Farg‘ona davlat universiteti sirtqi bo‘lim “aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi


I BOB. SUYAKLI BALIQLARNING TUZILISHI


Download 254.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/25
Sana19.06.2023
Hajmi254.4 Kb.
#1604241
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
12 Suyakli baliqlar sinfi, umumiy tavsifi, tashqi va ichki tuzilishi

I BOB. SUYAKLI BALIQLARNING TUZILISHI 
 
1.1. Suyakli baliqlarning tashqi tuzilishi 
Suyakli baliqlarning boshini hisoblamaganda, ularning ko‘pchiligining butun 
gavdasi suyak tangachalar bilan qoplangan. Suyak tangachalar tomga yopiladigan 
cherepitsaday bir-birining ustiga yotadi. 
Har qaysi tangacha yumaloqlashgan yupqa plastinkadan iborat bo‘lib, asosiy 
qismi teri ichida turadi, tashqi cheti esa mayda arra tishh bo‘ladi. Bunday 
tangachani ktenoid tangacha deyiladi, olabug‘asimonlarda ktenoid tangacha 
bo‘ladi. Suyakli baliqlarning ayrim turlarida yana sikloid tangachalar ham bo‘lib, 
ularning cheti arra tishli bo‘lmay, balki tekis bo‘ladi. Bunday tangachalar zog‘ora 
baliq, losos, plotva, karas va boshqa baliqlarda bo‘ladi. Umuman, suyakli baliqlarda 
ganoid, kosmoid va suyak tangachalar bo‘ladi. Latimeriyalarda kosmoid tangacha 
uchraydi. Bunday tangachaning ustki qatlami kosmin moddasidan iborat. Ganoid 
tangachalar kayman baliqlarda uchraydi va yassi rombsimon plastinkalardan iborat 
bo‘ladi. Tangachalar baliqlarning asl terisidan, ya’ni koriumdan hosil bo‘ladi. 
Tangacha qatlami sirtidan yupqa epidermis qobiq bilan yopilgan. Epidermis 
qobig‘ida bir hujayrali bezlar ko‘p bo‘lib, gavda sirtiga suyuqlik, ya’ni sekret 
ajratadi. Bu shilimshiq modda baliq tanasining suvga ishqalanishini kamaytiradi va 
har xil bakteriyalardan saqlaydi. Baliqlarning tangachalari ularning o‘sishi bilan 
kattalasha boradi va plastinkalarda yirik halqalar hosil bo‘ladi, shu halqalarga qarab 
baliqlarning yoshi aniqlanadi. 
Baliqlar tanasining boshidan to dum suzgich qanotigacha to‘g‘ri yon chizig‘i 
o‘tadi. Bu organ tangachalarni teshib o‘tgan qator teshiklardan hosil bo‘Igan. 
Teshiklarning oxirgi uchi nerv uchlari bilan yon chizig‘i joylashgan maxsus kanalga 
ochiladi. Yon chizig‘i suv sharoitidagi o‘zgarishlarni qabul qiladi. 
 

Download 254.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling