Farg‘ona davlat universiteti sirtqi bo‘lim “aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi


Download 254.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/25
Sana19.06.2023
Hajmi254.4 Kb.
#1604241
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
Bog'liq
12 Suyakli baliqlar sinfi, umumiy tavsifi, tashqi va ichki tuzilishi

Muskullari. Suyakli baliqlarda terisining ostida suyaklarga birlashgan 
muskullari joylashgan. Eng kuchli muskuHari tana bo‘ylab umurtqalar yonida 
joylashgan bo‘ladi. Suyakli baliqlarning muskullari ham xuddi minogalarnikidek 
to‘g‘ri segmentli bo‘lib, biriktiruvchi to‘qima mio- septa bilan bir-biridan ajralgan 
miomerlardan iborat.


12 
1.3. Suyakli baliqlarning ichki organlari 
Ovqat hazm qilish sistemasi. Suyakli baliqlarning oziq tutishida, asosan 
ikkilamchi jag‘ ishtirok etadi. Suyakli baliqlarning ko‘pchiligida tishlari yaxshi 
rivojlangan va bu tishlar nafaqat jag‘ suyaklariga balki til osti yoylariga ham 
birikkan bo‘ladi. Og‘iz bo‘shlig‘idan keyin halqum boshlanadi. Og‘iz va halqum 
bo‘shliqlari orasida aniq chegara yo‘q. Boshqa baliqlarga o‘xshash zog‘ora baliqda 
ham haqiqiy til yo‘q. Til singari uchi og‘iz bo‘shlig‘iga chiqib turadigan til osti 
yoyining kapsulasi faqat shilimshiq parda bilan qoplangan bo‘lib, u mustaqil 
bo‘lmagani tufayli harakatlanmaydi. Har tomonida beshtadan jabra yorig‘i bo‘Igan 
halqumi qisqa qizilo‘ngachga, qizilo‘ngach esa oshqozonga ochiladi. Oshqozondan 
kam differensiallashgan haqiqiy ichak boshlanadi, bu ichakning oldingi bo‘limini 
o‘n ikki barmoqli ichak, so‘ngra ingichka ichak va anal teshigi bilan tugaydigan 
to‘g‘ri ichak tashkil etadi (ba’zi baliqlar oshqozonning atrofida har xil sondagi 
pilorik o‘simtalar ham bo‘ladi, og‘ora baliqda pilorik o‘simta bo‘lmaydi. Chunki 
suyakli baliqlar ichagida spiral klapanlari bo‘lmasdan, uning o‘rniga pilorik 
o‘simtalar bo‘ladi va ular ichakning so‘rish yuzasini kengaytiradi. Jigari yurakning 
orqasi, oshqozonning ostida va yon tomonida joylashgan bo‘lib, uning pallalari 
orasida o‘t suyuqligi bilan to‘la o‘t pufagi bo‘ladi. O‘t pufagidan o‘n ikki barmoqli 
ichakka ochiladigan o‘t yo‘li chiqadi. Oshqozon osti bezi ichak tutqichi bo‘ylab 
tarqalgan. Ichak bog‘ichiga esa uzunchoq to‘q qizil rangli taloq o‘rnashgan. 
Tana bo‘shlig‘ining yuqori qismida, ya’ni ichakning ustida gidrostatik organ 
— suzgich pufagi joylashgan. U embrional rivojlanish davrida hazm qilish 
naychasining orqa qismidan o‘sib chiqqan o‘simta hisoblanadi va qorin bo‘shlig‘i 
nayining orqa tomonidan deyarli butun orqa qismini to‘ldirib turadi. Suzgich pufagi 
- ichi gaz bilan to‘lgan yupqa devorli xaltacha. Bu gaz tarkibida azot, karbonat 
angidrid va kislorod bor. Suzgich pufagi ko‘pgina suyakli baliqlarda bo‘ladi. 
Ko‘pchilik tur baliqlarda, shu jumladan, olabug‘aning havo (suzgich) pufagi 
uning ichagi bilan tutashmagan. Bunday baliqlarni yopiq pufakli baliqlar deyiladi. 


13 
Lekin bu baliqlarning lichinkalarida hamda voyaga yetgan boshqa ba’zi bir 
baliq turlarida (karpsimonlarda) ichagi bilan havo pufagi bir umrga kichik naycha 
orqali ulangan bo‘ladi. Bunday baliqlarni ochiq pufakli baliqlar deyiladi. Suzgich 
pufagi, asosan gidrostatik organ vazifani bajaradi, ya’ni u kengayganda baliqning 
solishtirma og‘irligi kamayadi va baliq suv yuzasiga kotariladi, torayganda 
(puchayganda) esa baliqning solishtirma og‘irligi ortadi va baliq suv tubiga tushadi. 
Yopiq pufakli baliqlardagi suzgich pufagining torayishi yoki kengayishi shu pufak 
devorlaridagi kapillarlar to‘plamiga bog‘liq. Suzgich pufagi baliqlarning 
suzuvchanligini ta’minlash bilan bir qatorda tovushni kuchaytiradigan rezonator 
vazifasini ham bajaradi. Bu esa baliqlar tovushni yaxshiroq eshitishi imkonini 
beradi. 

Download 254.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling