Farg’ona davlat universiteti texnalogig talim


 Sinfdan tashqari olib boriladigan jismoniy tarbiya ishlariga tavsif


Download 387.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/36
Sana17.06.2023
Hajmi387.24 Kb.
#1525929
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
G\'OLIBJON PEDAGOGIKA

3. Sinfdan tashqari olib boriladigan jismoniy tarbiya ishlariga tavsif. 
O‘quv ishlarini rejalashtirishni boshlash uchun yuqorida qayd etilgan dasturlarning bo‘limlar mazmunini 
chuqur va to‘g‘ri tushunish hamda xulosa chiqara bilish maqsadga muvofiqdir. O‘quv ishlarini to‘g‘ri 
rejalashtirishdan maqsad:
- o‘quvchilarning sog‘liklarini mustahkamlash va organizmni chiniqtirish, tetri jismoniy rivojlantirishga 
hamda organizmning ishlash qobiliyatini oshrishga yordam berish;
- harakatning asosiy sifatlarini (tezkorlik, kuch - quvvat, chidamlilik, chaqqonlik, epchillikni) har 
tomonlama rivojlantirish;
- o‘quvchilarga jismoniy mashqlar gigienasi bo‘yicha bilimlarni shakllantirish va ko‘nikma malakalarni 
hosil qilish: gavdani to‘g‘ri tutishga, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga odatlantirish.
Maktab bolalarini tabiiy harakat qilishga (yurish, yugurish, irg‘itish, tirmashib chiqish, suzish va h.k.) 
o‘rgatish,
- o‘z harakatlarini idora qila bilishga, ortiqcha harakatlarsiz nafas olishga odatlantirish: hayotda va sportda 
zarur bo‘gan yangi harakatlarga ko‘niktirib, shunday harakatlar qila bilishga o‘rgatish hamda mavjud 
ko‘nikmalarni yanada rivojlantirish.
Maqsadga intilish, mustaqillik va ijodiy qobiliyati: mardlik, sabotlilik va intizomlilik, ma’suliyat, 
vatanparvarlik, kollektivizm, do‘stlik hamda o‘rtoqlikni chuqur his eta bilishni shakllantirish, mehnatga va jamiyat 
mulkiga g‘ururli, munosabatda bo‘lishi, madaniy hulq - atvor malakalarini tarbiyalash va h.k.
Jismoniy tarbiya darsini mustaqil, qiziqarli, ketma - ketligi, fiziologik tomonlarini o‘ylab to‘g‘ri olib borish 
uchun o‘quv ishlarini rejalashtirishni juda yaxshi bilish zarur.
Jismoniy tarbiya bo‘yicha maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollejlar oldiga qo‘yilgan vazifalarni 
muvaffaqiyatli bajarish uchun ularni to‘g‘ri rejalashtirish va hisobat olib borish muhim ahamiyatta ega. Maktabda, 
akademik-litsey, kollejlarda bugun ommoviy - jismoniy sport ishlarini va hamma o‘quv ishlarini va rejalashtirilsa 
saviyali tashkil etishda ko‘maklashadi. Maktabda ikki yo‘nalishda reja tuziladi:
a) Jismoniy tarbiya bo‘yicha maktabda bir yilga tuziladigan umumiy ish rejasi.
b) Jismoniy tarbiya bo‘yicha har bir sinf uchun o‘quv ishlarini rejalashtirish.
Bir yilga tuziladigan jismoniy tarbiya bo‘yicha umumiy ish rejasi ishlab chiqiladi va maktab pedogogik 
kengashda muhokama qilinadi hamda tasdiqlanadi.
Umumiy yillik ish rejasi - o‘z ichiga o‘quv ishlari, maktab kun tartibidagi jismoniy - sog‘lomlashtirish 
tadbirlari, sinfdan tashqari olib boriladigan jismoniy tarbiya, uchrashuvlar va sport bayramlarini o‘tkazish, jismoniy 
tarbiya va sportni targ‘ibot qilish, tibbiy nazorat va moddiy taminlashlarni qamrab oladi.
Umumiy ish rejasi - Jismoniy tarbiya va sport masalalari umuman ko‘rsatiladi: sport to‘garaklari, 
mashg‘ulot o‘tish joyi, jadval, sport kiyimi, shug‘ullanuvchilar ro‘yhati va h,k. Lekin har bir sinf uchun tuziladigan 
o‘quv ish reja juda keng va to‘la bayon etiladi. O‘quv yili boshlanishidan oldin o‘qituvchi o‘quv ish rejasini tuzadi. 
O‘quv reja tuzish uchun nimani bilishingiz kerak?
Eng avvalo nechta dars o‘tiladi, har bir dastur bo‘limlariga qancha vaqt ajratilgan. Bulardan tashqari har 
chorakda nechta dars o‘tilishi va qaysi dastur bo‘limlari o‘tilishini bilish shart. O‘quv ishni rejalashtirishda iqlim 
sharoit, moddiy baza va maktab sharoitini hisobga olinadi. Bu o‘quv ishlarini rejalashtirishda eng muhimi sinflar 
aro uzviyligi va mosliligi yo‘qolmasligi zarur.

Download 387.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling