Farg‘ona davlat universiteti sirtqi bo‘lim “aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi


Download 254.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/25
Sana19.06.2023
Hajmi254.4 Kb.
#1604241
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Bog'liq
12 Suyakli baliqlar sinfi, umumiy tavsifi, tashqi va ichki tuzilishi

Nafas olish organi. Suyakli baliqlarning nafas olish organlari tog‘ayli 
baliqlarniki singari ektodermali jabra hisoblanadi. 
Barcha suyakli baliqlarda oldingi to‘rtta jabra yoylariga o‘rnashgan to‘rt juft 
butun jabra bo‘ladi. Bundan tashqari, jabra qopqog‘ining ichki tomonida til osti yoki 
soxta jabra deb ataladigan murtak holidagi jabraning yarim bo‘lagi bo‘ladi. Bir 
butun jabra ikki qator bo‘lib jabra yoylariga birikadi. Natijada bir jabraning ikkita 
yarim jabra yaproqlari asosi bir-biriga qo‘shilib ketadi. Ularning uchlari esa tashqi 
tomondan jabra qopqog‘i bilan cheklangan jabra bo‘shlig‘ining ichida osilib turadi. 
Jabra yoylarining ichki tomonida bir qancha mayda tishsimon — jabra qilcha 
(tichinka)lari deb ataladigan va qo‘shni jabra yoyi tomon yo‘nalgan o‘simtalari 
bo‘ladi. Jabra qilchalari maxsus suzish apparatiga aylanib, suv bilan birga kirgan 
oziq moddalarini halqumdan jabra bo‘shlig‘i orqali tashqariga chiqib ketishiga 
to‘sqinlik qiladi. Bu apparat plankton organizmlar bilan oziqlanuvchi baliqlar 
(seldsimonlarda)da kuchli taraqqiy etgan. Yo‘g‘on qon tomirlari (qon olib keluvchi 
va qon olib ketuvchi jabra arteriyalari) jabra yoylari bo‘ylab jabra yaproqlari asosida 
joylashgan. Suyakli baliqlarda jabralami va halqumni tashqi tomondan jabra 
qopqog‘i yopib turadi. Nafas oiish mexanizmi jabra qopqog‘ining ko‘tarilishi va 
pastga tushishi tufayli amalga oshadi. Shunday qilib, baliqlar suvda erigan kislorod 
bilan nafas oladi. Baliqlar suv yutganda suv og‘iz bo‘shlig‘idan jabra yoriqlari orqali 


14 
o‘tib, jabralarni yuvib o‘tadi. Man a shu jabra yaproqchalarining yupqa devori orqali 
qonga suvda erigan kislorod o‘tadi, qondan esa suvga karbonat angdrid chiqariladi. 
Suvda kislorod yetishmasa baliqlar suv yuzasiga ko‘tarilib, og‘zi orqali havo 
oladi. Kislorod yetishmaydigan suvlarda baliqlar ko‘p yashamaydi. Shuning uchun 
ham ko‘pgina suv havzalarining usti muzlab, muz ostida kislorod yetishmay qolib, 
baliqlar qirilib ketadi. Bunday paytlarda suv havzalarining har yer har yerida muzni 
yorib, teshik ochib qo‘yiladi. 

Download 254.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling