Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Download 3.78 Mb.
bet47/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

А16/6-Mashg’ulot: Askarning dushman o‘t ochish tayyorgarligini boshlaganda, dushman tomonidan yalpi qirg‘in qurollari qo‘llanilganda va dushman hujumga o‘tgandagi harakatlari.


1.Yadro portlashining inson organizmiga ta`siri va uni qurol-aslaxa va jangovar texnikalariga yakson etuvchi omillarining qisqacha xarakteristikasi. -
Qirg‘in qurollari deganda juda katta miqyosda vayronagarchilik va yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan qurollar tushuniladi.
Bunday qurollar qatoriga yadroviy, kimyoviy, biologik nurli va boshqa qurollar kiradi.
Qirg‘in qurollari nafaqat insoniyatni balki atrof muhitni, inshootlarni, kiyim-kechaklarni, moddiy boyliklarni shikaslantiradi. Bunda albatta zararlanish darajasi, qirg‘in qurollarning turiga, xususiyatlariga bog‘liq.
YAdroviyqurolla ta’sir etgan jamiki mavjudotlar, narsalar nurlanib, oldingi holatiga qaytarib bo‘lmaydigan darajaga tushiribni ham jamiki inshootlar, texnikalarni qattiq shikastlantiradi.
Kimyoviy qurollar ta’sir etgan jamiki mavjudotlarda, narsalar zaharlanib, oldingi holatiga qaytarib bo‘lmaydigan darajaga tushib qoladi, ya’ni zaharlanadi.
Biologik qurollar orqali asosan tirik mavjudotlarda kuchli kasallik tarqatish tufayli qo‘yilgan maqsadga erishiladi.
Keyingi paytda NATO armiyasida, Rossiya qurolli kuchlari tarkibida nurli qurollar yaratildiki, bular ham qo‘llanilganda insoniyatga, atrof-muhitga, inshootlarga, harbiy-texnikalarga katta zarar etkazildi.
YAdro qurolini shikastlovchi omillari.
YAdro qurolini shikastlovchi omillari quyidagilardan iborat:
- portlash to‘lqini yoki zarba to‘lqini;
- yorug‘likning nurlanishi;
- yorib kiruvchi radiatsiya;
- joylarni zararlaydigan radioaktiv moddalar;
- elektromagnit impuls.
Zarba to‘lqini tarifi.
3arba (portlash) to‘lqini portlash markazidan hamma tomonga tovush tezligidan ham katta tezliqla tarqaladigan, juda katta bosimda siqilgan havo zonasidan iborat.
Kimyoviy qurol sifatida qo‘llaniladigan zaharlovchi moddalarning toksikologik, taktik va kimyoviy tasniflari keng qo‘llaniladi.

Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling