Farg’ona davlat universiteti texnalogig talim
Kuch qobiliyatlarini qanday turlarini bilasiz
Download 387.24 Kb. Pdf ko'rish
|
G\'OLIBJON PEDAGOGIKA
1. Kuch qobiliyatlarini qanday turlarini bilasiz Inson kuchi deganda tashqi qarshiliklarni mushak kuchi orqali yengish qobiliyati tushuniladi. Qarshiliklarni yenguvchi ishlarda harakatlarga qarshi yo`naltirilgan kuchlar, yon beruvchi ishlarda esa harakat yo`nalishi bo`yicha ta’sir etuvchi kuchlar qarshilik kuchi hisoblanadi. Maktablardagi o`quvchilar uchun jismoniy tarbiya dasturida birinchi sinflardan boshlab bolalarning kuch tayyorgarligi ko`zda tutilgan. Har bir kishi harakatlarni bajarishda muayyan imkoniyatlarga ega. Masalan, u biror og`irlikdagi shtangani ko`tara oladi, qandaydir bir vaqt oralig`ida 1000 m masofani yugurib o`ta oladi. Bu imkoniyatlar bir qator sifat va miqdor xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladigan muayyan harakatlar bilan amalga oshiriladi. Masalan, sprintcha va marafoncha yugurish organizmga sifat jihatidan boshqa-boshqa talablar qo`yadi, turli xil jismoniy sifatlar namoyon etilishini talab qiladi. Kishi harakat qilish imkoniyatlarining ba’zi-bir sifatli tomonlarini kishining jismoniy (yoki harakat) fazilatlari deb atash qabul qilingan. Odatda, kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlikka asosiy jismoniy sifatlar deb qaraladi. Kishidagi jismoniy fazilatlarning rivojlanganlik darajasi faqat kishi organlarining funksional (fiziologik) imkoniyatlari bilan emas, balki psixik omillar, irodaviy fazilatlar bilan ham belgilanadi. Bu holda irodaviy fazilatlar kishining o`z funksional imkoniyatlaridan qanchalik foydalana olishini belgilaydi. Kundalik nutqimizda “kuch” so`ziga turli xil ma’no beradilar. Ilmiy tushuncha sifatida u iloji boricha aniq belgilangan bo`lishi kerak. Buning uchun kuchning quyidagi ma’nolarini bir-biridan farqlash lozim: 1. Harakatning mexanik xususiyati sifatidagi kuch (“T massali jismga F kuch ta’sir etadi ...); 2. Kishining xususiyati, fazilati sifatidagi kuch (masalan, quyidagi matnda ifodalangan ma’nodagi kuch: “yosh o`sishi bilan kuch ham ortib boradi; sport bilan shug`ullanmaydiganlarga nisbatan sportchilar kuchliroq bo`ladilar”). Birinchi ma’nodagi kuch harakatning boshqa xususiyatlari bilan bir qatorda mexanikaning o`rganish ob’ekti bo`lib xizmat qiladi. Ikkinchi ma’nosidagisi esa jismoniy tarbiya nazariyasi, fiziologiya va antropologiyada tadqiqot mavzui bo`la oladi. Harakatlantiruvchi sifat tariqasidagi kuchni ko`rsatish uchun kuch imkoniyatlari, kuch qobiliyati, mushak kuchi atamalari ishlatiladi. Kuch mashqlarini bajarish vaqtida mushaklar uch xil tartibda ishlashi mumkin: 1. O`z uzunliklarini o`zgartirmay (statik, izometrik tartib). 2. O`z uzunliklarini kamaytirib (qarshiliklarni yenguvchi, miometrik tartib). 3. Uzayib (yon beruvchi, pliometrik tartib). Masalan, oyoqlar to`g`ri ko`tarilgan vaqtdan to to`g`ri burchak hosil bo`lgunicha mushaklar faoliyatining uchala tartibi uchrashadi. Oyoqlar ko`tarilganda – mushak ishi uzunligining kamayishi, oyoqlarni 90 gradus burchak ostida ushlab turishda – statik ish; dastlabki holatga qaytib oyoqlarni tushirishda – mushaklarning uzayishi. Qarshiliklarni yenguvchi va ularga yon beruvchi tartiblarning birlashuvi “dinamik tartib” deyiladi. O`quvchilar jismoniy tarbiyasida umumiy va maxsus kuch tayyorgarligi amalga oshiriladi. Umumiy kuch tayyorgarligi insonning mehnat faoliyatiga tayyorligi va jismoniy rivojlanishi uchun ahamiyatga ega bo`lgan barcha asosiy mushak guruhlarining uyg`un rivojlanishiga qaratilgan. Maxsus kuch tayyorgarligining maqsadi faoliyatning tanlangan turiga tatbiqan musobaqalashuvchi harakat texnikasi bilan muvofiq mushak guruhlari kuchining qo`shilib yuzaga chiqishi – jismoniy sifatlarning rivojlanishidir. Download 387.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling