Farg‘ona davlat universiteti sirtqi bo‘lim “aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi


Download 254.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/25
Sana19.06.2023
Hajmi254.4 Kb.
#1604241
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
12 Suyakli baliqlar sinfi, umumiy tavsifi, tashqi va ichki tuzilishi

2-rasm. Chipor do’ngpeshona baliq 
Urg’ochilari 4-5 yoshida, og’irligi 3,5-4,5 kg ga yetganda tanasining uzunligi 
55-65 sm keladi. Bunga dum uzunligi kir maydi. Shu vaqtda jinsiy voyaga yetadi. 
Serpusht bo’ladi, tabiiy hovuzlarda 5 mln gacha, sun’iy hovuzlarda 1 mln dan 
ko’proq. 


40 
3-rasm. Oq amur. 
Kichik hovuzlarda yetishtirilsa, kelajakda hovuz baliqchiligining asosiy 
obyektiga aylantirilishi mumkin. O’zbekiston olimlari va mutaxassislari oldiga 
qo’yilgan vazifalardan biri O’zbekiston sharoitida yetishtiriladigan o’simliklar bilan 
oziqlantirish usullarini ishlab chiqarishdan iborat. Oq amur yaxshi meliorator
hisoblanadi. Ular zovurlardagi o’tlarni iste’mol qiladi. O’simliklarning qoldiqlari
bilan ifloslanishdan saqlashga yordam beradi. Oq amur yuqori o’simliklar bilan 
oziqlanadi, hovuzlarda uni tezda iste’mol qiladi. Yaxshi natijalarga erishish uchun 
hovuzlarga o’rilgan o’tlarni solish talab etiladi. 
4-rasm. Oq do’ngpeshona baliq. 
Ko’paytirishda 4 yoshlik baliqlardan foydalaniladi. O’zbekiston sharoitida 
urchitiladigan oq do’ngpeshanali baliqning serpushtligi tabiiy hovuzlarda - 5 mln 
gacha, sun’iy hovuzlarda - 1 mln dan yuqori, me’yoriy nasldorligi - 500 ming 
uvuldiriqdan iborat bo’ladi. Kunlik oziqasi tirik vaznining 17 % ini tashkil etadi. 
Dastlabki ikki hafta mobaynida lichinkalar zooplankton organizmlar (kolovratkalar,
mayda qisqichbaqalar) bilan oziqlanadi. To’da bo’lib suzadi, shuning uchun bir 
hovuzda hamma baliqlar ko’pincha bir kattalikda bo’ladi. 


41 
5-rasm. Qora amur. 
Bo’yi 120 santimetrcha, og’irligi 35 kilogrammgacha boradi. Ustini qoplagan 
qora tangachalari yirik, qorin tomoni oqishroq. Halqum tishlari 1-2 qator, katta va 
yaxlit bo’lib, chig’anoq kabi qattiq narsalarni xuddi tegirmon toshi singari 
maydalab tashlaydi. Kichkina og’zi boshining oldiga o’rnashgan. Qora amur sekin 
o’sadi, 7-9 yoshida voyaga yetadi. Pelagik uvuldirig’ini iyun-iyul oylarida, 
daryoning suvi ko’tarilib, harorati 26-30 °C ga yetganida tez oqar yerlarga tashlaydi.
Oziqasi molluska, qisqichbaqa va suv hasharotlaridan iborat. Xitoyda keng tarqalgan
va ovlanadigan muhim baliqlardan biri hisoblanadi, yiliga 300 ming sentner va 
undan ham ko’proq miqdorda ovlanadi. 
6-rasm. Zarafshon oq chebagi. 
Yevropa va Shimoliy Osiyoda tarqalgan. O’rta Osiyoda Orol dengizida, 
Sirdaryo va Amudaryoda oz miqdorda uchraydi. Orqasi ko’kimtir-kulrang va mayda 
xolli, yon tomonlari sarg’ish, qorni oqishroq, suzgichlarida qora xollari bor. 
Umuman, bu baliqning rangi yashaydigan yeriga bog’liq. 15 santimetr, Sibirda
ba’zan kattaroqlari ham uchraydi. 
 

Download 254.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling