harbiycha salom beriladi. Ikki qadam o‘zgacha,
boshni to‘g‘ri tutib, o‘ng qo‘l pastga tushiriladi.
Agar harbiy hizmatchining qo‘llari yuk bilan
band bo‘lsa, boshni boshliq, (unvoni katta) tomon
burish bilan harbiycha salom beriladi.
Qurol bilan turgan joyda va harakat chog‟ida
harbiycha salom berish
Qurol bilan safdan tashqarida turganda
harbiycha salom berish tartibi ham qurolsiz
turgandagi harbiycha salom berish bilan aynan bir hil
(61-modda); bu holda qurolning holati o‘zgarmaydi,
bundan karabinning «QUROL ELKAGA» holati
mustasno, qo‘l bosh kiyimga taqilmaydi. Karabin
«qurol ELKAGA» holatida bo‘lganda, u dastlab
Oyoqning YONIGA qo‘yilib, keyin harbiycha salom
beriladi.
Qurol «ELKAGA» holatida bo‘lganda, o‘ng
qo‘l bosh kiyimga taqilib, harbiycha salom beriladi.
Safdan tashqaridagi qurol oyoq, yonida,
«tasmaga», «KO‘KRAKKA» holatida bo‘lgan
harakat vaqtida boshliq, (unvoni katta)ga uch-to‘rt
qadam qolganda oyoq, yerga tushishi bilan bir
vaqtda boshi tomon buriladi va qo‘llar harakati
to‘xtatiladi, qurol «ORQAGA» holatida bo‘lganda,
bundan tashqari, o‘ng qo‘l bosh kiyimga taqiladi.
Karabin «ELKAGA» holatida bo‘lganda
harbiycha salom berish vaqtida ham o‘ng qo‘lning
harakati davom ettiriladi.
Karabin bilan turganda «O‘ngdan (chapdan,
olddan) kutib olishga, qorovulga moslaan»
komandasi berilsa, «QUROLNI OYOQ, YONIGA
QO‘Y» holatidan ikki usulda harbiycha salom
beriladi:
birinchi usul karabin tik tutib turiladi, o‘ng
qo‘l bilan mo‘ljalga olish plankasi harbiy
hizmatchining o‘ziga qaratiladi, stvol ko‘krakning
o‘rtasiga to‘g‘rilanadi, shu vaqtning o‘zida chap qo‘l
Do'stlaringiz bilan baham: |