Farg‘ona davlat universiteti z. Botirova maktabgacha pedagogika ma`ruza matni I kurs farg‘ona 2022 Tuzuvchi: Z. Botirova


Tarbiyaning asosiy maqsad va vazifasi


Download 337.83 Kb.
bet36/51
Sana01.04.2023
Hajmi337.83 Kb.
#1315305
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   51
Bog'liq
Ma\'ruza 1-kurs 2-semestr

2. Tarbiyaning asosiy maqsad va vazifasi.
Tarbiya maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi komil shaxsni tarbiyalab voyaga etkazishdan iborat.
Tarbiyaning asosiy vazifasi yosh avlodni xalqning hayotini yaxshilashga, Vatanining gullab-yashnashiga sarflashni biladigan, istaydigan a’zolari qilib tayyorlashdir.
Tarbiya shaxsning rivojlanishini ta’minlashi uchun shaxsdagi rivojlanish mohiyatini tushunish, uning bilish va aloqa boshlash faoliyatining o‘zgarish sabablarini aniqlashi zarur. Tarbiyachi shaxsni rivojlantiruvchi eng muhim omilni ham bilishi, stixiyali ta’sir ko‘rsatayotgan faktorlarni bartaraf etishi, shaxsda dunyoqarashni shakllantirish, uning o‘sishi va rivojlanishining muayyan yosh bosqichlariga oid tarbiya qonunlarini aniqlashi kerak. Tarbiyaning shaxsni rivojlantirishdagi roli to‘g‘risida turli xil nuqtai nazarlar bo‘lganligi pedagogika fanining taraqqiyoti tarixidan ma’lumdir. Pedagogik tarbiya omiliga aktiv rol ajratadi va shaxsning jismoniy, aqliy, axloqiy va estetik rivojlanishiga to‘g‘ri tashkil etilgan tarbiyagina yordam beradi. Shu bilan birga tarbiyaga ikki yoqlama jarayon deb qaraladi, unda faqat katta yoshdagilar emas, balki kattalar tajribasini o‘zlashtiruvchi shaxslar ham aktiv rol o‘ynaydilar.
Tarbiyaviy ishda talabaning kuchi va qobiliyatlarini hisobga olmaslik kabi jiddiy kamchilik ham uchrab turadi. Har bir shaxsning o‘z ehtiyoj va qiziqishlari bor. U aqlli tarbiyachining izidan borishi yoki belgilangan yo‘nalishda aktiv harakat qilishi, ba’zan esa tarbiyachiga e’tiroz bildirishi, kattalar bilan turli xil aloqada bo‘lishi yoki boshqalarga qo‘shilmay, passiv holda yurishi mumkin. Tarbiyalanuvchi o‘z rivojlanishining obyekti va subyekti sifatida harakat qilganda bu jarayon eng muvaffaqiyatli boradi. SHu bilan birga shaxsning aktivligi, tashabbuskorligi, mustaqilligi ancha oshadi va uning o‘zini o‘zi tarbiyalashida namoyon bo‘ladi.
Pedagogika fanining asoschisi Ya.A.Komenskiy: «Har bir hunarmand buyumni yasashga yaroqli materialning xossalarini o‘rgangani singari, o‘z oldiga insonnini barkamol qilib tarbiyalash vazifasi turgan pedagog ham shogirdining qanday hislatlarga ega ekanligini bilishi kerak» - degan edi. Albatta pedagog qaysi fandan dars bersa o‘sha fanni talabalarning shu fanni to‘g‘ri o‘zlashtirishlariga yordam beradigan uslublarni yaxshi bilishlari lozim. Ammo talabaning ehtiyojlari, qobiliyatlari qiziqishlari va ularning chin ko‘ngildan xohlab chidam va matonat bilan o‘qishga tayyormi-yo‘qmi ekanligini hisobga olinmasa, o‘qish qoniqarli natija bermaydi, pedagogning mehnati og‘ir kechadi. Shaxsning fikrlash qobiliyati va xarakter xususiyatlarini nazarda tutgan holda olib borilgan ta’lim talabalarni bilim olishga rag‘batlantiradi, o‘qishning muvaffaqiyatini ta’minlaydi, pedagog va talabalar faoliyatini zavqli ijodiy ishga aylantiradi.

Download 337.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling