Farg`ona davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti


Download 77.47 Kb.
bet2/2
Sana30.04.2023
Hajmi77.47 Kb.
#1408203
1   2
Bog'liq
ABDURAHIMJONOVA

 
3. Analizatorlar.
Odam va hayvonlar butun hayoti davomida tashqi muhit sharoiti haqida, o`z organizmining barcha bo`limlari, sistemalari haqida to`xtovsiz informatsiya olib turadi. Shunday informatsiyani qabul qiluvchi fiziologik apparatlarni sezgi organlari yoki analizatorlari deyiladi.
Tashqi va ichki muhitdagi barcha qitiqlanishlar analizatorlarning dastlabki qismi retseptorlar tomonidan qabul qilinadi. Retseptor lotincha qabul qilish degan ma`noni bildiradi. Turli qitiqlanishlar-tovush to`lqini, yorug`lik nuri, hid, temperatura va boshqalar maxsus retseptorlar orqali alohida-alohida qabul qilinadi. Shuning uchun ham qitiqlagichlarning dastlabki analizlari mana shu retseptorlardan boshlanadi. Har bir analizator evolyutsion taraqqiyot jarayonida o`zining maxsus qitiqlagichiga moslashgan bo`ladi. Masalan ko`zning to`r qavatidagi retseptorlar faqat yorug`lik nurini qabul qilsa, quloqlardagilari faqat tovush to`lqinini, burundagisi hidni, tildagisi esa ta`mni qabul qiladi. Ta`sirga nisbatan eng oddiy javoblar orqa miya ishtirokida olinishi mumkin. Buni tajriba jarayonida spinal baqada sinab ko`rish mumkin. Qitiqlagichlarning har tomonlama chuqur tahlil qilinishi bosh miyaning po`stloq qismida, po`stloq osti qismlarida bajariladi.
Analizatorlar orqali markaziy nerv sistemasiga keladigan impulslar uning tonusini saqlab turadi. Agar hayvonda xirurgik yo`l bilan barcha analizatorlar ishdan chiqarilsa, nerv sistemasining tonusi juda pasayib ketib hayvon doimo uyquda bo`ladi.
Qabul qilinadigan qitiqlagichlar turiga qarab barcha analizatorlarni bir necha guruppalarga bo`lishi mumkin.
Mexanik (og`riqni sezuvchi, teri sezgisi, harakat analizatorlari va boshqalar).
Ximiyaviy (tam bilish hid bilish ximoretseptiv)
Yorug`lik (ko`z)
Eshitish (quloq)
Temperatura (issiq, sovuq haroratni sezish)
Barcha analizatorlar retseptorlarining umumiy xususiyatlaridan biri shuki ular o`zlari moslashgan qitiqlagichlar ta`siriga juda sezuvchan bo`ladi. Masalan: ko`z to`r qavatidagi retseptorlar yorug`lik nuri juda kam energiyaga ega bo`lganda ham sezadi. Buning asosiy sababi shundaki har bir retseptorda adekvat qitiqlagichga nisbatan juda sezgir membrana mavjuddir. Analizatorlar qitiqlanish parogi o`zgarmas miqdor bo`lmasdan, markaziy nerv sistemasining funktsional holatiga qarab oshib yoki kamayib turishi mumkin. Masalan odam endi uyqudan turgan vaqtida barcha retseptorlarning sezgirligi juda past bo`lsa, tetiklik paytida juda yuqori bo`ladi va hakozo.
Analizatorlarning 2 chi umumiy xususiyati, ular ta`siriga moslashadigan, ya`ni adaptatsiyalanadigan xususiyatga ega bo`ladi. Ba`zan adaptatsiyalanishi natijasida analizator qitiqlagichni umuman qabul qilmay qo`yadi. Misol, hid bilish analizatorining moslanishini olish mumkin. Xonada uzoq vaqt o`tirish natijasida odam bazi bir hidlarni sezmay qoladi.
Analizatorlar adaptatsiyalanishining fiziologik ahamiyati qabul qilinadigan qitiqlagichlar kuchini organizm uchun optimallashtirishdir. Biron analizator retseptoriga ta`sir etadigan qitiqlagich to`xtalishi bilan retseptorda qo`zg`alish bir muncha vaqt manfiy yoki musbat iz sifatida saqlanib turadi. Buning muhim biologik ahamiyati bor. Masalan: ko`zda mana shunday qonuniyat borligi sababli tez almashtirilgan kadrlar bir biriga qo`shilib uzluksiz voqeadek bo`lib ko`rinadi (kino ko`rish).
Oliy nerv faoliyati bosh miya yarim sharlari va ularning po’stlog’ida joylashgan nerv xujayralari (nerv markazlari)ning normal funksiyasiga yoki ulardagi qo’zg’lish va tormozlanish jarayonlarining kuchiga, tarqalish tezligiga hamda ularning bir- biriga munosabatiga bog’liq bo’ladi.Shartli reflector faoliyati nerv sistemasining individual xossalariga bog’liq. Oliy nerv faoliyatini belgilab beruvchi shu xossalar yig’indisi xar bir organizmningirsiy xususiyatlariga va avvalo hayot tajribasiga bog’liq bo’lib, nerv sistemasining tipi deyiladi.
I.P.Povlov ko’p yillik ilmiy kuzatishlar asosida miyaning xujaylaridagi qo’zg’lish va tormozlanish jarayonlarining kuchiga, tarqalish tezligiga va ularning bir- biriga munosabatiga ko’ra odam oliy nerv faoliyatini 4 tipga bo’lgan .
1-Kuchli qo’zgfaluvchan, muvozanatlashmagan, jonsarak tip- xolerik. Bu tipda qo’zg’lish va tormozlanish kuchli, ammo muvozanatlashmagan, qo’zg’lish tormozlanishdan ustun turadi. Bu tipga kiruvchi bolalarda shartli reflekslar sekin paydo bo’ladi,o’rta o’zlashtiradi, biror ishga tez kirishib, tez sovuydi, emotsional reaksiyalari kuchli, bilar-bilmas javob berib o’z fikrlarini maqullaydigan, topshiriqlarni o’z vaqtida bajarib kelmaydigan, sekin paydo bo’lgan shartli reflekslar tez so’nadi, maktab hayotiga qiyinchilik bilan ko’nikadi, nutqi tez va qo’pol, xarakteri o’zgaruvchan, o’z xissiyotlarini qiyinchilik bilan ushlaydigan, qiziqqon, agressiv, tarbiyaga qiyinchilik bilan beriluvchi, faqat tarbiya asosidagina uzoq va tizimli ish faoliyatiga ega bo’ladi.
2-Kuchli qo’zg’luvchan, muvozanatlashgan, ser harakat tip.(sangvinik). Bu tip nerv jaroyonlarining kuchliligi, qo’zg’lish va tormozlanishning muvozanatlashganligi va harakatchanligi bilan ta’riflanadi. Bu tipga kiruvchi bolalarda shartli reflekslar tez hosil bo’lib, tez so’nadi va tez tiklanadi, maktab hayotiga tez ko’niladi, o’qish va yozishni tez o’rganadi, ular namunali hulqqa ega bo’ladilar, darslarni a’lo darajada o’zlashtiradilar, uyga berilgan vazifalarni o’z vaqtida bajarib kelishga harakat qiladilar, nutqi tez va ravon, so’z boyligi ko’p, aytilgan tez ilg’ab oladi, jonli harakatlari tez, turli imo- ishoralar bilan o’z fikrini ifoda qiladi va boshqa ijobiy xarakterlar bilan ajralib turadi.
3-Kuchli,qo’zg’luvchan, muvozanatlashgan, kam harakat tip. Bu tipda qo’zgalish va tormozlanish kuchli, ammo ularning almashinuvi sust. Bu tipga kiruvchi bolalarda shartli reflekslar sekin hosil bo’ladi, tez so’nadi va sekin tiklanadi, ular o’qish, yozish va gapirishni tez o’rganadilar, ularning hulqlari yaxshi, odobli, nutqlari sekin va ravon, so’z boyligi bo’ladilar.
4-Nimjon yoki sust tip. Bu tipda nerv jaroyonlari sustl kam qo’zg’luvchanligi va muvozanatlashmaganligi, ya’ni tormozlanish jaroyonining yuqoriligi bilan xarakterlanadi. Bu tipga kiruvchi bolalarning ish qobiliyati past, nutqi sekin yaxshi rivojlanmagan, so’z boyligi kam, qiyinchiliklardan qo’rqadigan, tez charchaydigan, o’qish, yozishni sekin o’rganadigan, maktab hayotiga qiyinchilik bilan ko’nikadi, o’z o’rtog’ining xarakteriga ixtiyorsiz moslashadi, o’zlashtirish past, xarakteri beqaror maqsadsiz, diqqati beqarorligi bilan ifodalanadi.
Download 77.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling