Farg’ona davlat universiteti texnalogig talim
Sport mashg`ulotlarini vositalarining har biriga tarig bering
Download 387.24 Kb. Pdf ko'rish
|
G\'OLIBJON PEDAGOGIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy tarbiya vositasi sifatida turizm quyidagi asosiy xususityalarga ega
2. Sport mashg`ulotlarini vositalarining har biriga tarig bering
Jismoniy madaniyat vositalarini turkumlarga ajratish; Jismoniy mashqlarni klassifikatsiya qilish – uni turkumlash, xillash demakdir. Jismoniy tarbiya tizimlarining tarixiy tahlili shuni ko’rsatadiki, jamiyatning rivojlanish bosqichlarida jismoniy mashqlar tanlash va turkumlashda o’sha jamiyat uchun progressiv va tarbiya vazifasini bajarishga mos keladiganlarigagina e’tibor berilgan. Tarixiy rivojlanishning turli bosqichlarida tarbiyaning maqsad va vazifasi o’zgarib turgan, demak, jismoniy tarbiya tizimi ham o’zgargan, bu esa uning omillarining ham o’zgarishiga sabab bo’ldi. Avstriya pedagoglari klassifikatsiyasi ham keng kamrovli emas edi. Jismoniy mashqlarning original klassifikatsiyasini rus anatomi, vrachi, pedagogi P.F.Lesgaft ishlab chiqib, maktab yoshidagilarda jismoniy tarbiyani amalga oshirish uchun mo’ljal-ladi va quyidagicha asosiy guruhlarga bo’ldi: 1. Sodda mashqlar. 2. Murakkab mashqlar yoki yo’qlamaning ortishi bilan bajari-ladigan mashqlar. 3. Fazodagi holatiga yoki musqo’l ishining bajarilish vaqtiga ko’ra bajariladigan mashqlar. 4. Texnik jihatdan qiyin, tizimli ravishda bajariladigan mashqlar. Mashqlarning turkumlanishi ko’rsatib turibdiki, P.F. Lesgaft klassifikatsiyasi didaktik printsiplarga yo’naltirilgan. Lekin bu ham jismoniy tarbiya tarixiy omillarini to’laqonli o’z tarkibiga sigdira olmagan. Hozirgacha to’liq ilmiy asoslangan jismoniy mashqlar klassifikatsiyasi mavjud emas. Sobiq sovet jismoniy tarbiya tizimi ham bu vazifani uddalamadi. Jismoniy tarbiya vositasi sifatida turizm quyidagi asosiy xususityalarga ega: 1. Hayotiy-amaliyligi xususiyati. Mustaqil faoliyat, tashabbuskorlikni tarbiyalaydi. Rahbarlik, boshqarish, mo’ljal olish, yo’lni tanlash va uni to’gri topish, haritani o’qiy olishdek qator malakalarni shakllantiradi va rivojlantiradi. 2. Turizm jismoniy sifatlar va harakatlar malakasini baravariga tarbiyalaydi, chunki unda ajratib olingan mutaxas-sislikka kerak bo’lgan hislatlar rivojlanmaydi. 3. Safarga tayyorlanish va safar davomida barcha faoliyat, hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan yurish, yugurish, to’siqlardan oshish va boshqa hayotiy-amaliy mashqlardan foydalaniladi. 4. Turizm shugullanuvchiga ma’lum darajadagi jismoniy tayyorgarlikka ega bo’lish talabini qo’ymaydi. Shunisi bilan u sportga o’xshaydi. 5. Turizm paytida jismoniy mashqlar organizmga iqlim sharoiti (sovuq, issiq, shamol kabi) va marshrutining relpe-figa qarab ta’sir ko’rsatadi va uning ta’siri turlicha bo’lishi mumkin. 6. Turizmda kuch sinashish, musobaqalashish asosiy o’rinni egallaydi. 7. Turistik sayohatlar katnashchilari o’zlarining ichlari-dan rahbarni saylab oladilar. Rahbar 16 yoshdan yuqori, tajribaga ega bo’lgan kishi bo’lishi shart. Turizmda rahbarning o’zi ham qatnashchilari bilan ishtirok etadi. U ma’lum qo’shimcha vazifalarni bajaradi: turistik sayohat marshrutini, qatnash-chilar tarkibini, ular shaxsini o’rganadi, jihozlarni ko’rib chiqadi va amaliy masalarni hal qiladi. Sayohat katnashchilari yosh sayyohlar bo’lsa, ularga 19 yoshdan kichik bo’lmagan mutaxasis yo’riqchi etib tayinlanadi. 8. Turizm mashgulotlarining asosiy formasi poxoddir. Poxodda turizm paytida bilish kerak bo’lgan barcha forma va usuliyatlardan foydalaniladi, bu bilan hayotiy zaruriy harakat malakalari shakllantiriladi. Download 387.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling