Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Suyak sinishi to‘g‘risida tushuncha va uning belgilari


Download 3.78 Mb.
bet120/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

Suyak sinishi to‘g‘risida tushuncha va uning belgilari.

Suyaklar sinishi ko‘p uchraydigan shikastlar turiga kiradi. Mexanik ta’sir va patologik o'zgarishlai natijasida suyaklai buzilishi bilan ifodalanadi. Har bir sinishda suyaklaining katta-kichikligidan qat’i nazar, atrofdagi yumshoq to'qimalarga ham jarohat ta’sir qilib, og‘ir oqibatlaiga olib keladi. Suyak sinishining paydo bo‘lish sababiga ko‘ra, travmatik va patologik sinishlar kuzatiladi. Turli shikastlanishlar natijasida travmatik sinishlar yuz beradi. Travmatik sinish suyakka, uning qattiqligini yenguvchi mexanik kuch ta'sir qilishi natijasida kelib chiqadi. Kuchning ta'sir qilish mexanizmiga ko'ra, bunday sinishlar quyidagi tuilarga bo'linadi.
— egilgan;
— buralgan (rotatsiya);
— qisilgan (kompiessiya);
— to'g'ri urilgan (shuningdek, o‘q tegishidan shikastlanish);
— uzilgan sinishlar. Sinishlar ochiq va yopiq bo’ladi.
Yopiq sinish deb, teri butunligi buzilmagan holda ro‘y beruvchi suyak va atrofdagi to'qimalaining
Ochiq sinishlarga jarohat hosil bo'lgan, teri butunligi buzilgan holda ro'y beruvchi shikastlar kiradi. Sinishlar to‘la, to’la bo‘lmagan va suyak yorilishlariga bo'linadi. Suyakning to'la sinishida suyak butunligi to'la buziladi. To‘la bo'lmagan sinishda suyakning bir qismigina zararlanadi. Suyak yorilganda qismlarga ajralmagan zararlanish ro‘y beradi. Sinish yo‘nalishiga qarab, ko‘ndalang, uzun, qiyshiq, vintsimon va parchalangan bo‘ladi. Sinishlarda bitta yoki bir necha suyaklar ko‘p joydan zararlanishi mumkin. Shuni hisobga olib, sinish yagona va ko‘p sonli sinishlarga bo‘linadi. Suyak stnishlari oddiy, asorati, murakkab va kombinatsiyalangan bo'ladi. Qo‘l-oyoq suyaklarida ko‘p uchraydigan sinishlarda singan joy atrofida kuchli og'riq, shish, qon quyilishi, bo‘g‘imdan tashqari buklanuvchi oyoq chiqib qolishi kuzatiladi. Bunda qo'l-oyoqning shu qismda bo'g'imdan tashqari qo'shimcha harakatchanligi kuzatiladi va harakatlanganda suyak siniqlarining o'zaro tegishidan qisirlagan tovush eshitiladi. Ba’zan suyak sinishlarida barcha belgilar ko'zga ko'rinmaydi. Lekin kuchli og'riq va harakatning qiyinligi albatta sezaladi.

Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling