Farg’ona davlat universiteti Magistratura bo‘limi Lingvistika: o‘zbek tili yo‘nalishi magistranti Asatulloyeva Muhayyo Alisher qizining “Ulug‘bek Hamdam romanlaridagi


Download 11.38 Kb.
Sana27.08.2023
Hajmi11.38 Kb.
#1670736
Bog'liq
Ilmiy rahbar xulosasi


Farg’ona davlat universiteti Magistratura bo‘limi Lingvistika: o‘zbek tili yo‘nalishi magistranti Asatulloyeva Muhayyo Alisher qizining “Ulug‘bek Hamdam romanlaridagi professionalizmlarning uslubiy-pragmatik tahlili” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga
XULOSA
O‘zbek tili leksikologiyasini sistem-struktur tamoyillar asosida tadqiq etish zamonaviy tilshunosligimiz oldida turgan muhim vazifa hisoblanadi. Shu boisdan ham o‘zbek tili leksikasi tarkibidagi termin, o‘zlashma terminlarni aniqlash, so‘z o‘zlashtirish omillarini tekshirish hamda bu hodisaning ijtimoiy ahamiyatini belgilash tilshunosligimiz uchun dolzarb muammolardan biridir. Asatulloyeva Muhayyo Alisher qizining “Ulug‘bek Hamdam romanlaridagi professionalizmlarning uslubiy-pragmatik tahlili” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi termin, professionalizmlar va ularga bog‘liq masalalarni ochib berganligi bilan ham ahamiyatli hisoblanadi.
Tadqiqot kirish, uch bob, xulosa va ilova qismlaridan iborat. Dissertatsiyaning Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, o‘rganilganlik darajasi, belgilangan maqsad va vazifalar, tadqiqot natijalarining joriy qilinganligi, tadqiqotning amaliy va nazariy ahamiyati, tadqiqot obyekti va predmeti kabi umumiy masalalar yoritilgan.
Dissertatsiyaning birinchi bobi Birinchi bob “Tilshunoslikda terminologiya masalalari va professionalizmlar” deb nomlanib, unda termin va professionalizmlarning tilshunosliklikdagi tadqiqi hamda ularni jahon va o‘zbek tilshunosligida ilmiy asosda o‘rganish masalalari haqida fikr yuritiladi.
Ikkinchi bob “Ulug’bek Hamdam romanlaridagi professionalizmlarning uslubiy tahlili” deb nomlanib, bu bobda ijodkor romanlaridagi professionalizmlar, o‘z va o‘zlashgan qatlamga oid kasb-hunar terminlari hamda professionalizmlarning ma’no munosabatiga ko‘ra turlari romanlarning ekspressivligini ta’minlashdagi o‘rni borasida bahs yuritiladi. Xususan, sinonim professionalizmlar, shaxs va unga bog‘liq kasb-hunar terminlari hamda ularning yasalishi uzviy tadqiq etiladi. Ularning yozuvchi asarlaridagi o‘rni, asliyat bilan bog‘liqligi, zidlanish va farqlanish xususiyatlari va boshqa lisoniy munosabatlariga e’tibor qaratiladi. Mazkur birliklarning nutq jarayonidagi semantik xususiyatlari, ayniqsa tanlangan badiiy matnlardagi o‘rni misollar yordamida ochiladi.
Uchinchi bob “Ulug’bek Hamdam romanlaridagi professionalizmlarning pragmatik tahlili “ deb nomlanadi. Bu bobda yozuvchi romanlaridagi kasb-hunar leksikasi pragmatik jihatdan tahlil qilinib, xususan, professional terminlardan hosil bo‘lgan frazemalar, maqollar xususiyatlari va ularning asar badiiyligini ta’minlashdagi o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Mazkur bobda, shuningdek, shaxlarning muloqoti va professionalizmlar, murojaat shakllari ijodkor asarlaridan olingan misollar asosida tahlil etiladi. Dissertatsiyaning boblari bir-biri bilan uzviy bog’langan bo‘lib, tartibi va tuzilishiga ko‘ra yaxlit bir tizimni tashkil qiladi.
Dissertatsiyaning “Umumiy xulosalar” qismida dissertantning tadqiqot asosida yuzaga kelgan ilmiy xulosalari umumlashtirilib sodda tilda bayon qilingan. Dissertant ishni shakllantirish jarayonida mavzuga doir ilmiy manbalar bilan yaqindan tanishdi, ularni ijodiy o‘rgandi. Mavzu yuzasidan 5 ta maqola va tezislar e’lon qildi, respublika va xorijiy anjumanlarda ishtirok etdi.
Asatulloyeva Muhayyo Alisher qizining “Ulug‘bek Hamdam romanlaridagi professionalizmlarning uslubiy-pragmatik tahlili” mavzusidagi magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi nizom talablariga javob beradi. Ishni tugallangan tadqiqot sifatida rasmiy himoyaga tavsiya etaman.

Ilmiy rahbar: F.f.d, prof. Sh.Iskandarova
Download 11.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling