Farg’ona davlat universiteti texnalogig talim
Jismoniy mashqni ko’rsatish uchun qo’yiladigan metodik talablar
Download 387.24 Kb. Pdf ko'rish
|
G\'OLIBJON PEDAGOGIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Sport trenirovkasining vositalari va metodlari
Jismoniy mashqni ko’rsatish uchun qo’yiladigan metodik talablar:
a) o’rganilayotgan harakat faoliyatini ijodiy takrorlashga imkoniyat ochish maqsadida ko’rsatishni komentariya qilish bilan olib borish; b) ko’rsatish payitida o’quvchilarning o’qituvchining emotsional holatiga taqlid qilishini eotibordan chetda qoldirmaslik orqali ta’lim jarayoniga munosabatni shakllan-tirish muhim ahamiyat kasb etadi. 2. Sport trenirovkasining vositalari va metodlari Sport vositalari umumiy, yordamchi, maxsus va musobaqa vositalariga bo’linadi. 1. Umumiy tayyorgarlik – umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) o’z ichiga quyidagilarni qamraydi; musobaqa faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan sportning boshqa turlaridan olingan jismoniy va o’yin mashqlari. Umumiy jismoniy tayyorgarlikning (UJT) maqsadi: barcha muskul gruppalarini va jismoniy sifatlarning umumiy va garmonik rivojlanishi; professional kasalliklarning oldini olish; sog’liqni mustahkamlash; organizmning funksional sistemalarini rivojlantirish ( yurak - tomir, nafas olish, asab, endokrin va boshqalar); musobaqa va trenirovka nagruzkalaridan so’ng qayta tiklanish. Masalan, sprinter uchun UJT vositasi bo’lib, sport o’yinlari, suzish, kross, velosipedda poyga, og’ir atletika hizmat qiladi. 2. Yordamchi vositalar – yordamchi jismoniy tayyorgarlik(YOJT) musobaqa mashqlari bilan bog’langan mashqlar bo’lib, ular harakatning alohida fazalari va sifatlarini rivojlantiradi. YOrdamchi jismoniy tayyorgarlikning (YOJT) – maqsadi jismoniy va psixologik sifatlarning ayrim tomonlarini va texnik – taktik harakatlarni rivojlantirish va takomillashtirish. Masalan, sprinter uchun YOJT vositasi yuk bilan yugurish, toqqa va tog’dan pastga yugurish, lider ortidan yugurish va boshqalar. 3. Maxsus tayyorgarlik – maxsus jismoniy tayyorgarlik(MJT) musobaqa mashqlariga maksimal yaqinlashgan bo’ladi, lekin ma’lum shart va qoidalarga rioya qiladi. Ular musobaqa mashqlardan ma’lum farqqa ega. Maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) musobaqa mashqlariga maksimal maksimal yaqinlashtirilgan bo’ladi, lekin musobaqalardan farqlanuvchi ma’lum shart va qoidalarga ega. MJT – musobaqa mashqlarda zarur bo’lgan texnik – taktik harakatlarni, jismoniy psixik sifatlarni takomillashtirishdir. Masalan, spinter uchun MJT turgan joydan va startdan 10, 20, 40, 60, 80, 100, 120 metrga yugurish, chalkashtiruvchi faktorlarning borligidir. 4. Musobaqa tayyorligi (MT) – musobaqada bajariluvchi mashqlar yoki musobaqa qoidalari bo’yicha raqib ishtirokida trenirovka (raqib, sherik yoki jamoa). Masalan, sprinter uchun musobaqa tayyorgarligi (MT) 100 metrga yururish bo’ladi. Sport trenirovkasi usullari Sport trenirovkasida o’rgatish, tarbiya va rivojlanishning jismoniy tarbiyadagi mavjud usullar qo’llaniladi: so’z, ko’rgazmalilik, didaktik (oddiydan murakkabga, ma’lumdan noma’lumga, o’rganilgandan o’rganilmaganga va boshqalar), texnika va taktikani egallashga (qattiq reglamentlashgan, harakatlarni yaxlit va bo’lingan bajarilishi), harakat sifatlarini rivojlantirishga (intervallik, uzluksiz, o’yin, musobaqa). Sport trenirovkasining xususiy tamoyillari. Jismoniy tarbiyada ko’rsatilgan barcha tamoyillar sport trenirovkasida qo’llaniladi. 1. Yuqori natijalarga yo’naltirilganligi oliy maqsad xalqaro toifadagi sport ustasi, Osiyo, Evropa, jahon, Olimpiada o’yinlari chempioni va rekordchisi bo’lish 2. Chuqurlashtirilgan mutaxassislik – bir necha sport turlarida bir vaqtning o’zida eng yaxshi bo’lishning mumkin emasligi. 3. Trenirovka jarayonining uzluksizligi: Sport tayyorgarligini ko’p yillik va yil davomidagi jarayoni va musobaqalarda ishtirok etish. Siklik bosqichlarning (takrorlanuvchi), davrlarning va sikllarning o’zaro bog’liqligi, ularning avvalgi trenirovkalar ta’sirining natijalariga qo’shilishi va bir necha mashg’ulotning kumulyativ effekti. Sport mahoratini oshirishni aniqlashning sifat va imkoniyatlarini optimal rivojlantirish. 4. Nagruzkalarning asta sekin oshib borishi va maksimal nagruzkalariga tendensiyalarining yaxlitligi organizmning trenirovka ta’sirlariga adaptasiyasi qonunlari bilan aniqlanadi, yillik hajmning 100-200 dan 1300-1500 soatgacha o’sish; trenirovka mashg’ulotlarining mikrosiklda 2 dan 20 gacha o’sishi; kun davomida trenirovkalarning 1 dan 4 gacha etishi, katta nagruzkalar bilan hafta davomida mikrosiklning 7 taga etishi, musobaqa faoliyatini hajmini o’sishi, qayta tiklanish vositalarining ko’patirilishidir. 5. Nagruzkalarning to’lqinsimonligi va variantligi – turli trenirovka tarkibida nagruzkalarning ko’tarilish to’lqini, hajm va nagruzkalar intensivligini hajmini tushishi (aerob, anaerob va tezlikni yo’naltirilganligi); nagruzkalarning dinamikasini mikro, mezo va makrosikllarda ketma-ketligini turli xil yig’indisi. 6. Trenirovka jarayoning siklligi, organizmdagi tiklanish jarayonlarining qonuniyatlari bilan chaqirilgan, mikrosikllar – 2 dan 10 kungacha, mezosikllar – 3 dan 6 haftagacha, 2 haftadan 6 oygacha trenirovka davri, 3 dan 12 oygacha makrosikllar bo’ladi. Download 387.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling