq qflinadi.
Tashqi qon oqishi qonning teridagi jarohati orqali tashqariga chiqishi bilan xarakterlanadi. Ichki qon ketishda qon biror bo‘shliqqa (qorin bo'shlig'i, plevra bo'shlig'iga) tushadi. Tashqi muhit bflan tutashadigan kovak organ bo‘shlig‘iga (me’da, ichak, qovoq, traxeyaga) qon quyilishi tashqi yashirin qon oqishi deyiladi. Qonning to‘qimalararo bo'shliqlarga (mushaklarga, yog‘ kletchatkasiga) oqishi gematomani hosil qiladi.
Qon ketishi paydo bo‘lishi davriga qarab 3 ga bo‘linadi:
a) birlamchi qon ketishi — shikastlangandan so'ng danov qon tomirla- ridan qon oqishi holati bilan belgilanadi;
b) ikkilamchi erta qon ketishi — bir necha soatlardan ikki sutkagacha bo'lgan davmi o‘z ichiga oladi. Odatda, shu davr orasida jarohatga infeksiya tushgan, lekin yiringli jarayon boshlanmagan bo’ladi .
Ikkilamchi qon ketishi d) kechki ikkilamchi qon ketishi — jarohatda infeksiya ta’sirida yiringli jarayon avj olishiga to'g'ri kelib, odatda, 2 kundan so'ng paydo boladi. Ikkilamchi qon ketishining sabablari: birinchi tibbiy yordamning ehtiyotsizlik bilan berilishi, yomon immobilizatsiya, jarohatlangan shaxsning evakuatsiya paytida transportda silkinishi, jarohatda yiringlash yuzaga kelishi, birinchi jarrohlik tozalashda, operatsiya paytida qon tomiri yaxshi bog'lanmaganligi yoki qon ketishi yetarli to'xtatilmaganligida kuzatihshi murnkin.
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling