Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Zaxarli moddalrning hududlarda turg‘unligi


Download 3.78 Mb.
bet50/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

Zaxarli moddalrning hududlarda turg‘unligi.
Zaxarlanish o‘chog‘larida shaxsiy tarkibni harakatlanish qoidalari.
Ommoviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish vaziyatning barcha sharoitlarida to‘liq xajmda tashkil etiladi. U umumiy qirg‘in qurollarining ta’sirini eng yuqori darajada zaiflashtirish. Guruh shaxsiy tarkibining jangovar qobiliyatini saqlash va qo‘yilgan jangovar vazifalarning ular tomonidan muvafaqqiyatli bajarilishini ta’minlash maqsadlarida amalga oshiriladi.
Harbiy qismlarda ommoviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish uchun va shaxsiy tarkibni xavfsizligini ta’minlash maqsadida shaxsiy mumhimoya vositalari va gazniqoblar har bir harbiy xizmatchiga tarqatiladi va biriktiriladi. Bundan tashqari Harbiy qismlarda Ommoviy Qirg‘in Qurollardan himoyalanish bo‘yicha tadbirlar o‘quv yig‘ini boshlanishi oldidan tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Bu borada harbiy xizmatchilarga jangovar tayergarlik mashg‘ulotlarida o‘rgatib takomillashtirib boriladi. Har bir harbiy qismda OQQdan himoyalanish bo‘yicha choralar ko‘riladi va havodagi zararli moddalarni miqdorini ko‘rsatib beradigan maxsus moslamalar o‘rnatilgan.
Individual va jamoaviy himoyalanish vositalari. Tozalovchi - yutuvchi quti (filr- bachok) maxsus yutqichlar va tutunga qarshi filrdan iborat. Havo so‘rilganda chang va tutunlar tutun yutqichida so‘rilib qoladi. zaharli moddalar esa maxsus yutqichlarda so‘rilib qoladi.
Gazniqobning yuza qismi (shlem-maska) 5 o‘lchamli bo‘lib, ko‘rish uchun joy, klapan qutisi va birlashtiruvchi trubkadan iborat.
Klapan qutisida nafasni olish va chiqarish klapanlari mavjud. Birlashtiruvchi trubka yuz qismini tozalovchi quti bilan birlashtiradi.
So‘ngra o‘qituvchi gazniqob yuza qismini qanday o‘lchamlari borligi, kishilarga mos o‘lcham qanday aniqlanishini tushuntiradi.
GP - 5 gaz niqobi umumqo‘shinlar gazniqobi bilan bir xil faqat, tozalovchi quticha biriktiruvchi trubkasiz to‘g‘ri yuz qismiga biriktiriladi.
Respirator R-2 nafas yo‘llarini radiaktiv changlardan saqlashga mo‘ljallangan. U yuza qism (yarim maska) va bosh gang‘ichdan iborat. YUza qismida ikkita nafas olish klapani va bitta nafas chiqarish klapani, shuningdek burunqisqichlar joylashgan.
1986 yilda Chernobil AESda yuz bergan faloqatda "Lepestok" respiratoridan juda samarali foydalanildi.
Nafas yo‘llarini himoya qiluvchi oddiy vositalarga paxta-doka bog‘lag‘ichlar va changga qarshi gazlama niqoblar kiradi. Ular nafas yo‘llarini radiaktiv changlar va bakteriyaviy vositalardan himoya qilishga mo‘ljallangan.
Terini himoya qiluvchi vositalarga umumhimoya jamlanmasi (OZK), yengil kostyum (L-1) va tozalovchi himoya kiyimlari jamlanmasi (ZFO) kiradi. Himoya kiyimlari zaharlangan joyda uzoq harakat qilinganda, kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar bilan muomala qilinganda, shuningdek degazatsiya, dezaktivatsiya va dizenfeksiya ishlarini bajarilganda kiyiladi.
Umumqo‘shinlar himoya jamlanmasi (OZK) himoya plashi, himoya paypog‘i va qo‘lqoplardan iborat.
Himoya plashi maxsus gazlamadan besh bo‘y o‘lchamiga mos qilib tayyorlangan:
165 sm. o‘smir uchun - 1-o‘lchamli, 165-170 sm. - 2 - o‘lcham,
170-175 sm. 3 - o‘lcham, 175-10 - 4 - o‘lcham, 10 sm.dan
yuqorisi 5 - o‘lcham.Himoya paypoqlari rezinalashtirilgan matodan tayyorlangan bo‘lib, tagligi brezent yoki rezina bilan qalinlashtirib kuchaytirilgan. Himoya paypoqlari uch o‘lchamdagi etikka mo‘ljallangan:
1-o‘lcham 37-40- etik uchun; 2-o‘lcham 41-42 etik uchun; 3-o‘lcham 43 va undan katta etik uchun.Himoya qo‘lqoplari rezinadan yoki rezinalashtirilgan matodan tayyorlanadi.Ular ikki xil bo‘ladi: qishki - ikki barmoqli, yozgi-besh barmoqli.
Shundan so‘ng o‘qituvchi shu tartibda L-1 va ZFO larning to‘zilishini tushuntiradi.
Zaharlangan joylarda terini himoya qiluvchi maxsus vositalar bo‘lmaganda oddiy vositalar (ishlab chiqarishda kiyiladigan va uyda kiyiladigan ust-boshlar)dan foydalanishga to‘g‘ri keladi.

Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling