Farg’ona davlat universiteti texnalogig talim


 Sport trenirovkasini tamoillari


Download 387.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/36
Sana17.06.2023
Hajmi387.24 Kb.
#1525929
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36
Bog'liq
G\'OLIBJON PEDAGOGIKA

1. Sport trenirovkasini tamoillari
Sport tayyorgarligi jismoniy tarbiyada maxsus yo`nalishni ifoda etadi. Buning vazifasi insonni 
tanlab olingan biror sport turida yuqori natijalarga erishishni ta’minlashdir. 
Jismoniy tarbiyada sport tayyorgarligi, organizmning funktsional imkoniyatlarini takomillashtirish 
bilan bog`liq bo`lgan, yuqori sport natijasi kishilarning jismoniy tayyor-garligini baholash kriteriyasiga 
aylanadi va jismoniy tarbiyaga mo`ljal sifatida juda keng qo`lamda qo`llaniladi. 
Sport trenirovkasi pedagogik hodisa bo’lib, mashq qilish usuliyatlari tizimi yordamida bevosita 
yuqori sport natijalariga erishishga qaratilgan va jismoniy tarbiyaning ixtisoslashgan jarayonidir. Shuni 
ta’kidlash muhimki, sport pedago-gika nuqtai nazaridan birdan-bir maqsad bo’lmasdan, tarbiyalash, 
soglomlashtirish va hayotga tayyorlashning vositasidir. 
Sport mashgulotining vazifalari: soglikni mustahkamlash va ma’naviy tarbiya talablari, shaxsni har 
tomonlama garmonik rivojlantirish; sport texnikasi va taktikasini egallash; tanlangan sport turiga xos 
jismoniy, ruhiy va irodaviy sifatlarni rivojlantirish, sport gigienasi va o’z-o’zini nazorat qilish sohasida 
amaliy va nazariy bilimlarni egallashdan iborat. Sport mashguloti davomida faqat yuqori mahoratinigina 
egallamasdan, sogligini mustahkamlash, jismoniy sifatlarini rivojlantirish, serunum mehnat va Vatan 
himoyasi uchun zarur bo’lgan hayotiy zaruriy malakalarni eggalash vazifalari hal qilinadi.
Sportchining umumiy va maxsus tayyorgarligi birligi. Hozirgi davrda sport mashguloti 
sportchining jismoniy va ma’naviy sifatlarini rivojlantirishga, uning bilim darajasini to’xtovsiz 
kengaytirishga qaratilgan holda har tomonlama tarbiyalash jarayonini tashkil qilgandagina to’liq 
pedagogik natijaga erishiladi. Sport trenirovkasining shunday yo’nalishi jismoniy tarbiya tizimining 
umumiy printsiplariga mos keladi. Sport qayd etilganidek, yagona maqsad bo’lmasdan shaxs qobiliyatni 
har tomonlama rivojlantiruvchi, ijodiy va ongli faoliyatiga tayyorlovchi vositalardan biridir.


Umumiy va maxsus tayyorgarlik sport trenirovkasida har doim, ko’p yillar davomida amalga 
oshiriladigan uzluksiz jarayon: qator mualliflar sportchining mahorati ortib borishi bilan umumiy 
jismoniy tayyorgarlik mashgullarining soni va unga ajratiladigan vaqtni kamaytirish kerak deb 
ishontirishga urinadilar. UJTning hajmi unga ajratiladigan vaqtni kamaytirish hisobiga emas, balki 
maxsus jismoniy tayyorgarlik ustida ko’proq ishlash hisobiga qisqartilishi kerak. Mashgulot turkumlarida 
UJT va MJTning o’zaro munosabatiga kelsak, u quyidagicha ifodalanadi: tayyorgarlik davrining I 
bosqichida ayniqsa poydevor mezotsiklida UJT ustunlik qiladi, keyin-chalik asta-sekin u kamaytiriladi
tayyorgarlikning II bosqi-chida va musobaqalashish davrida MJT ortadi, bu davrda UJT faol dam olish 
shaklida markaziy o’rin egallaydi. 

Download 387.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling