Farg‘ona davlat universiteti z. Botirova maktabgacha pedagogika ma`ruza matni I kurs farg‘ona 2022 Tuzuvchi: Z. Botirova
Download 337.83 Kb.
|
Ma\'ruza 1-kurs 2-semestr
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tanlash imkoniyati.
Bepul va majburiy ta’lim.Germaniya Konstitutsiyasiga muvofiq, maktab ta`limi davlat nazoratidadir. Mamlakatda 16 ta federal hududlar mavjud bo`lsa, ularning har biri o`zining ta’lim to`g`risidagi qonuniga ega. Shu sababli federal hududlarning maktab ta’lim tizimida ayrim farqlar bor. Masalan, aksariyat hududlarda boshlang`ich ta’lim 4 yil (birinchi sinfdan to`rtinchiga qadar), poytaxt Berlinda esa – 6 yil. Ammo bu kabi farqlarga qaramasdan, barcha hududlar uchun umumiy tartib-qoidalar amal qiladi. Germaniyada maktab ta`limi majburiy va be’ul. 6 yoshdan 18 yoshgacha fuqarolar majburiy tartibda ta’lim olishi shart qilib belgilangan. Maktab ta’lim tizimi esa boshlang`ich, o`rta va yuqori bosqichlarga bo`linadi. Bolalar 5-6 yoshdan boshlang`ich maktabga qatnaydi. Boshlang`ich maktabda o`qish davri to`rt yildan olti yilgacha. Maktablarda birinchi, ikkinchi sinf davomida o`quvchilarga baho qo`yilmaydi. O`qituvchilar baho o`rniga bolaning individual, psixologik rivojlanish holati xususida hisobot tayyorlaydi. O`quvchilarga 3-sinfdan baho qo`yila boshlaydi. Germaniyada 6 ballik baholash tizimi qabul qilingan. Bunga ko`ra, 1 – ahlo 2 – yaxshi 3 – qoniqarli 4 – yetarli , 5 – yetarli emas, 6 – qoniqarsiz. O`quvchilar fanlarni eng kamida "4”ga o`zlashtirishi kerak. Boshlang`ich bosqichda bolalarga matematika, nemis tili, tabiatshunoslik, musiqa, estetika fanlari o`tiladi.
Tanlash imkoniyati. Olmon ta’lim tizimining o`ziga xos xususiyati shundaki, o`quvchilar boshlang`ichni tugatgandayoq kelajak yo`lini aniqlab olishi zarur. Ana shunga asoslanib, u bir necha turdagi maktabdan birida o`qishni davom ettiradi. 3. Yaponiyada maktabgacha ta`limning o`ziga xos xususiyatlari. Yaponiyada ta’lim tizimi va xususiyatlari. Yaponiya ta`limining shakllanishi 1867-1868 yillarda boshlangan. Yaponiya o`z oldiga ikki vazifani: 1 - boyish, 2-g`arb texnologiyalarini Yaponiya ishlab chiqarishiga kiritish masalasini quydi va bu ishni amalga oshirish uchun birinchi galda ta’lim tizimini tubdan o`zgartirish kerakligini angladi.1872 yili «Ta’lim hakida» Qonun kabul kilindi. Bunda Yapon ta`limi garb ta`limi bilan uygunlashtirilgan .1893 yilda kasb ta`limi yunalishidagi birinchi kollej ‘aydo bulgan. 1908 yilda Yaponiya boshlangich ta`limni majburiy 6-yillik kilib belgiladi.1946 yili kabul kilingan konstitutsiya fukorolarning ta’lim soxasidagi huquq va burchlarini belgilab berdi. Unda barcha bolalar be’pul umumiy ta’lim olishi shart ekanligi qayd etilgan. Hozirgi zamon Yapon ta’lim tizimining tarkibi quyidagicha: bogchalar, boshlangich maktab, kichik o`rta maktab, yukori o`rta maktab, oliy ta’lim tizimlariga kiruvchi oliy o`qiuv yurtlari. Bolalar yoshlariga qarab 3,2,1,yillik ta’lim kurslariga jalb qilinadi. Yaponiyada maktabgacha ta’lim muassasalarining 59,9 foizi xususiy, 40,8 foizi davlatnikidir. Maktabgacha ta`limga Yaponiyada katta ehtibor beriladi, chunki psixologlarning tahkidlashicha 7 yoshgacha inson bilimlarni 70 foizini, qolgan 30 foizini butun qolgan umri davomida uzlashtirar ekan. Maktabgacha tarbiya odatda oiladan boshlanadi. Yapon ayollari uchun onalik har doimgidek birinchi o`rinda turadi. Ko’kina Yaponkalarning aytishlaricha, bola tarbiyasi-ularning hayotlarining maksadidir.Yapon tarbiyachilarini bolalarni kichik guruh (xan) larga bo`lib o`qitishlari maktabgacha tarbiyaning asosiy xususiyatlaridan biri bo`lib xisoblanadi. Bu guruhlar uzlarining stollariga,bolalarning o`zlari tanlagan shaxsiy nomlariga, (bu bolalarda qarorlar kabul qilishda, uzgalar fikrini hurmat qilish, guruh a`zolarini barchasini tashabbuskor bo`lishga) o`rgatadi. Bunday usul kichik maktablarda xam, o`rta maktablarda xam davom etadi. Bu guruhlar o`rtacha har 5 oyda shakllanib turadi. Yapon bolalariga sinfni boshkarish juda yoqadi . Shuning uchun har kuni bolalarning o`zlari (toban) boshkaruvchi tanlaydilar. Har bir bola bu vazifani bajarib ko`radi. Boshlangich maktabda o`qituvchilar bolalarni tankidga, yahni o`z xulqlarini yomon tomonlarini, maktabdagi kamchiliklarni tanqid qilishni o`rgatadilar. Bundan ko`rinib turibdiki, o`qituvchi faqat ta’lim berish bilan cheklanib qolmay, bolaning har tomonlama rivojlanishiga ta`sir etadi. Shuning uchun xam Yaponiyada o`qituvchi kasbiga katta ehtibor beriladi. Yaponiya - rivojlangan davlatlar ichida o`qituvchining maoshi davlat raxbarlari maoshidan xam yuqori bulgan yagona davlatdir. Majburiy ta`lim.Ta`limning bu pogonasi 6 yoshdan 15 yoshgacha bulgan bolalarni o`z ichiga oladi. 6 yillik boshlangich ta’lim va 3 yillik o`rta maktab 9 yillik majburiy ta`limni tashkil etadi va u be’uldir. Muxtoj oilalarning bolalari bepul nonushta, o`qiuv qurollari, tibbiy xizmat bilan ta`minlanadi. Zarur bulgan xollarda ularning oilalariga moddiy yordam ko`rsatiladi. Shu bilan birga Yaponiyada xususiy maktablar ham mavjud. Download 337.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling