Farg‘ona davlat universiteti sirtqi bo‘lim “aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi


Download 254.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/25
Sana19.06.2023
Hajmi254.4 Kb.
#1604241
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Bog'liq
12 Suyakli baliqlar sinfi, umumiy tavsifi, tashqi va ichki tuzilishi

1-rasm. Zog‘ora baliq 
Tuxumni ochib chiqishi suvning harorati 20 °C bo‘lganda molok (sperma) bilan 
otalangan uvuldiriqlardan 3 kunda lichinkalar hosil bo‘lganda yuz beradi. Harorat 


21 
16 °C bo‘lganda 5 kunda ochib chiqqan lichinkalarning uzunligi 5-5,5 mm bo‘lib, 
to‘liq shakllanmagan bo‘ladi. 
Lichinka uvuldiriqniochib chiqqandan so‘ng tashqi oziqalar bilan 
oziqlanmaydi. 1-2 kun harakat qilmasdan, tashqi muhitdan oziqlanmasdan sariq 
xaltadagi oziqa hisobiga o‘simliklarning bargiga osilib yashaydi. 
Rivojlanishi uchun qorin qismidagi suyuqlikni ishlatadi. Juda qisqa muddatdan 
so‘ng qorin qismidagi suyuqlikning ishlatilishidan kelib chiqqan holda lichinkalar 
tashqi oziqalar bilan plankton organizmlar mikroskopik suv o‘tlari bilan oziqlanishni 
boshlaydi. 
Chipor do‘ngpeshanali baliq (Hypophthalmichthys nobilis)
Chipor do‘ngpeshanali baliq oq do‘ngpeshanani eslatadi. Biroq ulpor 
do‘ngpeshananing kallasi birmuncha kattaroq, tanasi kaltaroq va rangi esa olachipor 
bo‘ladi. Oyquloqlari va changchilari ham rivojlangan bo‘lib, filtrlovchi apparatni 
hosil qiladi. Lekin elak shaklida qo‘shilib ketmaydi. Qorinchasidagi qili qorin 
suzgichlarining asosida joylashgan. Oq do‘ngpeshanali baliqlarga nisbatan fe’l-
atvoridan farq qiladi. Shovqin-suron hamda har xil ovoz chiqarilganda suvdan 
balandlikka sakramaydi. Bu baliqlarning vazni katta, tez o‘sadi. 
2-rasm. Chipor do‘ngpeshona baliq 
Urg‘ochilari 4-5 yoshida, og‘irligi 3,5-4,5 kg ga yetganda tanasining uzunligi 
55-65 sm keladi. Bunga dum uzunligi kir maydi. Shu vaqtda jinsiy voyaga yetadi. 
Serpusht bo‘ladi, tabiiy hovuzlarda 5 mln gacha, sun’iy hovuzlarda 1 mln dan 
ko‘proq. 


22 
Me’yoriy mahsuldorligi 500 ming uvuldiriqqa teng. Dastlabki 2-3 hafta 
mobaynida mayda zooplankton organizmlar (kolovratkalar), mayda qisqichbaqalar 
va boshqa o‘simliklar bilan oziqlanishga o‘tadi. To‘da-to‘da bo‘lib suzadi, bir 
hovuzdagi baliqlarning aksariyati bir xil kattalikda bo‘ladi. 2 yoshidan boshlab oq 
do‘ngpeshanaliga nisbatan tezroq o‘sadi. 
Oq amur (Ctenopharyngodon idella) Vatani Amur va boshqa Uzoq Sharq 
daryolari hisoblanadi. 
Iliq suvni sevadi. Yirik, tez o‘sadigan, tanasi torpedasimon, tangachalari yirik, 
daryolarda o‘sadiganlari 1 m 22 sm, tirik vazni 32 kg, tabiiy hovuzlarda uzunligi 1 
m, og‘irligi 30 kg va undan ham ko‘proq bo‘ladi. Jinsiy yetilishi Rossiyaning 
janubiy viloyatlarida 3-4 yoshida, 
Krasnodar o‘lkasida 4-5 yoshida, Moskva viloyatida esa 7-8 yoshida ro‘y 
beradi. Serpushtligi 2 mln. Ko‘pincha 100000-800000 gacha uvuldiriq beradi, 
baliqlar uvuldiriqni aprel, avgust oylarida daryo o‘zaniga tashlaydi. Baliq urug‘i 
yopishqoq bo‘lmaydi. O‘zbekiston sharoitida urg‘ochilari 4-5 yoshida uzunligi 55-
65 sm (dumini hisobga olmasdan) va og‘irligi 3,5-4 kg bo‘ladi, erkaklari 1 yil ertaroq 
yetiladi. Odatda, nasl beruvchilardan 5 yoshdan oshganda foydalaniladi. Tabiiy 
hovuzlarda 1 mln tadan ko‘p bo‘ladi. Me’yoriy serpushtligi 500000 uvuldiriqqa 
teng.

Download 254.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling