Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Obyekt darajasida xabar berish tizimining vazifalari


Download 3.78 Mb.
bet52/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

2. Obyekt darajasida xabar berish tizimining vazifalari:
— kimyoviy va boshqa xavfli obyektlarda xabar berish va axborot uzatishning mahalliy tizimlarini, shuningdek, gidrotexnik inshootlarda signalizatsiya va xabar qiflshning mahalliy avtomatik tizimlarini yaratish ishlarini tashkil etish; — xabar berish, axborot to‘plashni ta’minlash va nazorat qilish, yuzaga kelgan favqulodda vaziyat, uning rivojlanish ko‘lamlari va kechishi, yetkazilishi mumkin boflgan oqibatlari, favqulodda vaziyatni bartaraf etish uchun ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va zamriy yordam to‘g‘risida yuqori organlarga ma’lumot berish. O‘zbekiston Respublikasining barcha idoralarida xabar berish va axborot uzatish tizimining aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha vazifalari: — fuqaro muhofazasi tadbirlarini o‘tkazish chog‘ida aloqa tizimlarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlashni tashkil etish va amalga oshirish; — idoraviy potensial xavfli obyektlarda signalizatsiya va xabar berishning mahalliy avtomatlashtirilgan tizimini yaratish; — aholini favqulodda vaziyat xavfi tug‘ilganligi va sodir bo‘lganligi to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash.


3.Xabar berish signallari va ular bo‘yicha aholining harakati.
Aholi muhofazasi qandaydir xavf-xatar tahdidi tug‘ilgani yoki yuzaga kelganligi to‘g‘risida xabar berish va axborot tarqatishni o‘z vaqtida amalga oshirishdan boshlanadi. Xabar berish shartlashib olingan, oldindan belgilab qo‘yilgan va aholiga aniq tushunarli bo‘lgan signallar (sirena ovozi, ovoz chiqamvchi buyumlarni urish va h.k.) orqali amalga oshiriladi.
Qanday xavf tug‘ilmasin, elektr sirenalari ishga tushiriladi.
Ularning tovushiga korxonalarning gudoklari qo‘shiladi. Bu fuqaro muhofazasining yaqona «Diqqat, barchaga!» signalidir. Sirena ovozi ishlatilgan zahoti televizor, radiopriyomnik, radiokar- naylarni ishlatib qo‘yiladi, mahalliy hokimiyat organlari yoki favqulodda vaziyatlar boshqarmalari esa yuzaga kelgan tahdidning xarakteri, ko‘lami, shuningdek, bunday sharoitda aholining harakat qilish tartibi to‘g‘risidagi tavsiyalarni berishi kerak. Ishonchli va barqaror aloqa, shuningdek, haqqoniy axborot aholi muho- fazasini tashkil etish va favqulodda vaziyatlarning oldini olish tadbirlari zanjiridagi asosiy bo‘g‘inlardan biridir. Xabar berish samarali muhofaza usuli bo‘lib, uning o‘rni beqiyosdir. Bekorga ogohlantirilgan inson yarim qutqarilgan inson deyishmaydi.



Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling