KIMYOVIY-kimyovy reaksiyalar natijasida qiyin eriydigan holda cho’kmaga tushib tuproqda ushlanib qoladi.
FIZIK-KIMYOVIY-tuproqning kolloid zarrachalari yuzasida turli ionlarning singdirilishi va eritmadagi ionlarni ekvivalent miqdorda o’rin almashinishiga fizik-kimyoviy singdirish deyiladi.
FIZIKAVIY-tuproqning mayda dispers zarrachalari yuzasida turli moddalar konsentratsiyasi oshirilishiga fizikaviy singdirish qobilyati deyiladi.
BIOLOGIK- o’simliklar va tuproq dagi mikroorganizmlarning hayot faoliyati bilan bog’liq.
Tuproqlarning kimyoviy tarkibi va rangi.
Tuproq rangiga ta’sir etuvchi pedomorf elementlardan C, Fe, Mn, Ca, K lar bilan bir qatorda Si tuproqning asosiy massasini tashkil qilib, unga oqish rang beradi.Barcha dala kuzatishlari tuproqning ustki qatlami va genetik qatlamlarining rangiga tayanadi. S.I.Tyuremnov qora, qizil va oq ranglardan, ularning nisbatlaridan foydalanib 1927 yilda tuproq rangini xarakterlovchi maxsus gipotezani yaratdi.
Orlov fikricha, tuproq va uni qatlamlariga rang beruvchi moddalarni tuproq pigmentlari deyish mumkin. Tuproqlarning asosiy pigmentlariga uglerod birikmalari, temir, marganest, kremniy va qisman oltingugurt kiradi. Tuproq pigmentlari ichida uglerod birikmalari qiziqarli bo‘lib ular tuproqqa ikki xil rang beradi.
Birinchidan uglerodli mineral birikmalar, ayniqsa karbonatlar oq rangli bo‘lib, tuproqqa singigan yoki boshqa hollarda, oq donachalar, oq dog‘lar holida tuproqqa oqish rang beradi yoki tuproq rangining oqarishiga sabab bo‘ladi. Karbonatli bo‘z tuproqlar misolida buni kuzatish mumkin.
Organik uglerod tuproqni sariq, sarg‘ish, qo‘ng‘ir, qora rangini tashkil qiladi. Bunga misol tariqasida qora tuproqni olishimiz mumkin. Unda organik uglerod 5% va undan ko‘p bo‘ladi, tuproqqa qora rang beradi. Gilli va orshteyn qatlamlarida bir tekisda tarqalmagan qora ranglarni esa pirolyuzit, ya’ni MnO2 belgilaydi.
Shuni alohida farq qilish kerakki qora yoki deyarli qora rangni tuproqda yoxud uning yangi yaralmalarida sulfidlar ham vujudga keltira oladi. Ular qaytaruvchi sharoitda ko‘p uchraydi. Eng ko‘p tarqalgan xilma-xil, sariq, qizil, qo‘ng‘ir, yashil, deyarli qora ranglarni temir va uning birikmalari ham belgilay oladi. Deyarli barcha tuproq hosil qiluvchi g‘ovak jinslar u yoki bu darajada temir birikmalari bilan bo‘yalgan. Bu asosiy rang tuproqda saqlanadi. Ammo temir, uning birikmalarini qayta taqsimlanishi hisobiga bir joyda to‘qroq boshqa bir joyda ochroq bo‘lishi mumkin. Odatda kapillyar chiziq qayma ustida temirli rang yaqqol ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |